Buxgalteriya hisobi va audit “ sirtqi bo‘lim yo‘nalishi talabasi abdulazizov Sardorning
Download 441.54 Kb.
|
Abdulazizov Sardor 21-mavzu ,ma\'naviyatshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHI TEKSHIRUVCHI : T.XUJANOVA DENOV 2022-yil. Mavzu: Islom ma’naviy qadriyatlari va axloq-odob me’yorlarini umuminsoniy tavsifi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI “BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT “ SIRTQI BO‘LIM YO‘NALISHI TALABASI Abdulazizov Sardorning “ MA’NAVIYATSHUNOSLIK “ FANIDAN YOZGAN MUSTAQIL ISHI TEKSHIRUVCHI : T.XUJANOVA DENOV 2022-yil. Mavzu: Islom ma’naviy qadriyatlari va axloq-odob me’yorlarini umuminsoniy tavsifi. Islom dini g'oyalari va qadriyatlari, unga e'tiqod qiluvchi xalqlar milliy ongning rivojlanishida bir turtki bo'lib asta-sekin ma'naviy ruhiy jihatdan jipslasha borib, yagona maslakdoshlar jamiyati vujudga kela boshladi. Zero, bu qadriyatlar va ruhiy bilimlar mohiyatini ezgulik va poklikka da'vat etuvchi g'oyalar tashkil etgan. Zardushtiylik dinining ezgulik yovuzlik ustidan pirovardida tantana qilish to'g'risidagi g'oya bilan tarbiyalanib kelgan xalqlar uchun islomdagi insonparvarlik va ma'rifatpvarvarlik g'oyalari bir-birini to'ldirgandi. Diniy qadriyatlar, marosim va an'analarning shakllanishi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Ibtidoiy din shakllaridan boshlangan bu jarayon milliy va jahon dinlari shakllanib, keng yoyila boshlagan paytlarda ancha rivojlangan. Hozirgi diniy qadriyatlarning mavjudligi diniy ta'limotlarga asoslansa-da uning rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-axloqiy taraqqiyot bilan mustahkamlangan. Ular xalqimizning turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.Milliy ma'naviyatimizning qadimiy ildizlari, shu jumladan islomiy qadriyatlari, noyob va betakror namunalarini tadqiq etish, ularni bugungi kun talablari bilan bog'liq holda boyitib targ'ib etishning yangi bunyod etilayotgan fuqarolik jamiyati uchun ahamiyati kattadir. Istiqlol yillarida buyuk bobokalonlarimizning ma'naviy merosini tadqiq etish, asarlarini nashr qilish, yubileylarini nishonlash mamlakatimizda odat tusiga kirib, millatimizning har tomonlama uyg'onib, kamol topishiga keng imkoniyat yaratmoqda. Xususan islom falsafasi asarlarini, diniy ulamo va allomalarning merosini nashr qilish, o'rganish, targ'ib etish xalqimizni islomiy qadriyatlardan baxramand qilishga katta yo'l ochdi. ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA VIII-XII asrlar butun musulmon jamiyatida fan va madaniyat, ilm va tafakkur rivojlangan bir davr bo'ldi. Bu davrda diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar ham o'z rivojiga ega bo'ldi. Islom dini - Arabiston yarim oroli dorasidan chiqib, taraqqiy etgan jahon diniga aylandi. Islomning din sifatida Shakllanib, rivojlanishi aynan Shu davrlarga to'g'ri keladi. Albatta, bunga turli mintaqalardagi jarayonlar o'z ta'sirini ko'rsatdi. Xususan, Movarounnahrning islom madaniyati va fanning algebra, astronomiya, falsafa, tarix, hadis, kalom va boshqa sohalariga ko'rsatgan ta'siri juda kattadir. Ayniqsa fiqh ilmi sohasida Movarounnahrning tutgan o'rni beqiyosdir. Umuman olganda islom huquqShunosligi (fiqh) o'ziga xos rivojlanish tarixiga ega.iqh - g'arbda Islamic Law, Muslim Law, Muhammadan Jurisprudence, Le Droit Musulman, Islamische Gesetz kabi nomlar bilan Yuritiladi. Dunyoda amaldagi huquq normalaridan farqli o'laroq, fiqh o'z ichiga ibodat masalalarini ham qamrab oladi. Buni Tavrot kitobining ibodat masalalarini jamlab olgan Talmudga qiyoslash mumkin. Fiqh - qadimdan mavjud huquqiy normalarni ibodat va muomala masalalari bilan muShtarak holda ma'lum tartibga solingan huquqiy tizimdir.Lug'atda:«al-fiqh» kalimasi -« anglamoq, tuShunmoq» kabi ma'nolarni beradi.Istilohda: «al-fiqh» - «Islom huquqi» deb Yuritiladi. Fiqh zamonaviy fanlar asosida hozirgacha chuqur o'rganilmagan bo'lib, mutaxassis olimlar oldiga katta muammolarni qo'yib kelmoqda.Fiqh - odatda «furu' al-fiqh» (so'zma-so'z: «fiqh tarmoqlari») Shariatni konkret sohalarga tadbiq qilishdan va «usul al-fiqh» (so'zma-so'z: «fiqh asoslari») Shariat xukm oladigan manbalarni ishlab chiqishdan iborat bo'ladi. Tarixiy tadrijga ko'ra «al-fiqh» - usul al-fiqhdan avval paydo bo'lgan. Fiqh ilmining tadrijiy rivojini mutaxassis olimlar tomonidan bir necha davrlarga taqsim etilgan. Insonning chin ma'nodagi insonligi- uning imoni, diyonati, mehr-oqibati, pokligi va halolligi, kamtarligi va boshqalar bilan o'lchanadi. Bu umumiy tarzda insoniylik tushunchasi bilan ifodalanadi. Insoniylik esa faqat imonli insonlardagina bo'ladi.Bu o'rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo'lgan masalalar ustida baholi qudrat fikr yuritamiz.Har birimiz imon tushunchasining mohiyatini to'g'ri anglab, tushunib olsak, imonni izohlovchisi bo'lgan diyonat, vijdonlilik, insof, mehr-oqibat, sahovat, adolatlilik, poklik va halollik, kamtarlik va boshqa ma'naviylik fazilatlarining ham mohiyatini bilib olamiz. Faqat imonli kishilargina poklik va halollik, diyonat, ezgulik, mehr-oqibat, sahovat, muruvvat yo'lida bo'ladilar. Shuning uchun imon tushunchasini, uning mohiyatini keng qamrovli asosda bayon qilishni maqsadga muvofiq deb bildik. Imon arabcha so'z bo'lib, lug'aviy ma'nosi ishonch demakdir. U inson ruhiy olamining botiniy tomonini tashkil etadi.Imon shaxsning o'z e'tiqodiga tayangan holda boshqalarning niyati, qilmish-qidirmishiga, o'zining ishlariga, hatolariga munosabat bildirishdir. Imon hayotda to'g'ri yo'l topishning mezoni hisoblanadi. Imonli kishilar Allohdan qo'rqish, bandadan uyalish nima ekanligini chuqur idrok etganlar. Allohni bir, Payg'ambarimizni (sallallohu alayhi vasallam) uning elchisi deb bilish-imonning bosh belgisi hisoblanadi. Imonli bo'lgan kishilar butun hayotlarida, ishlarida, faoliyatlarida, uyda, ko'chada birovga, o'z oilasiga munosabatlarida hamisha to'g'ri va halol yo'l tutishga intiladilar. Muomala va munosabatlarida g'araz bo'lmaydi., ta'madan va xaromdan hazar qiladilar. Har ishlarida faqat bu dunyoni emas, oxiratni ham o'ylab ish tutadilar. Barcha amallari va hatti-harakatlarini shunga bo'ysundirishga harakat qiladilar. Ma'naviy-ahloqiy fazilat sifatida esa imon faqat odamzotgagina xos ruhiy hodisa jumlasiga kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir mahluqotda imonning o'rni-tagi ham yo'q. Binobarin, odamzod jamiki boshqa jonzotlardan biron bir narsaga ishonib, uni muqaddas deb bilishi, ya'ni imon keltirishi bilan ajralib turadi. Iymon kishi ma'naviyatining, ahloqining o'q ildizi, poydevori, negizidir. Imondan mahrum kimsaning aqli nechog'li o'tkir, irodasi naqadar cho'ng bo'lmasin va shular tufayli o'zligidan qanchalik mag'rurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga hech qachon kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zero, imonsiz odam na Allohdan qo'rqadi va na bandalaridan uyaladi. U o'z nafsining itoatkor quli bo'lib, har qanday razolat va pastkashliklardan qaytmaydi. Alloh hammamizni shundan asrasin. Buning uchun imon yo'lini tutishimiz lozim.Imonning mohiyati azaldan olam va odamzotning kelib chiqishi, odamning olamdagi o'rni qanday, inson umrining ma'nosi nimada, zoti bashar nimaga da'vat etilgan, u nimalarga qodiru, nimalarga noqodir singari muammolar tashkil etib keladi.Qur'oni karimda imonli odamlarning belgilari quyidagicha tavsiflanadi. Ular mo'min, royish, yuvosh, itoatkor, quruq so'zlik (mahmadonalik)dan qochuvchi, poklikka intiluvchi, shartnomalariga rioya etuvchi, itoatga amal qiluvchilardir. Hadislarda Vatanni sevish, hayoli bo'lish, kamsuxanlik ham imonlilikning ko'rinishi sifatida tasvirlangan. Vatanni sevish milliy, ijtimoiy-siyosiy hodisadir. MUHOKAMA VA NATIJALAR Diniy imon bilan birga inson tajribasi, bilimi tufayli yuzaga kelgan dunyoviy imon ham bor. Dunyoviy imon mazmunini olam va odam haqidagi so'nggi ikki yarim ming yil mobaynida kashf etilgan ilmiy-falsafiy bilimlar, mehnat ahlining to'plagan hayot tajribasi, ijtimoiy xotirasi, turli-tuman udumlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an'analar va ular zamiridagi bilimlar tashkil etadi. Dunyoviy imonning o'zagi odamiylikdan iborat bo'lib, uning tarkibiga kiradigan unsurlar, qirralar, jihatlar g'oyat turli-tumandir. Odamiylik deganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o'tib sayqal topib kelayotgan va faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e'zozlanadigan ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarni tushunsak bo'ladi. Odamiylik g'oyasi xalqimizning butun turmush tarziga, urf-odatlari hamda an'analariga, uning mislsiz boy og'zaki va yozma ijodiga, mumtoz adabiyotimiz va san'atimizga singib ketgan bo'lib, hozircha chuqur o'rganilib umumlashtirilgani yo'q.Dunyoviy imon odamlarni to'g'ri yo'ldan borishga qaratilgan ma'naviy qadriyatlar tizimidir. Imonli bo'lishning mohiyatini hayo, andisha, shirin so'zlilik, halollik va adolatlilik, or-nomuslilik, vijdonlilik, vafodorlik, mehnatsevarlik, sahovatlilik, mehr-muhabbatlilik, hayr-ehsonlilik kabi ahloqiy qadriyatlardan iborat ekanini ko'ramiz. Demak, imon komil insonnnig yetuk ma'naviy fazilatlari majmuidir.Imonsizlik esa vijdonsizlik, e'tiqodsizlik, tuban yo'llarga yurish, ahloq, odob, insonparvarlik qoida va talablariga rioya qilmaslikdir. "Otang bolasi bo'lma, odam bolasi bo'l", "O'zingga ravo ko'rmaganni boshqaga ham ravo ko'rma", "Yomon o'z g'amida, yaxshi - el g'amida" singari hikmatlarda ajdodlarimiz ardoqlagan insoniylik qadriyatlarining bir zarrasigina aks etgan, xolos.Diniy va dunyoviy imonning mohiyatida tafovut bo'lsa ham, ul arning mazmuni va shakliy tuzilishi bir xil. Chunonchi, diniy imonda hamma narsani yaratguvchi zot Allohga, dunyoviy imonda esa odamiylikka, chin insoniylikka urg'u beriladi. Ularning har ikkovi ham aslida kishini chinakam, bosh harflar bilan yoziluvchi INSON bo'lib tarbiya topishiga qaratilgan.Imonli odam boshqalarning diliga ozor bermaydi, balki odamlar qalbiga nur, ziyo ulashadi, ularni faqat yaxshi, ezgu amallarga o'rgatadi. Imon kishilik hayotida shu qadar hal etuvchi mavqega egaki, usiz chin ma'nodagi inson ham, ahloq ham, demakki jamiyat ham bo'lmaydi.Imonli bo'lishga intilish qiyin hamda mashaqqatlidir. Imonli odam barcha qiyinchilik va mahrumliklarga ongli ravishda bardosh bergan holda halol-poklik, insof-diyonatlilik, saxiylik, ezgulikni ulug'lash va yovuzlikka qarshi kurash, vatanparvarlik, xalqparvarlik kabi fazilatlarni o'zida gavdalantirishga harakat qiladi va shunga erishadi. U ma'naviy boylik va go'zallikni moddiy to'kin-sochinlikka aslo qurbon qilmaydi. Odamlar uchun yashash, ularning dilini o'rinsiz og'ritmaslik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik imonli insonning hayot dasturidir. Yuqorida aytganimizdek, dunyoviy imonda ko'proq inson ahloqidagi odamiylikka urg'u beriladi. Kundalik hayotda imon so'zi keng qo'llaniladi. Bunda dunyoviy imon ma'nosi ko'zda tutiladi. Chunonchi xalqimizda ayrim kishilarning o'ta ahloqsizlik hatti-harakatiga nisbatan "imonsiz" degan haqoratomuz ibora ishlatiladi. Bu haqorat zamirida Allohga ishonch-e'tiqodi yo'q, xudodan, dindan qaytgan, xudosiz ma'nolaridan tashqari vijdonsiz, vijdonfurush, yaramas, razil, diyonatsiz kabi dunyoviy imon mazmuni ham aks etgan. Bu shunday og'ir diniy va dunyoviy haqoratki, o'tmishda shu haqoratga asossiz duchor bo'lgan oriyatli kishilir haqorat etuvchi kimsa ustidan qoziga shikoyat qilishgacha borgan. Imoni yo'q kishilar esa mahalla-ko'yda, yaqin kishilari orasida la'natlangan hisoblangan, unday kishilar bilan muomala qilinmagan, oxir-oqibatda oriyati dosh berolmasa ko'chib ketishgacha borilgan.Demak, imon inson hayoti va faoliyatiga asos bo'ladigan diniy va dunyoviy ma'naviy-ahloqiy qadriyatlar tizimidir. Imonni faqatgina tarixiy qadriyatgina emas, balki hozirgi kunimizda ham inson kamolotiga bevosita daxldor bo'lgan ma'naviyat deb qarashimiz lozim.O'zbeksiton mustaqilligini mustahkamlashga hissa qo'shayotgan fuqarolarning imoni mustaqillik ishiga fidoyilik, millatparvarlik, vatanparvarlik, baynalminalchilik, porloq kelajakka ishonch, davlatimiz ramzlariga sadoqat, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini o'zida tarbiyalash, ishbilarmonlik, tadbirkorlik singari yangi ahloqiy qadriyatlarni o'zida namoyon etishidan iborat. Demak, insoniylikning muhim shartlari - diyonatlilik, mehr-shafqatlilik, poklik va halollilikni imon tushunchasi o'z ichiga oladi. Chunki, faqat imon sohibi bo'lgan insondagina diyonat, mehr-shafqat, poklik va halollik bo'ladi. Imonsiz kishilardan uni kutish mumkin emas. Ana shu va boshqa fazilatlar bo'lmagani uchun ham ba'zi odamlarga nisbatan imonsiz so'zini ishlatamiz.Endi shaxs ma'naviy fazilati imonlilikning ba'zi tushunchalarini izohlashga o'tamiz. Ularning mazmuni, mohiyati v amaliy ahamiyatini chuqur anglab olmoqlik va o'zimizning kundalik hatti-harakatimizda amal qilmoqlik bizni har damda yuksak insoniylikka, komillikka tomon eltadi, demakki imonimiz mustahkamlana boradi. Imonning boshi - taqvo. Taqvo - har noto'g'ri ishga qo'l urishda - Allohdan qo'rqish, yomon ishlardan saqlanish. Allohdan qo'rquvchi banda oilada, jamiyatda halol yashaydi, haromga qo'l urmaydi, oxiratda javob berishini o'ylab, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, to'g'ri bo'ladi, poraxo'rlik qilmaydi, qasamxo'r bo'lmaydi, birovni aldamaydi, yolg'on gapirmaydi, kishilarga, vatanga hiyonat qilmaydi va boshqalar. Ilohi hammamizga ham taqvodor bo'lish nasib etsin. Bu o'zimizga bog'liq. Sharm-hayo ham imonlilik belgisi sanaladi. Sharm - har bir odamning nojo'ya, yomon hatti-harakatlardan o'zini tiya olish, uyalish hissi. Hadisi shariflarda aytilishicha, odam eng avvalo, o'zidan uyalishi kerak. Nojo'ya, yomon qilmishi, hatti-harakati uchun o'zidan uyalgan odam o'zgaga ham nojo'ya hatti-harakatni ravo ko'rmaydi. O'zidan uyalmagan odamda sharm bo'lmaydi. Demak, sharm odam o'z nojo'ya hatti-harakati uchun o'z vijdoni, diyonati oldida javob berish hissi, desak bo'ladi. Hayo - bu o'zbekcha uyat demakdir. Hayosiz, behayo deyilganida, uyatsiz ish qilganda hijolat chekmaydigan, odob-ahloqsiz kishi tushuniladi. Hayo erkak kishiga nisbatan ayollarda tabiatan ko'proq bo'ladi. Erkak kishi bemalol aytadigan ba'zi so'zlarni, hatti-harakatlarni ayollar turli andisha va uyalish tufayli ayta olmaydilar, hayo ularga yo'l bermaydi. Hayoli bo'lish, bu faqat uyatli so'zni aytmaslikda emas. U bundan ham ko'ra kengroq ma'no va mazmunga ega. Sharm-hayoli bo'lish insonni hayvon singari tubanlashib ketishdan saqlaydi. O'z nojo'ya hatti-harakatidan uyalish hissi faqat odamlargagina xos xususiyat. Farzandlarimizni sharm-hayoli qilib tarbiyalash oiladan boshlanadi. U milliy tarbiyamizning muhim jihatini tashkil etadi.Imonli bo'lishning belgilaridan biri or-nomus hisoblanadi. Or qilish odamning o'ziga nomunosib yoki ep ko'rmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg'usidir. Or yana biror narsadan hazar qilishni ham bildiradi.Oriyat -or-nomusdan tashqari izzat va nafs, qadr tuyg'usidir. Odatda oriyatli odamlar o'zlari va oilalarining, tug'ishganlarining izzat-nafsi, qadr-qimmatini, hurmatini yuksak tutib, boshqalar tomonidan toptalishi, haqorat qilinishi va hurmatsizlanishiga loqaydlarcha qarab turmaydi, turolmaydi.Nomus - bu iffat, bokiralik ma'nolaridan tashqari kishining o'z mavqeini saqlash, ulug'lash va ardoqlash, hijolat tortish tuyg'usini, oila va ajdodlar sha'niga dog' tushirmaslik ma'nosini ifodalaydi. Ko'pincha, biror kishini, uning oila a'zolarini, ajdodlarini nohaq haqoratlasalaru, u kishi bunga beparvo, loqaydlarcha tursa, undaylarga qarata senda or-nomus, oriyat bormi o'zi, deb hitob qilinadi.Bizning ota-bobolarimiz, xalqimiz qadimdan or-nomusli, oriyatli bo'lib kelgan, shuning uchun ular o'z yurtini, uning tuprog'ini, onalari va farzandlarini boshqa bosqinchilar tomonidan toptalishini o'zlari uchun or deb bilganlar. Ko'rinadiki, or-nomus, oriyat mohiyatida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg'ulari yashiringandir.Bunday ezgu maqsadlarga esa inson faqat yuksak ma'naviyat, uzluksiz ma'naviy tarbiya orqaligina erishishi mumkin. Vijdon -insonning o'z faoliyatini, qilgan ishlari va belgilagan maqsadlarini ichki ruhiy tahlil eta olish imkoniyatidir. Imon - inson qalbidagi vijdon tarozisidir. Vijdon asosida har bir kishi o'z qilmishlarigagina emas, balki boshqalarning faoliyatiga, jamiyatdagi voqea-hodisalarga, ijtimoiy vaziyatga baho beradi.Diyonat va vijdon bir-biriga yaqin tushuncha. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe'l-atvori uchun avvalo o'zi oldida, qolaversa, oila, jamiyat va vatan oldida ma'naviy mas'uliyat his etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g'azabga keladi, ularga qarshilik bildiradi; o'z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib xursand bo'lsa, yomon tomonlaridan norozi bo'lib, ruhan eziladi, vijdon azobiga uchraydi. O'zini bilgan odamga vijdon azobidan og'irroq jazo yo'q. Shuning uchun xalqimizda vijdon azobi go'r azobi degan maqol ishlatib kelinadi. Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُ, al-’Islām — „boʻysunish“, „itoat etish“) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va yahudiylik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi. „Muslim“, „muslimun“ soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan. Jahonda dunyo aholising 24,9 foizi, yaʼni 1,1—1,8 milliard kishi Islomga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20 % idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30 % musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80 % dan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkina-faso, Syerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya va Gersegovina, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqa), Shimoliy va Janubiy Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSH, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi. Islom 7-asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad sanaladi. Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb hisoblanadi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambarlar va elchilar yuborgan. Ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qurʼon nozil qildi. Muhammad oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi. Qurʼonga koʻra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohim ga nozil boʻlgan dinidir. Download 441.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling