Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi 1-kurs shba-70 guruhi talablasi umurov bexruz bahodir o’G’li ning


- Yangi texnika va texnologik jarayonlardan foydalanish yoki yangi bozorlarni ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan ta’minlash


Download 70.76 Kb.
bet10/16
Sana02.06.2024
Hajmi70.76 Kb.
#1834307
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Respublikasi oliy ta\'lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshken-fayllar.org

- Yangi texnika va texnologik jarayonlardan foydalanish yoki yangi bozorlarni ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan ta’minlash;
- Yangi xususiyatlarga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish;
- Yangi xom ashe turlaridan foydalanish;
-Ishlab chiqarishni tashkil etish va uning moddiy –texnik bazasini ta’minlashdagi ijobiy o’zgarishlar;
-yangi sotish bozorlarini yuzaga keltirish.
Innovatsiyalarning asosiy turlari :
- masulotlar innovatsiyasi;
- texnika – texnologiya innovatsiyasi;
- tashkiliy boshqaruv innovatsiyasi.
Mahsulotlar innovatsiyasi – eng keng tarqalgan bo’lib, juda ko’p korxonalarda mavjud. Bunda bir
korxonadan boshqa korxonaga utish xarakteri farklanadi. Ayrimlar uchun anhanaviy profilga kiruvchi mahsulotlar assortimentini almashtirish yoki mahsulotlar sonini sezilarli darajada oshirish, boshqalar uchun iste’mol talablarini inobatga olgan xolda ananaviy mahsulotning iste’mol sifatini oshirishdan iborat. Agar yangilik – texnologik jarayon bo’lsa, u yerda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi bitta xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lishi mumkin. Innovatsion jarayonning yettita tarkibiy elementlari mavjud bo’lib, ularning birlashuvi innovatsion jarayon strukturasini tashkil kiladi. bu elementlar quyidagilar:
- innovatsiya tashabbusi
- innovatsiya marketingi
- innovatsiyani ishlab chiqish
- innovatsiyani amalga oshirilishi
- innovatsiyani joriy qilish
- innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash
- innovatsiya diffuziyasi (tarqalishi).
Innovatsion jarayonning boshlanishi bo’lib tashabbus hisoblanadi. Tashabbus – bu innovatsiya maqsadini belgilashdan, innovatsiya orkali bajariladigan ishni tashkil etishdan, innovatsiya g’oyalarini qidirishdan xamda uni texnik – iqtisodiy asoslash va g’oyalarni moddiylashtirishdan tashkil topgan faoliyatdir. G’oyalarni moddiylashtirish – g’oyani tovarga aylanishini bildiradi. Yangi mahsulot asoslangandan keyin kiritilayotgan innovatsiyaning marketing tadqiqoti olib boriladi. Bunda yangi mahsulotga bulgan talab o’rganiladi, mahsulot ishlab chiqarish xajmi aniqlanadi, innovatsiya kiritilishi kerak bulgan bozorga chiqayotgan tovar iste’mol xususiyatlari va tovar xarakteristikasi aniqlanadi. Keyin esa innovatsiya amalga oshiriladi, ya’ni bu innovatsiyaning katta bo’lmagan partiyasini bozorda paydo bulishi, uni tarkalishi, samaradorlik bahosi va diffuziyada namoyon bo’ladi.Innovatsiyaning tarqalishi innovatsiyani realizatsiya qilishga karatilgan kompleks chora – tadbirlarni o’z ichiga oladi. Innovatsiyani amalga oshirish va uni tarkalishiga ketgan xarajatlarni statistik tahlil qilish asosida innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi. Innovatsion jarayon innovatsiya diffuziyasi bilan yakunlanadi. Innovatsiya diffuziyasi avvaldan egallab kelingan, yangi mintaqa, yangi bozorlarda innovatsiyaning tarqalishini nazarda tutadi. Umumlashtirib aytish mumkinki, innovatsion faoliyat – bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalashda asosiy dastaklardan biridir va shu sababli iqtisodiy tizimning barcha pog’onalarida innovatsion faollikni oshirish zarur. Tashkilotning innovatsion faoliyatdagi zaruriy vazifalarni bajarishga qaratilgan jarayonlari va harakatlarining majmuasini; Tizimni ichki tartibga solinganligi va uning elementlari tizimchalari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni takomillashuvini ta’minlovchi tuzilmalarni. Ushbu nuqtai nazardan innovatsiyalarni tashkil qilishni innovatsion faoliyatni tartibga solish jarayoni sifatida, subhekt, firma, institut, innovatsion korxona sifatida, bo’linmalarning tarkibi va o’rnini belgilab beruvchi, hamda innovatsion faoliyatda amalga oshiriladigan shakllar, usullar, jarayonlar tadbirlarini tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar sifatida tushunish kerak. Tashkilot firma nuqtai nazaridan odamlarning birlashmasi yoki innovatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha ishlarni bajarish haqidagi ularning kelishuvi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Turli xildagi elementli va turli o’lchamlardagi firmalar, kompaniyalar, assotsiatsiyalar, OO’Yu, ilmiy institutlar, texpolislar, texnoparklar va h.k. innovatsion faoliyatining subhektlari bo’ladilar. Bu barcha tashkilotlar ishlab chiqarishni haqiqiy yangilanishini amalga oshiruvchi asosiy manbalar va xo’jalik yurituvchi subektlar bo’ladilar. Yashash davrasining “o’zining” bosqichi bilan yaqindan bog’langan maxsus innovatsion biznesni paydo bo’lishi vaqtning taqazosi bo’ladi. Masalan, innovatsion korxonalar va tashkilotlar fundamental tadqiqotlar (akademik va OO’Yu sektori va ITI (amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlamalar)ga ixtisoslashishlari mumkin, bular ilmiy innovatsion korxonalar, Oliy o’quv yurtlari, kichik tadbirkorlik subhektlari, ilmiy-texnik majmualar va birlashmalar bo’lishlari mumkin. Tajribaviy namunalarni yaratish va tadbiq etish bosqichi bilan ham tadbirkorlik tuzilmalari va ham ITTKI ning rivojlangan bazasiga ega firmalar, institutlar va korporatsiyalar bog’langanlar. Amaliy ITTKI va TKI bazasida innovator-izbosarlar bazaviy texnologik, ilmiy-texnik va mahsulotli yangiliklarni yaratadilar. Ilmiy-texnik va mahsulotli yangiliklarni tadbiq etish va ishlab chiqarish bilan, qoidagi ko’ra, yaxshi resurs bazasi, malakali xodimlar, bozordagi belgilangan o’rinlarga ega yirik firmalar shug’ullanadilar. Tadqiqotchilar firmaning o’lchamini kashfiyotlar soni bilan bog’lamasalar ham, G’arbiy Yevropada innovatsion rivojlanishning katta tajribasi to’plangan. Ammo Frantsiya va Buyuk Britaniyada shunday fikr tarqalganki, ilmiy ishlab chiqishlar bosqichida akademik va OO’Yu sektori va kichik firmalar asosiy rolni o’ynaydilar.



Download 70.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling