Buxgalteriya hisobi tenglamasi


NetSolution misoli (davomi)


Download 1.41 Mb.
bet3/5
Sana22.04.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1380059
1   2   3   4   5
Bog'liq
w 3 tranzaksiyalar hisobi va buxgalteriya tenglamasi uZ h6F4S

NetSolution misoli (davomi)


Abdumalik Soliev








Tranzaksiya 5(E)


2013 yil, 30 noyabr - Oy davomida Net Solutions kompaniyasi quyidagi xarajatlarga: ish haqi bo`yicha - 2125 AQSh dollari; ijara to`lovi uchun - 800 AQSh dollari; kommunal xizmatlar uchun - 450 AQSh dollari; boshqa xarajatlar uchun umumiy 275 AQSh dollari miqdorida to`lov qildi.
Oy davomida Net Solutions daromad olish uchun naqd pul mablag`larini sarfladi yoki boshqa aktivlardan foydalandi. Daromad olish jarayonida foydalaniladigan aktivlarga xarajatlar deyiladi.
Xarajatlarga sarflanadigan materiallar, xodimlarning ish haqi uchun to`lovlar, kommunal xizmatlar va boshqa xizmatlar kiradi.
Oy davomida Net Solutions quyidagi xarajatlarga to`lov qildi: ish haqi uchun 2125 AQSh dollari; ijara to`lovi, 800 AQSh dollari; kommunal xizmatlar, 450 AQSh dollari; boshqa xarajatlar, 275 AQSh dollari. Boshqa xarajatlarga pochta, kofe va gazeta kabi narsalar uchun to`langan kichik miqdorlar kiradi. Xarajatlarning ta’siri daromadlarning ta’siriga qarama-qarshidir, chunki xarajatlar aktivlar va o`z kapitalini kamaytiradi.
Qabul qilingan to`lovlar bilan bir qatorda, xarajatlar Kris Klark “Kapitali”ning o`ng tomonidagi ustunlarda ko`rsatilgan. Biroq xarajatlar o`z kapitalini kamaytirganligi sababli manfiy qiymatlar sifatida qayd etiladi. Ushbu tranzaksiyaning natijasi quyida ko`rsatilgan.


Korxonalar odatda daromad va xarajatlar bilan bog`liq har bir operatsiyani ular amalga oshganda qayd qiladi. Biroq, soddalik uchun Net Solutions daromadlari va xarajatlari har oyda D va E tranzaksiyalarida umumlashtiriladi.




Tranzaksiya 6(F)


2013 yil, 30 noyabrNetSolutions kreditorlarga 950 AQSh dollari to`ladi.
Oylik to`lovni kredit karta bilan to`laganingizda, siz naqd pul mablag`larini kamaytirasiz va kredit karta kompaniyasiga qarz miqdorini kamaytirasiz. Xuddi shunday, Net Solutions bir oy ichida kreditorlarga 950 AQSh dollari to`laganida, u quyida ko`rsatilganidek, aktiv va majburiyatlarni kamaytiradi:



Kredit bo`yicha summani to`lash xarajatlarni to`lashdan farq qiladi. Xarajatlarni to`lash Tranzaksiya E da ko'rsatilganidek, mulkdorning kapitalini kamaytiradi. Hisob bo`yicha to`lash majburiyat bo`yicha qarz miqdorini kamaytiradi.


Tranzaksiya 7(G)


2013-yil, 30-noyabr - Kris Klark oy oxirida zahiradagi mavjud materiallar narxi 550 AQSh dollari ekanligini aniqladi.
Oy oxirida balansdagi (ishlatilmagan) materiallarning narxi 550 AQSh dollarini tashkil qiladi. Shunday qilib, oy davomida 800 AQSh dollarilik (1350 - 550 AQSh dollari) sarflanadigan materiallar ishlatilishi kerak edi. Tovar-moddiy zahiralarning bunday kamayishi quyida ko`rsatilganidek, xarajat sifatida hisobga olinadi.


Tranzaksiya 8(H)


2013-yil, 30-noyabr - Kris Klark shaxsiy ehtiyojlar uchun NetSolutions schyotidan 2000 AQSh dollarini yechib oldi.
Oy oxirida Kris Klark biznesdan shaxsiy ehtiyojlar uchun 2000 AQSh dollari miqdorida naqd pul oldi. Ushbu operatsiya mulkdor tomonidan biznesga sarmoya kiritishga nisbatan qarama- qarshidir. Mulkdorning pul mablag`larini olib qo`yishini xarajatlar bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Olingan mablag`lar daromad olish jarayonida ishlatiladigan aktivlar yoki xizmatlarni aks ettirmaydi. Buning o`rniga, mablag`larni olib qo`yish kapitalni mulkdorning foydasiga taqsimlanilishini aks ettiradi. Xarajatlar singari, pul mablag`larini yechib olish Kris Klarkni "Kapitali"ning o`ng tomonidagi ustunda ko`rinadi. 2000 AQSh dollarini yechib olishning ta’siri quyidagicha ifodalanadi:




Yakuniy xulosalar


Har bir operatsiya harf bilan belgilanadi va har bir operatsiyadan keyin buxgalteriya tenglamasini har bir elementining balansi ko`rsatiladi.
Siz quyidagilarga e’tibor berishingiz kerak:
Har bir operatsiyaning ta’siri buxgalteriya hisobi tenglamasining bir yoki bir nechta elementlarining ortishi yoki kamayishidir.



Buxgalteriya hisobi tenglamasining ikki tomoni hamisha o`zaro teng qiymatlardan
iborat.
Mulkdorning kapitali mulkdor tomonidan qo`yilgan mablag`lar hisobiga ko`payadi va mulkdor tomonidan olib qo`yilgan mablag`lar hisobiga kamayadi. Bundan
tashqari, mulkdorning kapitali daromad hisobiga ortadi va xarajatlar hisobiga kamayadi.





Lesson 4 of 5



    1. Download 1.41 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling