Buxgalteriya hisobi va audit”ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich bha-80-2 guruh talabasi Eshmirzayev Baxtiyorni investitsiya fanidan nazorat ishi
Kredit bahosi, kreditni va unga hisoblangan foizlarni so’ndirish
Download 294.71 Kb.
|
bxtiyor
11.3. Kredit bahosi, kreditni va unga hisoblangan foizlarni so’ndirish
Kredit bahosi bank bilan qarz oluvchi o’rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi va bu kreditga oid foizlarni o’z ichiga oladi. Taraflarning kelishuviga ko’ra kredit bahosi pul bozori va inflyatsiya holatidan kelib chiqqan holda ko’payish yoki kamayish tomoniga o’zgartirilishi mumkin. Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasini rasmiy qayta moliyalashtirish stavkasi bilan tartibga solinishi depozitlarga foiz to’lashning amaldagi tizimi tufayli banklarning zarar ko’rish xavfini kuchaytiradi. Aytaylik, bank 24 oy muddatga jalb qilingan muddatli depozitni 24 oylik uchta kreditga transformatsiya qildi. Depozitga to’lanadigan yillik foiz stavkasi 18 %ga teng, bu vaqtda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining yillik darajasi 14 % ga teng deylik. Bank ushbu 2 ta kreditni 20 % bilan berdi. Demak, bankning bu operatsiya bo’yicha daromadlilik darajasi 2 punktga teng. Faraz qilaylik, inflyatsiya darajasini keskin pasayishi natijasida rasmiy qayta moliyalashtirish stavkasi 3 punktga pasaytirildi. Natijada, bankning maksimal kreditlash foizi 16,5 % ni tashkil etadi. Bank ikki kreditni berish jarayonida stavka o’zgarsa, unda kredit bo’yicha bank ko’radigan zarar darajasi 1,5 punktga teng. Chunki banklar muddatli depozitlarga belgilangan foiz stavkasida foiz to’laydilar. Shu munosabat bilan suzib yuruvchi stavkalarda foiz to’lanadigan depozitlarni jalb qilish va ular hisobidan suzib yuruvchi stavkalarda kreditlar berishni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday sharoitda bank spred yoki marjani barqaror tarzda saqlab qola oladi. Ammo respublikamiz sharoitida marja miqdorini belgilash o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Buning sababi shundaki bank kreditlarning yuqori foiz stavkasi limitlashtirilgan sharoitda kreditlarning bozor bahosi to’liq shakllana olmaydi. Shu sababli, marja miqdori aniq belgilanib, u orqali depozitlarga to’lanadigan foiz miqdori aniqlanishi kerak. Kredit bahosining optimal variantini topish uchun tijorat banki bo’yicha marjani hisoblab chiqish zarur. Masalan, hisobot oyida bankning jalb qilgan resurslarning o’rta summasi 7381792 ming so’m deylik, ularga to’lanadigan harajatlar summasi 23962 ming so’m bo’lsa, bunda jalb qilingan resurslar o’rtacha qiymati (%da) 23962 ming so’m x 365 x 100 %= 3,95 % 7381792 ming so’m x 30 Kredit qo’yilmalarining hisobot oyida o’rtacha summasi 5316916 ming so’mni, bulardi olingan daromad esa 43237 ming so’m bo’lgan Kredit qo’yilmalarining o’rtacha qiymati (%da) 43237 ming so’m x 365 x 100 %= 9,89 % 5316916 ming so’m x 30 Bank bo’yicha marja (9,89 - 3,95) % = 5,94 % ni tashkil etadi. Jahon bank amaliyotida bank marjasi asosan quyidagicha hisoblanadi:1
Bu yerda, bankning hisob – kitoblar va kassa operatsiyalari xizmatlaridan oladigan va umuman foizsiz daromad, xarajatlari hisobga olinmagan. Nazariy jihatdan kreditning bahosini quyidagicha aniqlash mumkin: (11.5) Bu yerda, Kb – kreditning bahosi; Kbb – kreditning bozor bahosi; Ox – operatsiyani amalga oshirish bilan bog’liq harajatlar; Krd – kreditlar bo’yicha risk darajasi; Kf – bankning o’z kapitaliga foiz stavkasi. Uzoq muddatli kreditlardan foydalanganlik uchun foizlar banklar tomonidan kreditlash muddatining davomiyligi, qarz oluvchilar tomonidan berilgan kreditning o’z vaqtida qaytarilishi kafolatlari, kredit resurslari talab va taklifi va ular bahosi, shuningdek, shartnoma asosidagi kredit xatarining mavjudligi hisobga olingan holda belgilanadi Kredit shartnomasi tuzib bo’lingandan so’ng qarz oluvchi nomiga ssuda hisob varag’i ochiladi. Ssuda hisob varag’iga oid barcha operatsiyalar shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi Ssuda hisob varaqlaridan qurilish - montaj ishlari yillik hajmining 15 % dan kam bo’lmagan hajmlardagi pudrat tashkilotlariga qilinadigan dastlabki to’lovlar, shuningdek, mazkur qurilish smetasiga kiritilgan sotib olinadigan uskunaning va boshqa harajatlarning hajmi bilan birgalikdagi bajarilgan ishlar uchun to’lov xujjatlari haqi to’lanadi. Buyurtmachining o’z mablag’lari va kredit mablag’lari ishtirokida qurilishni moliyalash chog’ida qurilayotgan korxonaning rahbariyati kadrlarni tayyorlash va binolar ijarasi va shu kabilarni saqlab turishi bilan bog’liq boshqa harajatlarga kredit hisobidan to’lanishiga yo’l qo’yilmaydi. Kreditlar va ularga oid foizlarni sundirilishi qarz oluvchining bank hisob varag’iga pul mablag’larining kelgusida kelib tushishining aniq hisob-kitobi olingan holda tuzilgan jadval asosida amalga oshiriladi, zarurat tug’ilganda taraflar kelishuviga binoan kredit va unga oid foizlarning sundirilishi jadvaliga o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. Qarz oluvchi, agar bu narsa shartnomada kuzda tutilgan yoki kreditor roziligi asosida bo’lsa, o’zining kredit summasi va haqiqatda foydalanilgan davr uchun unga oid hisoblangan foizlarni muddatidan ilgari sundirish huquqiga ega. Bunda qarz oluvchi o’zining to’lov topshiriqnomasi bilan kredit summasi va hisoblangan foizlarni to’laydi Muddati o’tgan, amalda «O’lik ssudalar» ga aylangan kreditlarga foiz hisoblash moliyaviy jihatdan zaif bankni ancha baquvvat qilib ko’rsatishi mumkin. Rossiya Federatsiyasida, O’zbekiston Respublikasidagi ayrim banklar kreditni qaytish ehtimoli nolga teng bo’lgan hollarda ham foiz summasini mijozning joriy qisob varag’idan debetlayverish hollari uchraydi. Buning oqibatida foyda summasi qoplanmagan kredit summasini oshirish evaziga o’sib boraveradi, ya’ni bank balansning aktiv qismida 16309 schet va passiv qismida 42200 yoki 42600 va 44400 yoki 44600 schetlarida hisoblangan foyda summasi oshib boraveradi Natijada yangidan jalb qilingan depozitlar qisoblangan foizlarni, soliqlar va dividendlarni to’lashga sarflanadi. O’z vaqtida kredit sundirilmagan va foizlar to’lanmagan hollarda bank amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur nizomga muvofiq, shuningdek da’vo taqdim etish, ya’ni xo’jalik sudiga da’vo arizasini berish yo’li bilan choralar ko’rishga majbur. Download 294.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling