Bu bo’limlarda ishlovchi buxgalterlar soni ham mazkur bo’limda bajariladigan operatsiyalar ko’lami bilan belgilanadi. - Bu bo’limlarda ishlovchi buxgalterlar soni ham mazkur bo’limda bajariladigan operatsiyalar ko’lami bilan belgilanadi.
- Banklararo hisob-kitoblar bo’limining vazifasi mas’ul ijrochilardan boshqa banklarga tegishli bo’lib, o’tkazilishi kerak bo’lgan hujjatlarni qabul qilish, ularni banklar bo’yicha saralash, hujjatlardagi yozuvlarning to’g’riligini filiallararo oborotlar bo’yicha nazorat qilish va boshqa bankka hujjatlarni elektron pochta orqali jo’natishdan iborat.
- Davlat byudjetining kassaviy ijrosi bo’yicha bo’lim buxgalterlari davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari bo’yicha operatsiyalarni tashkil etadilar, bu operatsiyalar hisobini olib boradilar, davlat byudjeti xarajatlarining to’g’ri va qonuniy sarflanishi ustidan nazorat qiladilar.
- Bankning hisobvaraqlar rejasi va uning tuzilishi
- Har bir bank o’z buxgalteriya hisobini barcha banklar uchun bir xil bo’lgan hisobvaraqlar rejasi asosida olib boradi. 1997 yil apreliga qadar respublikadagi barcha banklar sobiq ittifoq davrida tuzilgan yagona hisobvaraqlar rejasi asosida ish yuritar edilar. Lekin iqtisodiyotimizni yangi bozor munosabatlari asosida tashkil etar ekanmiz, iqtisodiyotni izga solib, uni nazorat qilish uchun buxgalteriya hisobini halqaro miqyosda qabul qilingan yaxlit tizimga moslashtirib olib borish talab etildi. Shu sababli, respublika banklari buxgalteriya hisobini yangi hisobvaraqlar tizimi asosida tashkil etishga kirishdilar.
Shu maqsadda 1995 yil Artur Andersen auditorlik firmasi bilan shartnoma tuzildi va firma respublika Markaziy banki bilan birgalikda bankning yangi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi. 1996 yil 13 noyabrda Vazirlar Mahkamasining 289-sonli qarori bilan «Respublika Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasi», 290-sonli qarori bilan esa «Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi» tasdiqlandi. 1997 yil 1 apreldan barcha banklar buxgalteriya hisobi yangi hisobvaraqlar rejasi asosida olib borila boshlandi. Vaqt o’tishi bilan rejaga o’zgarishlar kiritilib, 1999 yil 22 mayda yangi tahrirdagi hisobvaraqlar rejasi tasdiqlandi. - Shu maqsadda 1995 yil Artur Andersen auditorlik firmasi bilan shartnoma tuzildi va firma respublika Markaziy banki bilan birgalikda bankning yangi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi. 1996 yil 13 noyabrda Vazirlar Mahkamasining 289-sonli qarori bilan «Respublika Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasi», 290-sonli qarori bilan esa «Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi» tasdiqlandi. 1997 yil 1 apreldan barcha banklar buxgalteriya hisobi yangi hisobvaraqlar rejasi asosida olib borila boshlandi. Vaqt o’tishi bilan rejaga o’zgarishlar kiritilib, 1999 yil 22 mayda yangi tahrirdagi hisobvaraqlar rejasi tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |