To‘lov muddatlari
Soliq organlari har yili 1 martdan kechiktirma soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi.
Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
7.Yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlari davlat ro‘yxatidan o’tkazish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Adliya vazirligining «Yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqidagi axborotning ochiqligi va undan umumiy foydalanish;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiga nisbatan qo‘yiladigan talablarning yagonaligi;
barcha yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirishda teng huquqlar bilan ta'minlash.
Yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning ushbu Qonun doirasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan ta'sis va boshqa hujjatlarni tekshirish yo‘li bilan yuridik shaxs tashkil qilingani, qayta tashkil etilgani, uning ta'sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganini rasmiylashtirish, shuningdek yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani berish, yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish to‘g‘risidagi va ushbu Qonunga asosan boshqa ma'lumotlarni Reyestrga kiritish bo‘yicha harakatlaridan iborat.
Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish - ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning ushbu Qonun doirasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish yo‘li bilan jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lganini rasmiylashtirish, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani berish va jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lganligi to‘g‘risida hamda ushbu Qonunga asosan boshqa ma'lumotlarni Reyestrga kiritish bo‘yicha harakatlaridan iborat.
Yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish - ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning ushbu Qonun doirasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish yo‘li bilan yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarini tashkil etilganini rasmiylashtirish, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani berish va yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligini tashkil etilganligi to‘g‘risida hamda ushbu Qonunga asosan boshqa ma'lumotlarni Reyestrga kiritish bo‘yicha harakatlaridan iborat.
Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish - ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning ushbu Qonun doirasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish yo‘li bilan yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik sub'yektlarini tashkil etilganini rasmiylashtirish, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohonomani berish va yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik sub'yektlarini tashkil etilganligi to‘g‘risida hamda ushbu Qonunga asosan boshqa ma'lumotlarni Reyestrga kiritish bo‘yicha harakatlaridan iborat.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning xabardor qilish tartibi taqdim etilgan hujjatlar va ularda ushbu Qonunda ko‘rsatilgan rad etish asoslarining yo‘qligini o‘rganish asosida yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlarini ularni bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati va davlat statistika organlarida “yagona darcha” prinsipi asosida hisobga qo‘ygan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tezlashtirilgan jarayonini ifoda etadi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarning davlat soliq xizmati va davlat statistika organlari bilan o‘zaro hamkorligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish quyidagi organlar orqali amalga oshiriladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan:
faoliyatini uning ustaviga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi va bitta yoki undan ko‘p xorijiy davlatlar hududida tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari;
faoliyatini uning ustaviga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida olib boradigan hamda uchtadan kam bo‘lmagan hududiy sub'yektlarda alohida bo‘linmalariga ega bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari;
faoliyati uning ustaviga muvofiq ko‘pi bilan ikkita hududiy sub'yektlar (viloyatlar), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari;
bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan tashkilot;
bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining barcha funksiyalarini (yoki ularning bir qismini) amalga oshiradigan, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan tashkilot;
qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan hollarda, alohida nodavlat notijorat tashkilotlari;
qatnashchilari ikki yoki undan ko‘p ma'muriy-hududiy tuzilmalar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar)da joylashgan yuridik shaxs birlashmalari;
diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy ta'lim muassasalari;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan:
faoliyatini viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek ularning ustavlarida belgilangan muayyan hududlarda faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hisoblanadigan nodavlat notijorat tashkilotlarning alohida bo‘linmalari;
nodavlat notijorat tashkilotlarning yuridik shaxs bo‘lmagan alohida bo‘linmalar, shu jumladan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlar vakolatxonalari va filiallarining alohida bo‘linmalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi yuridik shaxs birlashmalari;
diniy tashkilotlar;
advokatlik tuzilmalari;
3) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan – banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalari;
4) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan – qonun hujjatlarida, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil qilinadigan davlat muassasalari va boshqa muassasalar;
banklar va kredit byurolaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub'yektlari, shu jumladan yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlari;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari;
fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari.
Yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga o‘zi kelgan holda;
Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Tizim vositasida Yagona portalda.
Tizim orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etilayotgan tijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazish;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazish uchun davlat bojini to‘lash;
ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani erkin olish;
yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risida ariza topshirish;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning belgilangan tartibdagi hamkorligi;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini tijorat tashkilotining manzili (joylashgan joyi, yashash joyi) o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish;
ariza beruvchining shaxsiy kabinetini ochish va undan erkin foydalanish;
Reyestrdan ko‘chirma, so‘ralayotgan hujjat, yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlarining ro‘yxati yoki so‘ralayotgan ma'lumotning va (yoxud) hujjatning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma shaklidagi aniq yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlari haqida ma'lumot so‘rash va olish.
Xulosa.
Shunday qilib yuridik va jismoniy shaxslar Yuridik shaxs — fuqarolik huquq va majburiyatlarining subʼyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar va shaxslar.
Jismoniy shaxs (fuqarolik huquqida) — huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi boʻlgan alohida fuqaro (chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)ni ifodalovchi tushuncha.
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz bo‘lib, hech kim ulardan sudsiz mahrum etishga yoki ularni cheklashga haqli emas. Jismoniy va yuridik shaxslar huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish muhim davlat himoyasi instituti bo‘lib, u mustaqil sud hokimiyati tomonidan odil sudlovni amalga oshirish orqali ta’minlanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish samaradorligini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlashni to‘g‘ri tashkil etish, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlatirish vazirligining mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi.
Seminarda murojaatlarning kelib chiqishi, murojaatchilar bilan ishlashda xato-kamchiliklar va uni qanday bartaraf etish bo‘yicha batafsil suhbatlashildi. Shuningdek, muammolarni bartaraf etish va ularning oldini olish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.
Jumladan, har bir shahar-tumanlarda mahallabay yurib, yarmarka va ommaviy savdo uyushtirishga kelishib olindi. Buning natijasida fuqarolarga tegishli tushuntirish ishlari hamda telekommunikasiya xizmatlariga ulanish uchun mezon yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |