Buxgalteriya hisobi va audit Fanidan mustaqil ish


«Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot»ni tuzish va to‘ldirish tartibi


Download 314.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi314.81 Kb.
#1503456
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xususiy kapital to‘G‘risidagi hisobot reja Xususiy kap (2)

3. «Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot»ni tuzish va to‘ldirish tartibi 
Xususiy kapital harakati to‘g‘risidagi hisobotning «Yil boshidagi qoldiq» 
moddasi bo‘yicha quyidagi axborot aks ettiriladi: 


a) «Ustav sarmoyasi» 3-ustunida ta’sis hujjatlarida qayd etilgan ustav 
sarmoyasi (fondi) summasi ko‘rsatiladi; 
b) «Qo‘shilgan sarmoya» 4-ustunida «Ustav sarmoyasi» hisobvarag‘ining 
«Qo‘shilgan sarmoya» ilova hisobvarag‘ida qayd etilgan qo‘shilgan sarmoya 
summasi ko‘rsatiladi; 
v) «Zaxira sarmoya» 5-ustunida qonun hujjatlariga muvofiq barpo etilgan 
zaxira sarmoya mablag‘lari summasi aks ettiriladi; 
g) «Taqsimlanmagan foyda» 6-ustunida yil boshidagi taqsimlanmagan foyda 
summasi ko‘rsatiladi; 
d) «Qoplanmagan zararlar» 7-ustunida yil boshidagi korxona balansida qayd 
etilgan zarar summasi aks ettiriladi. 
«Xususiy (aktsiyadorlik) sarmoyaning o‘sishi» moddasi bo‘yicha (020-satr) 
xususiy sarmoyaning o‘sish summasi aks ettiriladi. 
«Xususiy (aktsiyadorlik) sarmoyaning kamayishi» moddasi bo‘yicha (030-
satr) xususiy sarmoyaning kamayish summasi aks ettiriladi. 
«Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi» moddasi bo‘yicha (040-satr) belgilangan 
tartibda tegishli emissiyalar summasi aks ettiriladi. 
«Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash» moddasi bo‘yicha (050-satr) 
asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan qayta baholash summasi aks ettiriladi. 
«Ustav sarmoyasini shakllantirish chog‘ida ko‘rsdagi farq» moddasi bo‘yicha 
(060-satr) buxgalteriya va statistika hisobida «Ustav sarmoyasi» hisobvarag‘ining 
«Qo‘shilgan sarmoya» ilova hisobvarag‘ida qo‘shilgan sarmoya sifatida aks 
ettiriladigan, korxona ustav sarmoyasini shakllantirish chog‘ida ta’sis hujjatlarini 
ro‘yxatga olish sanasi va mablag‘larni ustav sarmoyasiga haqiqatda kiritish sanasida 
Markaziy bank ko‘rslari o‘rtasida yuzaga keladigan ko‘rs farqi aks ettiriladi. 
«Zaxiraga ajratmalar» moddasi bo‘yicha (070-satr) barpo etilishi ta’sis 
hujjatlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zaxira fondiga hisoblab yozilgan 
mablag‘lar summasi aks ettiriladi. 
«Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)» moddasi bo‘yicha (080-satr) 
hisobot davrida olingan taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasi 
ko‘rsatiladi. 


«To‘langan dividendlar» moddasi bo‘yicha (090-satr) oldingi yil uchun 
hisobot davri boshidagi taqsimlanmagan foydadan hisoblab yozilgan dividendlar 
summasi ko‘rsatiladi. 
«Hisobot davri oxiridagi qoldiq» moddasi bo‘yicha (100-satr) tegishli 
ustunlar bo‘yicha «Ustav sarmoyasi» hisobvarag‘ining «Ustav sarmoyasi», 
«Qo‘shilgan sarmoya», «Zaxira sarmoya» ilova hisobvaraqlari bo‘yicha hisobot 
davri oxiridagi saldo va taqsimlanmagan foyda summasi ko‘rsatiladi. 
«Hisobot davri oxirida ustav sarmoyasiga kiritilgan badallar» moddasi bo‘yicha 
(130-satr) muassislar va aktsiyadorlar tomonidan korxona ustav sarmoyasiga 
haqiqatda kiritilgan mablag‘lar summasi ko‘rsatiladi. 120 - 142-satrlarni 
aktsiyadorlik jamiyatlari to‘ldiradi.

Document Outline

  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
  • MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

Download 314.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling