Ii. Bob xalqaro kredit bo‘yicha foiz stavkasi va kredit bahosi


Download 58.69 Kb.
bet1/7
Sana14.11.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1772866
  1   2   3   4   5   6   7

MUNDAREJA:


KIRISH.........................................................................................................3
Asosiy qism…………………………………………………………….….5
I.BOB. XALQARO KREDIT……………………………………………5
1.1 Xalqaro kreditning mohiyati va tamoyillari………………………..….5
1.2. Xalqaro kreditning xususiyatlari va imkoniyatlari………….…….….13
II.BOB XALQARO KREDIT BO‘YICHA FOIZ STAVKASI VA KREDIT BAHOSI………………………………………………..………….………17
1.1 Xalqaro kredit bo‘yicha foiz stavkasi……………………………..……17
1.2.Xalqaro kreditlar bo‘yicha risklar va ularni boshqarish…………….….24
Xulosa………………………………………………………………………40
Foydalangan adabiyotlar………………………………………………….42
KIRISH
O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo‘llarining aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bosh maqsad yo‘lidagi yutuq
va marralarning salmoqli bo‘lishiga imkon yaratdi.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va loballashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyosda
moliya, kredit va valuta munosabatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Xalqaro valuta-kredit munosabatlari – bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko‘plab omillar ta’sirida xalqaro valuta-kredit munosabatlari murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o‘zining o‘ta beqarorligi
bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valuta bozori, undagi valuta peratsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sababli xorijiy valutalar bilan bog‘liq jahon tajribasini o‘rganish O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillikning birinchi kunidanoq ushbu masala Respublikamiz
Prezidenti va Hukumatining diqqat-e’tiborida bo‘ldi.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasida milliy pul birligi «so‘m»ni
muomalaga kiritish va hozirgi davrga kelib, respublikada valuta
tizimini barpo etish, uni rivojlantirish bilan bog‘liq bir talay
ishlar amalga oshirildi. Natijada Respublikamizda valuta birjasi shakllandi va u valutalar oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuvi,
Xalqaro Valuta Fondi hamda Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish Bankiga a’zo bo‘lib kirishi jahonning valuta, kredit, qimmatli qog‘ozlar hamda oltin bozorlarida qabul qilingan zamonaviy kodeksini bilishni talab etadi. «Xalqaro valuta-kredit munosabatlari» kursida ushbu munosabatlarning iqtisodiy kategoriyalari, rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari va tashkil etish shakllari o‘rganiladi.
Qo‘llanmada globallashuv sharoitida valuta va valuta munosabatlari, valuta tizimi hamda uning rivojlanish qonuniyatlari, valuta kursi, valuta bozori, valuta operatsiyalari va valuta risklari hamda ularni boshqarish, xalqaro hisob-kitob shakllari, to‘lov va hisobkitob balanslari hamda xalqaro kredit munosabatlari kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar ta’limining «Bank ishi» mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmadan, shuningdek, bank xodimlari, tadbirkorlar va boshqa qiziquvchilar foydalanishi mumkin.


Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling