Buxgalteriya hisobining fan sifatida dastlabki rivojlanishi


Хalqaro hisob va hisobot tizimining shakllanishi


Download 146.5 Kb.
bet13/15
Sana28.01.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1135095
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
bozor iqtisodiyotida buxgalteriya hisobi

Хalqaro hisob va hisobot tizimining shakllanishi
Mamlakatlararo tizimning shakllanishi bilan parallel holda xalqaro buxgalteriya hisobi tizimi, yagona hisob va hisobot berish xalqaro tizimiga milliy regional hisob tizimlarining yaxlit bir butun qilib birlashtirilishi bo’lib o’tdi. Bu jarayon buxgalteriya hisobi tizimlarining paydo bo’lishini quyidagi tarixiy bosqichlarini o’z ichiga oldi:
Savdo bosqichi- tarixiy rivojlanishda salkam olti asrni egalladi va ikkiyoqlama yozuv, hisobda xronologik va tizimli yozuvlar, balanslar, bosh kitob, nazorat uslublari paydo bo’lishini o’z ichiga oldi. Тadbirkorlik bosqichi - alohida turdagi mahsulotlarning tannarxini belgilaydigan sanoat buxgalteriyasi, qo’shimcha xarajatlarni ajratish (bo’lish) uslublarini, hisobning o’nlik tizimining paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Korxona schyotlar rejasini tuzilishi uning cho’qqisi hisoblanadi.
Rivojlanishning tashkiliy bosqichi- umuman buxgalteriya hisobini takomillashtirish, milliy schyotlar rejalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi, buxgalteriya hisobining davlat tomonidan andozalarga o’tkazilishi bilan xarakterlanadi.
Hisob rivojining bu bosqichida buxgalteriyaning 2 ga ajralishi: moliyaviy va analitik, yoki boshqaruv buxgalteriyasi prinsiplarining paydo bo’lishi, ana shu asosda boshqaruv va javobgarlik markazi bo’yicha natijalar tahlili, moliyaviy va boshqaruv buxgalteriyasida reja ko’rsatkichlari, andozalar, normalar, smetalar, oldindan rejalashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish boshqalar asosiy xissa bo’lib qoldilar.
Natijada buxgalteriyada korxona ishlari umumiy natijalari va javobgarlik markazi faoliyatini tavsiflaydigan rejali ko’rsatkichlar tizimidan uzviy ravishda foydalanila boshlandi. Buxgalteriya bu bosqichda hisob va rejalashtirish funksiyalari yaxlitlanadi va uning zaminlarida yangi mutaxassislik "boshqaruv nazorati" tug’ildi.
Optimizatsion bosqich shunday xarakterlanadiki, buxgalteriya xalqqa taktik vazifalarni yechish bilan boshqarish strategik vazifalarini hisobda EХM dan foydalanish asosida yecha boshladi va xarajatlarni aniq ajratish: o’zgaruvchan xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish hajmiga proporsionallar va doimiylar, ishlab chiqarish hajmiga bog’lik bulmagan xarajatlarga bulinishi. U xisobda "direkt-kosting" tizimining foydalanish negizi hisoblanadi. Bu bosqichda xukumatlararo va professional buxgalteriya tashkilotlari milliy va regional hisob tizimlarini tahlil qilishdi va xalqaro buxgalteriya hisobi tizimini tashkil qilishga kirishishdi.

Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling