Buxgalteriya hisobi va menejment


O’quv fanining maqsadi va vazifalari


Download 65.61 Kb.
bet3/6
Sana22.11.2023
Hajmi65.61 Kb.
#1794449
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Бизнесни режалаштириш Сиртқи Ус Кўрсатма2023

O’quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o’qitishning maqsadi – iqtisodiyotda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish hamda jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda marketing faoliyatini to’g’ri tashkil etish va uni boshqarish, marketing faoliyatini takomillashtirishdan iborat.
Fanning asosiy vazifalari – Biznes, tadbirkorlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati, rejalashtirishning asosiy tamoyillari, vazifalari va turlari, biznesni rejalashtirish jarayonini axborot bilan ta’minlash, bozor kon’yunkturasini o’rganish va prognoz qilish, tovar, narx, taqsimot, kommunikatsiya va siljitish siyosatlari kabilarni o’rgatishdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
“Biznesni rejalashtirish ” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Biznesni rejalashtirishning tushunchalarini va mazmunini, talab, rejalashtirishga ta’sir etuvchi omillarini, elementlarni, kontseptsiyasi va uning mazmunini, tovar siyosati, narx siyosati, sotish siyosati va kommunikatsiya siyosatini bilishi kerak;
- Biznesni rejalashtirishning asosiy rivojlanish bosqichlarini, tamoyillari va funktsiyalarini o’rganish, bozor kon’yunkturasi holatini tahlil etish va bashorat qilish, dasturini tuzilishi, strategik rejalashtirish jarayoni bosqichlari, bozorni segmentlash turlari, biznesni rejalashtirish faoliyatini axborot bilan ta’minlash, rejalashtirishning tarkibiy tuzilishi, komunikatsiya kompleksi elementlari tarkibi to’g’risida ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;
- mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish, islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida talabga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, bozor sig’imi ko’rsatkichini aniqlash, raqobatbardoshlik darajasini aniqlash, aholining xarid fondini aniqlash va tahlil etish, korxonaning marketing faoliyatini tahlil etish malakalariga ega bo’lishi kerak.

Download 65.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling