Buxgalteriya hisobi va audit bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun ishlab chiqarish malakaviy amaliyot hisobotini yozish bo’yicha ishchi daftari. Toshkent, 2022. Taqrizchilar: Quljonov. O


Download 470.5 Kb.
bet21/25
Sana07.03.2023
Hajmi470.5 Kb.
#1246863
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
ISMOILOV XASAN

Izoh: Mahsulot tannarxi - ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori ustidan nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan kalkulatsiya yordamida hisoblab topiladi. U obektlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi. Shunday qilib, kalkulatsiya buxgalteriya hisobi obektlarini qiymatli o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ularning qo‘llanilishi tijorat hisob-kitobini mustahkamlash uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tijorat hisob-kitobiga rioya qilish korxona xarajatlari bilan uning faoliyat natijalari o‘rtasidagi muvofiqlikni talab qiladi. Xarajatlar bilan natijalarni solishtirish haqiqiy tannarx kalkulatsiyasi ma’lumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yo‘li bilan erishiladi. Buxgalteriya hisobining obektlari tarkibidagi va funksiyalaridagi farqlanishlar ularning ustidan alohida guruhlar bo‘yicha, masalan, mehnat vositalari, buyumlari, pul mablag‘lari va hokazolarni kuzatish zarurligini taqozo etadi. Undan tashqari, ushbu guruhlarning ichida mablag‘larning alohida turlari va ularning joylashgan joylari bo‘yicha tashkil qilish kerak bo‘ladi. Demak, hisob bilan alohida ajratilgan har bir mehnat vositasining turi - binolar, mashinalar, uskunalar; mehnat buyumlari - asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, yarim tayyor mahsulot va boshqalar; pul mablag‘lari ularning joylashgan joylari bo‘yicha hisob-kitob, valyuta va bankdagi boshqa schyotlar, korxonaning kassasida qamrab olingan bo‘lishi kerak. Shu bilan birga bunday guruhlash ko‘pincha etarli deb hisoblanmaydi. Masalan, mehnat buyumlarining har xil turlari, aytaylik, asosiy materiallar ustidan kuzatish ularning har bir turi, navi, katta-kichikligi va hokazolar to‘g‘risida ma’lumotlar 46 olishni talab qiladi. Shunga o‘xshash guruhlash buxgalteriya hisobida mablag‘lar manbalari va xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha ham amalga oshiriladi.
Xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirishda, ularni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olishda, buxgalteriya hisobi obektlarini iqtisodiy jihatdan guruhlashda schyotlardan foydalaniladi. Axborotni dastlabki tashuvchilardagi ma’lumotlar hisob obektlariga faqat tarqoq bo‘lgan tavsifni beradi. SHu sababli schyotlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ma’lumotlarni umumlashtirgan holda guruhlash va summalashtirish lozim bo‘ladi. Bunday funksiyani buxgaltfiya hisobida schyotlar bajaradi. Xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish ikkiyoqlama yozuv vositasida amalga oshiriladi. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati har bir xo‘jalik operatsiyasi natijasida yuzaga keladigan ikki hodisani o‘zaro bog‘langan holda aks ettirishdan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilish operatsiyasini qayd eta turib, sotib olingan qiymatliklarning kelishi va mol etkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘larining sarflanishi ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘lanadi yoki mahsulot tayyorlashga meteriallar sarflashni aks ettira turib, o‘zaro bog‘liqlikda ishlab chiqarish chiqimlarining oshishi va korxona omboridagi materiallarning kamayishi ko‘rsatiladi.
Operatsiyalarni bunday usul bilan yozish ularning iqtisodiy mazmunini ochib beradi va xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Shunday qilib, schyotlar va ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi obektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joriy guruhlash maqsadida qo‘llaniladi. Ular yordamida korxonani operativ boshqarish, moddiy javobgar shaxslar mulklarining but saqlanishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ular xo‘jalik faoliyatining yig‘ma ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni asta-sekin jamg‘arish va tartibga solish imkonini beradi. Buxgalteriya hisobi, aniq obektlarning keng bo‘lgan tarkibi korxona xo‘jalik mablag‘larini doimiy ko‘zdan kechirish zarurligini taqozo etadi. Buning uchun xo‘jalik mablag‘larini ikki, ya’ni ularning turlari va joylashishi hamda tashkil topish manbalari qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab, ko‘rsatadigan 47 buxgalteriya balansi xizmat qiladi. Xo‘jalik mablag‘larini aks ettirishning bunday tartibi ularning barcha yig‘indisini o‘zaro bog‘langan holda ko‘rish imkonini beradi va korxonaning ular bilan ta’minlanganligini tahlil qilishni engillashtiradi.
Xo‘jalik jarayonlarini vaqti-vaqti bilan ko‘zdan kechirish buxgalteriya hisobida ularni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar ustidan kuzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday ko‘rsatkichlar xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy uchastkalari bo‘yicha belgilanadi. Bu ishlab chiqarish va sotish xajmi, foyda va rentabellik, tannarx va boshqalardir. Bularning hammasi hisob ma’lumotlari asosida byudjet bajarlishining yig‘ma tizimini ifodalovchi hisobotda aks ettiriladi. Hisobot hisobkitoblarning ilmiy asoslangan tizimi yordamida tuziladi. U hisoblab chiqariladigan ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligini va ularning o‘tgan davrdagi xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan hamda korxonaning moliyaviy ahvolini baholash maqsadida boshqa korxonalarning xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan solishtirish mumkinligini ta’minlaydi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, balans va hisobot buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini yakunlovchi umumlashtirish usuli hisoblanadi, desak bo‘ladi. Bu usullardan foydalanish buxgalteriya hisobining muhim vazifalari hisoblangan korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarini boshqarish, korxonaning moliyaviy ahvolini baholash kabi muhim bo‘lgan vazifalarni yechishni ta’minlaydi. Korxonada operativ boshqarish hujjatlari va schyotlari ma’lumotlari bo‘yicha har kuni amalga oshiriladi, lekin u uzoqroq bo‘lgan muddatdagi korxonalar ishini chuqur tahlil qilish imkonini bermaydi.


Download 470.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling