Buxgalteriya hisobiga kirish Mavzu: Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish


Inventarizatsiya bo‘yicha solishtirish qaydnomalarini tuzish


Download 261.39 Kb.
bet4/5
Sana03.02.2023
Hajmi261.39 Kb.
#1152566
1   2   3   4   5
Bog'liq
inventarizatsiya

3. Inventarizatsiya bo‘yicha solishtirish qaydnomalarini tuzish

4.69. Solishtirish qaydnomalari inventarizatsiyada hisob ma’lumotlaridan tafovutlar aniqlangan qiymatliklar bo‘yicha tuziladi.

  • Solishtirish qaydnomalarida inventarizatsiya natijalari, ya’ni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar va inventarizatsiya ro‘yxatlari (dalolatnomalari) ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlar aks ettiriladi.
  • Tovar-moddiy qiymatliklarning ortiqcha va kamomadi qiymati solishtirish qaydnomalarida ularning buxgalteriya hisobidagi bahosiga muvofiq keltiriladi.
  • Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun inventarizatsiya ro‘yxatlari (dalolatnomalari) va solishtirish qaydnomalarining ko‘rsatkichlari birlashtirilgan yagona registrlar qo‘llanishi mumkin.
  • Korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’ul saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) qiymatliklarga alohida solishtirish qaydnomalari tuziladi.
  • Solishtirish qaydnomalari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoki qo‘lda tuzilishi mumkin.

4. Inventarizatsiyadagi farqlarni tartibga solish va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi

  • o‘rnatilgan me’yorlar doirasida qiymatliklarning yo‘qolishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining farmoyishiga ko‘ra ishlab chiqarish va davr xarajatlariga yoki budjet tashkilotlarini moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga hisobdan chiqariladi. Yo‘qotish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan hollardagina qo‘llanishi mumkin.
  • Bunda o‘rnatilgan me’yorlar doirasida qiymatliklarning yo‘qolishi qiymatliklar kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqchalar bilan hisobga olgach belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar belgilangan tartibda o‘tkazilgan qayta navlarga ajratish bo‘yicha hisobga olingandan keyin ham qiymatliklar kamomadi mavjud bo‘lsa, tabiiy yo‘qolish me’yorlari kamomad aniqlangan qiymatliklar nomi bo‘yichagina qo‘llanishi mumkin.
  • Tasdiqlangan me’yorlar bo‘lmagan taqdirda yo‘qolish me’yorlardan ortiqcha kamomad sifatida qaraladi.

Download 261.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling