Buxgalteriya hisobi va menejment


Download 65.61 Kb.
bet1/6
Sana22.11.2023
Hajmi65.61 Kb.
#1794449
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Бизнесни режалаштириш Сиртқи Ус Кўрсатма2023


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


“BUXGALTERIYA HISOBI VA MENEJMENT”
kafedrasi
SIRTQI TA’LIM TALABALARI UCHUN
«BIZNESNI REJALASHTIRISH»
fanidan

oraliq nazorat ishlarini bajarish bo’yicha


USLUBIY KO’RSATMA





Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo’nalishi:

200000
230000
5230100

- Ijtimoiy soha, iqtisod
- Iqtisod
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)

Andijon - 2023


Tuzuvchi:
E.Yulchiyev– AndMI, “Buxgalteriya hisobi va menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi.


Taqrizchilar:
A.Sotvoldiev– AndMI, “Buxgalteriya hisobi va menejment” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori.
M. Xojiboyev– Andijon qishloq xo’jaligi instituti, dotsent, iqtisod fanlari nomzodi

Fandan nazorat ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma « Buxgalteriya hisobi va menejment» kafedrasining 2023-yil avgustdagi 1 - son yig’ilishida ko’rib chiqilgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri:_____________ i.f.n., dots. N.X. Xalilov


Fandan nazorat ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma Sirtqi bo’lim tomonidan muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2023- yil avgustdagi 1 - sonli bayonnoma).


Kelishildi: O’quv - uslubiy bo‘lim boshlig’i _____________ A.Axmedov


Kirish



  1. O’quv fanining dolzarbliligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

Bugungi kundagi iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash qilish, islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida biznesni rivojlantirish sohasidagi xalqaro andozalarni mamlakatimiz ta’lim tizimida qo’llash bo’yicha ishlarni olib borish hozirgi kunning eng dolzarb masalasi bo’lib hisoblanadi.
Ushbu uslubiy ko’rsatmada “Biznesni rejalashtirish” faniga tegishli bo’lgan barcha mavzular bo’yicha talabalarga Davlat ta’lim standartlari asosida yetkazilishi shart bo’lgan minimum bilimlar va ko’nikmalar to’la qamrab olindi.
Biznesni rejalashtirish – bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir. Keyingi vaqtda jahon bozorida narxni keskin tushib ketgan xom ashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilish, tayyor raqobatdosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz zarur. Bu borada yangi bozorlar, yangi transport yo’laklarini topish, bir so’z bilan aytganda, faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yuritish zarur
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tubdan yaxshilash, sotuvchilar va xaridorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, shu orqali aholining talab-ehtiyojini qondirib, ularning turmush tarzi darajasini yuksaltirish, marketing faoliyatini amalda keng qo’llash bilan bog’liq bo’lib, bu esa «Biznesni rejalashtirish» fanining hozirgi davrda dolzarbliligidan dalolat beradi.



Download 65.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling