Buxgalteriya hisobi va audit Fanidan mustaqil ish


 Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning uslubiy asoslari


Download 314.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi314.81 Kb.
#1503456
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xususiy kapital to‘G‘risidagi hisobot reja Xususiy kap (2)

2. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning uslubiy asoslari 
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish maqsadi bo‘lib, xususiy 
kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan holati va hisobot davri 
mobaynida uning tarkibidagi o‘zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish 
hisoblanadi. 


Xususiy kapital tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya 
hisobi to‘g‘risida”gi qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 
1996 y., 9-son, 142-m.), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 
yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdio‘langan (ro‘yxat raqami 475, 1998 yil 14 
avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999 y., 5-son) Moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos va O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/85-son bilan tasdio‘langan 
O‘zbekiston Respublikasining “Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar” 
Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS)da (ro‘yxat raqami 474-son 1998 
yil 14 avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999 yil, 5-son) keltirilgan. 
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning manzillar qismida hisobot sanasi, 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning nomi, tarmog‘i, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy 
shakli va to‘liq yuridik manzili, uning tasarrufida mazko‘r xo‘jalik yurituvchi 
sub’ekt bo‘lgan organning nomi, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning 
tayyorlanishi chog‘ida foydalanilgan o‘lchov birligi ko‘rsatilishi kerak.
Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi, ustav 
kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan 
zarar) sotib olingan o‘z aktsiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi 
axborot ochib berilishi kerak. 
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot davri 
boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli axborotni ochib berishi kerak. 
Hisobotda hisobot davridagi xususiy kapital tarkibida bo‘lgan o‘zgarishlar 
haqidagi axborot ochib berilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun quyidagilar: qimmatli 
qog‘ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav kapitalini 
shakllantirish chog‘ida valyuta ko‘rsidagi farqlar, rezerv kapitalga ajratmalar, joriy 
yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul dividendlari 
va aktsiyalar ko‘rinishida to‘lanadigan dividendlar, shuningdek, xususiy kapitalni 
shakllantirishning boshqa manbalari to‘g‘risidagi axborot ochib berilishi lozim. 
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda quyidagilar: chiqarilgan aktsiyalar soni, 
aktsiyalarning nominal qiymati, muomaladagi aktsiyalar soni to‘g‘risidagi axborot 
ham ochib berilishi kerak.
Xususiy kapital tarkibida ikki hisobot davri o‘rtasidagi o‘zgarishlar moliyaviy 
hisobotlarda qabul qilingan va ochib beriladigan baholashning aniq tamoyilidan 
kelib chiqqan holda hisobot davri davomidagi sof aktivlarning ko‘payishi yoki 
kamayishini aks ettiradi. 


Mazko‘r standartda sof aktivlar deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘z 
mablag‘lari bilan ta’minlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, ya’ni 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning qarz majburiyatlaridan ozod bo‘lgan mol-mulk 
qiymati tushuniladi. 
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotga bo‘lgan tushuntirishda xo‘jalik 
yurituvchi sub’ekt xususiy kapitalining qatnashchining chiqib ketishi, aktsiyadorlik 
jamiyati tomonidan aktsiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aktsiyalarni 
bekor qilinishi, aktsiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga 
ko‘ra kamayib ketganligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. 
Aktsiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital to‘g‘risidagi tushuntirishda 
quyidagilar haqidagi axborotni keltiradilar:
a) obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aktsiyalarning umumiy soni va 
nominal qiymati; 
b) nazarda tutilgan miqdorlar bilan taqqoslaganda obuna amalga oshirilgan 
aktsiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati; 
v) aktsiyalarga obunaning borishi chog‘ida olingan mablag‘lar umumiy 
summasi; 
g) ayrim turlar va toifalar bo‘yicha ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar; 
d) imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha to‘lanmagan jamlangan dividendlar summasi; 
e) aktsiyalar ko‘rinishida to‘lanadigan dividendlar, xususan, to‘lanadigan 
aktsiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari to‘g‘risida; 
j) hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo‘shib yuborishlar va 
aktsiyalarning maydalanishi yoki qo‘shib yuborilishigacha va undan keyingi 
aktsiyalarning nominal qiymati to‘g‘risidagi. 
Aktsiyalarga obunaning borishi chog‘ida olingan mablag‘lar umumiy summasi 
tushuntirishda quyidagilar bo‘yicha keltiriladi: 
a) aktsiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan barcha pul mablag‘lari, 
aktsiyalar soni ko‘rsatilgan holda; 
b) aktsiyalar uchun to‘lov sifatida kirim qilingan mol-mulkning qiymat bahosi, 
aktsiyalar soni ko‘rsatilgan holda; 
v) aktsiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan chet el valyutasining umumiy 
summasi, aktsiyalar soni va hisobda valyuta kirim qilingan ko‘rsi ko‘rsatilgan holda. 
Ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar haqidagi axborot tushuntirishda ayrim 
turlar va toifalar bo‘yicha keltiriladi: 


a) chiqarilgan aktsiyalar soni, ustav kapitalining to‘lanmagan qismi 
ko‘rsatilgan holda; 
b) aktsiyaning nominal qiymati; 
v) muomalada bo‘lgan aktsiyalar sonida hisobot davri mobaynidagi 
o‘zgartirishlar; 
g) aktsiyalar bilan bog‘liq huquqlar, imtiyozlar va cheklashlar, shu jumladan 
dividendlarning taqsimlanishi va kapitalning qaytarib berilishi bo‘yicha cheklashlar; 
d) jamiyatning o‘ziga, uning shu’ba va uyushgan korxonalariga tegishli 
aktsiyalar; 
e) ular egalik qilayotgan muassislar ro‘yxati va aktsiyalar soni; 
j) ijroiya organi a’zolarining mulki bo‘lgan aktsiyalar soni; 
z) optsionlar va boshqa kontraktlarga binoan chiqarish uchun zaxiralashtirilgan 
aktsiyalar, ularning muddatlari va summalari ko‘rsatilgan holda; 
i) konvertatsiyalanadigan (aktsiyalar yoki obligatsiyalarga) aktsiyalarning soni 
va nominal qiymati hamda ushbu aktsiyalarning qarzga oid qimmatli qog‘ozlarga 
konvertatsiya qilinishi hollarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar. 
Boshqa barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarga oid 
izohlarda quyidagilar to‘g‘risidagi axborotni keltiradilar: 
a) egalik qiluvchilar o‘rtasida ustav kapitali ulushining taqsimlanishi
b) ushbu ulushlarga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar; 
v) ustav kapitali tarkibida egalik qiluvchilar ulushi tarkibidagi o‘zgartirishlar. 
Hisobotning xususiy kapital to‘g‘risidagi qismiga oid tushuntirish xati 
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 1998 yil 26 iyuldagi 17-07/86-son 
buyrug‘i bilan tasdio‘langan (ro‘yxat raqami 474-son, 1998 yil 14 avgust, Me’yoriy 
hujjatlar axborotnomasi, 1999 yil, 5-son) O‘zbekiston Respublikasining “Hisob 
siyosati va moliyaviy hisobotlar” Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son 
BHMS)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi. 

Download 314.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling