Buxgalteriya hisobi va audit


Umumiy va xususiy muvozanatlik


Download 340.13 Kb.
bet3/7
Sana02.01.2022
Hajmi340.13 Kb.
#196512
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUVOZANATLIK REFERAT

Umumiy va xususiy muvozanatlik.

Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va makro) har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Bu barcha muvozanatliklarni shartli ravishda umumiy va xususiy muvozanatliklarni ajratib ko'rsatish mumkin. Umumiy muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatlikni ancha to'liq darajada ifodalaydi.

Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o'zaro mos kelishlik darajasini bildiradi. Qiymat ifodasida bu muvozanatlik yalpi talab va yalpi taklifning nisbati orqali namoyon bo'ladi. Milliy iqtisodiyotda ro'y beradigan barcha ozgarishlar pirovard natijada yalpi talab va yalpi taklifdagi ozgarishlar orqali ifodalanadi.

Yalpi talab tovarlar bozorida taqdim qilingan pirovard tovarlar va xizmatlarga bo'lgan barcha alohida talablar yig'indisidan iborat. Iqtisodiy muvozanatlik yalpi talab va yalpi taklifning tengligini taqozo etsa ham, amaliyotda ularning nisbati o'rtasidagi o'zgarishining mumkin bo lgan har xil variantlari mavjud bo'ladi. Jumladan:



  • Yalpi talabning ortishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning o'sishi bilan birga boradi;

  • Yalpi talabning tushishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning pasayishi bilan;

  • Yalpi taklifning ortishi. Ishlab chiqarish hajmining o'sishi bilan birga boradi va baholarning tushishini keltirib chiqaradi;

  • Yalpi taklifning kamayishi va shunga mos ravishda ishlab chiqarishning qisqarishi, baholarning o'sishiga olib keladi.

Bu barcha shart-sharoitlar ideal holda potentsial imkoniyat darajada vujudga keladi. Real hayotda esa umumiy muvozanatlik tarkibiy nomutanosibliklar, resurslardan samarasiz foydalanish, baholarning beqarorligi, iqtisodiy tsikl fazalarining o'zgarishi, bozor konbyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi tarkibidagi ozgarishlar ta’sirida ta’minlanib boriladi.

Bunday sharoitda umumiy muvozanatlik holatini (yalpi talab va yalpi taklif mos kelishi), turg'un iqtisodiy otdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqozo etadi. Bu barcha aytilganlardan xulosa chiqaradigan bo'lsak, umumiy muvozanatlik butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, mamlakat milliy iqtisodiyotining mutanosibligidir.

Bu barcha tarmoqlar, sohalar va iqtisodiyot birlamchi bo'g'inlarining bir me’yorda rivojlanishini ta’minlagan, iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari, barcha bozorlar va iqtisodiy jarayon munosabatlarining ayrim tomonlari ortasidagi barqarorlik xarakteridagi bir qator muvozanatliklar tizimini o'z ichiga oladi.

Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo'lgan talab va taklif o'rtasidagi muvozanatliklar ko'rilgandagina yuzaga chiqadi. Bu muvozanatliklar

ichida mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o'tganidek: « ichki bozorda talab va taklif o'rtasidagi mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar salmog'i o'rtasidagi nisbatni ta’minlash g'oyat katta rolb o'ynaydi».

Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o'zining barcha shakllari bilan birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal qilinishini ta’minlash yo'llarini topish imkonini beradi.



  1. Download 340.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling