Tahliliy risk –bu tahlil amallari (ishlari) bajarilganda jiddiy xatolarga yo’l qo’yilish riskidir. Bunday xatolarni auditor ko’rishi mumkin, ammo juda murakkabligi hamda o’zining maxsus malakasi etishmasligi sababli tushunmasdan o’tkazib yuborishi mumkin. - Tahliliy risk –bu tahlil amallari (ishlari) bajarilganda jiddiy xatolarga yo’l qo’yilish riskidir. Bunday xatolarni auditor ko’rishi mumkin, ammo juda murakkabligi hamda o’zining maxsus malakasi etishmasligi sababli tushunmasdan o’tkazib yuborishi mumkin.
- Tanlashdagi risk –bu jiddiy xato-kamchiliklarning nazorat testlarini o’tkazish (tanlab olish) chog’ida ham, xo’jalik muomalalarini mohiyatan tekshirish chog’ida ham aniqlanmay qolish ehtimolidir.
Auditor tanlagan jiddiylik darajasi va auditorlik riski (auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdagi tavakkalchilik xavf-xatari-D.R.) o’rtasida teskari boғliqlik mavjudligini e`tiborga olishi lozim. Auditorlik tekshiruvlar haj-mi va muddatlarini aniqlashda ushbu teskari boғliqlik inobatga olinishi kerak. Demak, auditor jiddiylik darajasini pasaytirishni lozim topsa, uning auditorlik riski (tavakkalchilik xavf-xatari) oshadi va aksincha. Bu boғliqlikni batafsilroq quyidagicha bayon qilish mumkin: - Auditor tanlagan jiddiylik darajasi va auditorlik riski (auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdagi tavakkalchilik xavf-xatari-D.R.) o’rtasida teskari boғliqlik mavjudligini e`tiborga olishi lozim. Auditorlik tekshiruvlar haj-mi va muddatlarini aniqlashda ushbu teskari boғliqlik inobatga olinishi kerak. Demak, auditor jiddiylik darajasini pasaytirishni lozim topsa, uning auditorlik riski (tavakkalchilik xavf-xatari) oshadi va aksincha. Bu boғliqlikni batafsilroq quyidagicha bayon qilish mumkin:
- a) jiddiylik darajasi qancha yuqori bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha past bo’ladi;
- b) jiddiylik darajasi qancha past bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha yuqori bo’ladi.
- Agar auditor auditorlik tekshiruvi choғida jiddiylik darajasining pastroq ko’rsatkichini qo’llashga qaror qilsa, bu holda u auditorlik riskini pasaytirishga doir chora-tad-birlarni kuchaytirishi lozim. Buning uchun u nazorat vositalari riski va aniq-lanmaslik riskini quyidagi tarzda aniqlashi lozim:
- a) nazorat vositalari riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo’lsa. Buning uchun tekshiruv choғida nazorat vositalarini qo’shimcha test sinovidan o’tkazish zarur;
- b) aniqlanmaslik riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo’lsa. Buning uchun auditor quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
- qo’llaniladigan auditorlik amallarini, ularning sonini ko’paytirish va mazmunini o’zgartirishni nazarda tutgan holda modifikatsiyalash (boshqacha shaklga keltirish, o’zgartirish);
- tekshiruv uchun sarflanadigan vaqtni ko’paytirish;
- auditorlik tanlash hajmini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |