Buxgalteriya hisobining predmeti


Download 34.52 Kb.
bet2/4
Sana08.02.2023
Hajmi34.52 Kb.
#1178770
1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу

Asosiy vositalar – ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydigan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va boshqalar). Buxgalteriya hisobi va rejalashtirishda Asosiy vositalar tarki-biga xizmat muddati bir yildan ortiq va tan narxi bazavi xisoblashning baravaridan kam boʻlmasligi kerak boladi). Asosiy vositalar buxgalteriya hisobida xoʻjalikka qabul qilingan boshlangʻich bahoda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlangʻich bahosiga ularni sotib olish (bino va inshootlarni qurish) uchun qilingan haqiqiy harajat kiriti-ladi. Asosiy vositalar toʻliq xizmat muddati davomida boshlangʻich qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Asosiy vositalarlarni qayta baholash faqat hukumat qarori bilan amalga oshiriladi. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi bo‘lib inventar obyekti hisoblanadi. Asosiy vositalarning inventar obyekti sifatida barcha qurilmalari va jihozlariga ega bo‘lgan obyekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. Konstruktiv jamlangan buyumlarning majmui — umumiy moslamalarga va jihozlarga, umumiy boshqaruvga ega, bir poydevorda qurilgan, natijada majmuaga kiruvchi har bir buyum o‘z vazifasini mustaqil ravishda emas, balki faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan bir yoki turli maqsadlarga mo‘ljallangan bitta yoki bir nechta buyumlardir.

  1. Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar hisobi.

Mazkur standartning maqsadi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish usulini aniqlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar bo‘yicha axborotlarni yoritib berish hisoblanadi. Mazkur standartda foydalanilgan atamalar:
Moliyaviy investitsiyalar — xo‘jalik yurituvchi subyekt tasarrufidagi (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) daromad olishga mo‘ljallangan, investitsiya qilingan kapital qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniyaning boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.

Download 34.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling