Buxgalteriya hisobi va audit bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun ishlab chiqarish malakaviy amaliyot hisobotini yozish bo’yicha ishchi daftari. Toshkent, 2022. Taqrizchilar: Quljonov. O
Download 470.5 Kb.
|
ISMOILOV XASAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIYOT OBYEKTINING ISTIQBOLDAGI RIVOJLANISH YO`NALISHLARINI O’RGANISH
Bo’lim bo’yicha xulosa:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada bahoni shakllantirish va boshqarish bo'yicha tezkor qarorlar qabul qilish zaruriyati tug'iladi. Buning uchun boshqaruv tizimida bahoni shakllantirish bo'yicha funksional bloklarning o'zaro aloqasini tahlil qilish muhim ahamiyatga Keltirilgan chizmadan ko'rinib turibdiki, bahoning shakllanishi tashqi muhit tasiriga ham ko'p jihatdan bog'liqdir. Tashqi muhitda quyidagi makro darajadagi o'zgarishlar korxona faoliyatida bahoni shakllantirishga bevosita tasir ko'rsatadi: 1. Iqtisodiyotdagi o'sish va pasayish (har qanday mahsulotga bo'lgan ehtiyoj aholining real daromadlari, investisiya faolligi, davlat xarajatlari, kredit olish va uni qaytarish imkoniyatlari, baholarning o'zgarishiga bogliq). Shu sababli tashqi muhitni tahlil qilish korxonani baholash uchun boshlang'ich nuqta va qadam bo'lib hisoblanadi; 2. Tabiiy resurslarga yaqinlik va ularning zahirasiga ega bo'lish nafaqat mahsulot ishlab chiqaruvchi, balki qayta ishlovchi korxonalarni ham strategik rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega; 3. Siyosat va huquq. Korxonaning faoliyat yuritishida davlatning iqtisodiy barqarorligi, turli xil mulk egalarining huquqiy jihatdan muhofaza qilinganligi, soliq qonunchiligining o'zgarib turishi, bojxona huquqi kabi omillar ham hal qiluvchi ahamiyatga ega; 4. Demografiya. Korxona joylashgan hududdagi aholining soni va tarkibi uning faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Agar hududda tugilish darajasi yuqori bo'lsa, bolalarbop mahsulotlar assortimentiga talab katta bo'ladi yoki katta yoshdagi aholining hissasiga qarab ularning talabidagi mahsulotlar ishlab chiqarish zarur bo'lsa, korxona shunga qarab mo'ljal olishi lozim; 5. Ijtimoiy-madaniy muhit. Jamiyatning iqtisodiy farovonligi oshib borishi bilan unda iqtisodiy xavfsizlikni taminlashga, aholining kam taminlangan va ishsiz qatlamlarini himoya qilishga imkoniyat ortib boradi. AMALIYOT OBYEKTINING ISTIQBOLDAGI RIVOJLANISH YO`NALISHLARINI O’RGANISH Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yillik hisobot tarkibida unda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, chunki xalqaro andozalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor 335 qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo‘yicha qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur. Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, xarajatlar va yo‘qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona hisobidan to‘lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo‘llaniladi. Yillik hisobotga tushintirish xati, korxona rahbarining faoliyat yo‘nalishi to‘g‘risidagi ma’lumoti ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy analitik hujjatlaridan biri hisoblanadi. Bunda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha reja bajarilishiga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ochib tashlanadi: mahsulot miqdori, assortimenti, sifati, mahsulot sotish hajmi, foyda summasi, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, samaradorlik, ilmiy - konstruktorlik ishlarining natijalari va istiqbollari va shu kabilar. Tushintirish xatining mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiya xususiyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan. 51 Balansga asosan korxonaning to‘lov qobiliyati va boshqa bir qancha sifat ko‘rsatkichlarini hisoblab tahlil qilish mumkin. Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mutlaq to‘lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi: Korxona mutlaq to‘lov qobiliyati = Pul mablag‘lari / Korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari Bu ko‘rsatkich 0,2 yoki 20% dan kam bo‘lmasligi kerak. Shu yo‘l bilan hisoblab chiqilgan koeffitsent korxonaning qisqa muddatli qarz majburiyatlarining qanchasi zudlik bilan qaytarilishini ko‘rsatadi. Balans ma’lumotlari bo‘yicha korxonaning sof aylanma mablag‘lari yoki kapitalini aniqlab olish uning istiqboldagi rivojlanishini ta’riflaydi. Download 470.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling