Buxgalteriya hisobiga kirish Mavzu: Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish


Download 261.39 Kb.
bet1/5
Sana03.02.2023
Hajmi261.39 Kb.
#1152566
  1   2   3   4   5
Bog'liq
inventarizatsiya

Buxgalteriya hisobiga kirish

Mavzu: Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish

REJA:

  • Inventarizatsiyani o’tkazishning asosiy qoidalari
  • Alohida turdagi aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini o’tkazish qoidalari
  • Inventrarizatsiya bo’yicha solishtirish qaydnomalarini tuzish
  • Inventarizatsiyadagi farqlarni tartibga solish va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi
  • Bajardi: Musurmonov Rafis

    Tekshirdi: Ibragimova I.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur buxgalteriya hisobi milliy standarti (keyingi o‘rinlarda — standart) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.

1.2. Mazkur standart asosiy faoliyati budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni qo‘shgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.

1.3. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash;

haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish;

majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.

1.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan joyidan qat’i nazar, barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’ul saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak.

Mol-mulkni inventarizatsiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.

Quyidagi hollarda inventarizatsiya o‘tkazilishi majburiy:

Quyidagi hollarda inventarizatsiya o‘tkazilishi majburiy:


Download 261.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling