Qabul qildi;Madraimov Xabibulla Reja; - Buxgalteriya hisobi predmeti.
- Buxgalteriya hisobining obyektlari.
- Buxgalteriya hisobining metodi.
Buxgalteriya hisobi predmeti. - Xo‘jalik mablag‘lari (aktivlar), ularning manbalari (passivlar) va mablag‘larning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi doiraviy aylanishi hamda faoliyat natijalari buxgalteriya hisobining predmetidi Korxonalar xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik va tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiq amalga oshirilib, ishlab chiqarishni beto‘xtov o‘stirishga, mehnat unumdorligini oshirishga, resurslarni juda ham tejab sarflashga, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga, foydani ko‘paytirish va natijada rentabellikni o‘stirishga yordam berishi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur mablag‘lar va ularning vujudga kelish manbalariga ega bo‘lishlari lozim.
buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirish va biznesni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Lekin buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatining pulda ifodalanadigan qisminigina aks ettiradi. Bu esa buxgalteriya hisobining obyektlarini belgilab beradi. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun»ning 7-moddasiga muvofiq «Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir». Korxonalar o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishlari uchun zarur mablag‘lar, mashinalar, qurilmalar, pul, moddiy boyliklar va boshqalarga ega bo‘lishlari kerak. Korxona aktivlari(mablag‘lari)ning turkumlanishi. - Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirish, binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari, hisoblash texnikasi transport vositalari, ishchi hamda mahsuldor hayvonlar va hokazo shunga o‘xshashlar kiradi.
- Asosiy vositalarni hisobga olish uslublari №5-«Asosiy vositalar» nomli BHMSda keltirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 20-yanvar 2004-yil 1299-raqam bilan ro‘yxatga olinga
- Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan xo‘jalik mablag‘lari korxonaning o‘ziniki, bank krediti sifatida korxonaga olinishi va qarzga olingan bo‘lishlari mumkin. Shunga ko‘ra ular buxgalteriya hisobida ikki yo‘sinda: birinchidan, tarkibi, joylashishi va ishlab chiqarish jarayonidagi funksional roli, ikkinchidan tashkil topish manbalari va qanday maqsadga mo‘ljallanganligi bo‘yicha turkumlanadi. Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylashishi bo‘yicha hisobga olish korxonaning muayyan mablag‘lari (mashinalar, bino va inshootlar, material va mahsulotlar va h.k.) to‘g‘risida ma’lumot bersa, ularni vujudga kelish manbalari va tayinlanishi bo‘yicha hisobda aks ettirish esa, bu mablag‘larning xususiy mulk hamda ularning korxonaga biriktirilganligi yoki vaqtincha ishlatilayotganligi va xo‘jalik mablag‘larining qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |