Buxgalteriya hisobiga kirish Mavzu: Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish


Ishchi inventarizatsiya komissiyalari


Download 261.39 Kb.
bet3/5
Sana03.02.2023
Hajmi261.39 Kb.
#1152566
1   2   3   4   5
Bog'liq
inventarizatsiya

2.10. Ishchi inventarizatsiya komissiyalari:

  • saqlash va ishlab chiqarish joylarida qiymatliklar va pul mablag‘larini inventarizatsiyasini amalga oshiradi;
  • xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha chiqishlarni bir birini qoplashga olib borish, shuningdek tabiiy yo‘qolish me’yorlari doirasida kamomadlarni hisobdan o‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • tovar-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olish va ular saqlanishini nazorat qilishni yaxshilash, shuningdek me’yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy qiymatliklarni sotish masalalari bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • quyidagi hollar uchun javobgar bo‘ladi :
  • a) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrug‘iga muvofiq inventarizatsiyani o‘z vaqtida o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun;
  • b) tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblar vositalarining haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi uchun;
  • v) tovar-moddiy qiymatliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari (turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun;
  • g) belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallari to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi uchun.

2. Alohida turlardagi aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini o‘tkazish qoidalari

Asosiy vositalarni inventarizatsiyasi

3.24. Inventarizatsiyani boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur:

  • inventar kartochkalari, inventar kitoblari yoki ro‘yxatlarining mavjudligi va holati;
  • texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va holati;
  • xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarni hujjatlarining mavjudligi. Hujjatlar yo‘q bo‘lsa, ularning olinishi yoki rasmiylashtirilishini ta’minlash zarur.
  • Inventarizatsiya natijasida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlarni baholash joriy qiymat bo‘yicha amalga oshirilishi, eskirish esa obyektlarning haqiqiy texnik holati bo‘yicha belgilanishi, bunda baholash va eskirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
  • Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya vaqtida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlar qachon va kimning farmoyishi bilan barpo etilganini, ularni barpo etish xarajatlari qayerga hisobdan chiqarilganini aniqlashi va buni bayonnomada aks ettirishi kerak.
  • Asosiy vositalar ro‘yxatga obyektning asosiy vazifasiga muvofiq nomlari bo‘yicha qayd etiladi. Agar obyekt qayta tiklangan, rekonstruksiya qilingan, kengaytirilgan yoki qayta jihozlangan va buning natijada uning asosiy vazifasi o‘zgargan bo‘lsa, u ro‘yxatga yangi vazifasiga muvofiq keladigan nom bilan kiritiladi.
  • Agar komissiya kapital tusda qilingan ishlar (qavat qurish, yangi xonalar qurish va hokazolar) yoki imorat va inshootlarni qisman tugatish (ayrim konstruktiv elementlarni buzish) buxgalteriya hisobida aks ettirilmagan deb topsa, u tegishli hujjatlar bo‘yicha obyekt boshlang‘ich qiymatining ko‘payish yoki kamayish summasini aniqlashi va ro‘yxatda qilingan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirishi kerak.
  • Bir vaqtning o‘zida komissiya bunda aybdor bo‘lgan shaxslarni va u yoki bu obyektlarni konstruktiv o‘zgartirish hisob registrlarida aks ettirilmaganligining sabablarini aniqlashi shart.

Download 261.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling