Ular 1996 yil avgustidagi Oliy Majlis sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunda o’z ifodasini topgan. Ushbu qonundan kelib chiqqan holda, banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi: - Ular 1996 yil avgustidagi Oliy Majlis sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunda o’z ifodasini topgan. Ushbu qonundan kelib chiqqan holda, banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi:
- xo’jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni dastlabki hujjatlarda aks ettirish;
- xo’jalik operatsiyalarini, bank mulkini puldagi ifodasini belgilash;
- barcha operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv asosida guruhlashtirish, bunda yozuvlarni
- hisobvaraqlar rejasidagi hisobraqamlar asosida olib borish;
- hisob-kitob va boshqa operatsiyalar yakunida ma’lum sanaga bank xo’jalik faoliyatiga tavsif berish, ya’ni bank balansini tuzish.
- Bank hisob-operatsion apparatining tuzilishi
- Bank hisob-operatsion apparatining tuzilishi.
- Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalarning buxgalteriya hisobini olib borish bankning hisob-operatsion bo’limiga yuklatilgan. Hisob-operatsion bo’limi bank faoliyatining ko’lami va yo’nalishi, mijozlar soni hamda boshqa ko’rsatkichlarga qarab bir qancha guruhlardan iborat bo’ladi. Bu guruhlarda ish yurituvchilarni mas’ul ijrochi deb ataladi. Har bir mas’ul ijrochiga bir nechta mijozlar bo’lib berilib, ular o’zlariga bo’lib berilgan korxona va tashkilotlatlarning hisobkitob, kassa, valyuta va kredit operatsiyalari bo’yicha hisob ishlarini olib boradilar, ularga xizmat ko’rsatadilar. Bu guruxlar hisob guruxi deyiladi. Bundan tashqari, hisob-operatsion bo’limda banklararo hisob-kitoblar bo’limi, davlat byudjetini kassaviy ijrosi bo’limi, bank ichki operatsiyalarini tashkil etish bo’limi ham mavjud bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |