Buxgalteriya hisobining predmeti


Download 34.52 Kb.
bet4/4
Sana08.02.2023
Hajmi34.52 Kb.
#1178770
1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу

Xususiy kapital (PE) odatda kompaniyalarni sotib oladigan va qayta tuzadigan, cheklangan sheriklik sifatida tashkil etilgan investitsiya fondlarini anglatadi. Rasmiyroq qilib aytganda, xususiy kapital — bu qimmatli qogʻozlar turi va fond birjasida ochiq sotilmaydigan operatsion kompaniyalardagi qimmatli qogʻozlar va qarzlardan iborat aktivlar sinflaridan biri. Xususiy sarmoyaga investitsiya odatda xususiy kapital firmasi, venchur kapitali firmasi yoki angel investor tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu toifadagi investorlarning har biri oʻz maqsadlari, imtiyozlari va investitsiya strategiyalariga ega; ammo, ularning barchasi maqsadli kompaniyani kengaytirish, yangi mahsulot ishlab chiqish yoki kompaniya faoliyati, boshqaruvi yoki egalik huquqini qayta qurish uchun aylanma mablag ' bilan taʼminlaydi



  1. Tovar-moddiy zahiralar hisobi

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida tovar-moddiy zaxiralar yirik
miqdordagi moliyaviy resurslar qo‘yilmasini talab etuvchi obyektlar jumlasiga
kiradi va shuning uchun ular xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish
yoki marketing siyosatini belgilab beradigan muhim omillardan biri sifatida
namoyon bo‘ladi. Biroq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ko‘pchiligi odatda
ularga etarli darajada e’tibor berishmaydi va doimo mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan zaxiralar bo‘lgan ehtiyojga baho berishmaydi. Buning natijasida, ular tovarmoddiy zaxiralarga ko‘zlangan darajadan ortiqcha mablag‘lar sarflashlariga duch kelishadi. Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat
yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan,
shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish
jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun
foydalaniladigan moddiy aktivlar.

  1. Hisobotlarni tuzish va taqdim etish.

Moliyaviy hisobotning maqsadi buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi uning faoliyatini moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish hisoblanadi. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan barcha axborotni o‘z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlar xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholashni talab qiladi. Bunday qobiliyat pirovard natijada masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z xodimlari va mahsulot yetkazib beruvchilariga haq to‘lay olishi, foizlarni to‘lab turishi, kreditlar qoplashi va daromadni (foydani) taqsimlay olishi mumkinligini aniqlaydi.
Agar foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini moliyaviy holatini va moliyaviy holatdagi o‘zgarishlarni aks ettiradigan axborot bilan ta’minlansa, ular pul mablag‘larini ko‘paytirish qobiliyatini yaxshiroq baholashlari mumkin.

  1. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri va aniq
tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan
biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi, odatda, barcha
to‘lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni qonunlarga muvofiq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi. Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul mablag‘lari, hoh u o‘z
mablag‘i bo‘lsin, hoh qarzga olingan bo‘lsin, kassada saqlanuvchi pul qoldiqlari va oborotda foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob schyotida saqlanishi lozim. Bank korxonaning hisobvaraqlaridan pulni o‘tkazish va berish to‘g‘risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan korxona o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa muomalalarni o‘tkazish haqidagi farmoyishlarini bajaradi.
Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o‘tkazish korxonalarning o‘zlari
belgilagan ish haqi fondlariga, xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari limitlariga
rioya qilishlarini har tomonlama nazorat qilish, korxonaning davlat byudjeti bilan soliqlar, yig‘imlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilishini, mol etkazib
beruvchilarning hisobvaraqlari va to‘lov talabnomalariga o‘z vaqtida haq to‘lashni kuzatib borish, korxonaga turli maqsadlar uchun, muayyan ta’minot hisobidan ssudalar berish va mazkur ssudalarning belgilangan muddatda qaytarilishini kuzatish va hokazolar imkonini beradi.
Download 34.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling