Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning me'yoriy huquqiy asoslari
Download 41.73 Kb.
|
Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning me\'yoriy huquqiy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-modda. Boshlang’ich hisob hujjatlari
- 3.Buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari
13-modda. Imzo huquqi: Mazkur Qonunning 11-moddasiga binoan buxgalteriya hisobi subhektining rahbari, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish funktsiyalarini mustaqil tarzda yuritish huquqiga ega bo’lganligi uchun, ushbu moddaga agar buxgalteriya hisobi subhektining rahbari buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini o’z zimmasiga olgan bo’lsa, u holda ikkala ro’yxatda ham o’zini ko’rsatishi bo’yicha yangi norma kiritildi.
14-modda. Boshlang’ich hisob hujjatlari: O’zbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq, boshlang’ich hisob hujjatlarini tuzish va xo’jalik operatsiyalariga ruxsat berishga mashul bo’lgan shaxslarni identifikatsiya qilish maqsadida boshlang’ich hisob hujjatlarida xo’jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning), identifikatsiya qilish uchun zarur bo’lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari yoxud boshqa rekvizitlari ko’rsatilgan holda lavozimlarining nomi va imzolari ko’rsatilishi to’g’risidagi norma bilan boyitildI. 3.Buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari Buxgalteriya ishlarida amalga oshirilgan muomalalar uchun javobgarlik imzo bilan tasdig‘ini topadi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonunning 8-moddasiga binoan, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish ruxsatnomasiga va subyekt nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatining mavjudligi uchun javobgar bo‘ladi. Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘larini qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarga, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlar hamda xo‘jalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi bo‘lmasa, u huqiqiy debtopilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona, muassasa rahbari- ning yozma ravishdagi farmoyishi bilan vakolatli shaxslarga berilishi mumkin. Korxonada moddiy javobgar shaxslarni (kassir, ombor mudiri va boshqalarni) ishga tayinlash, vazifasini o‘zgartirish va ishdan bo‘shatish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Agar korxona bosh buxgalteri o‘zgartirilsa, uning ishlari yangi tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ushbu jarayonda buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’lumotlarining aniqligi tekshirilib, korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi. Korxonanng chorak va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi. Agarda korxonaning buxgalteriya hisobi ishlari shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, moliyaviy hisobotga korxona rahbari va buxgalteriya hisobini yuritadigan mutaxassis imzo chekadi. Birlamchi hujjatlar, hisob registrlari, buxgalteriya hisoboti belgilangan tartibga muvofiq majburiy tarzda saqlanishi lozim. Ular bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ularni arxivga o‘z vaqtidatopshirish uchun bosh buxgalter mas’uldir. Buxgalteriya bo‘limi hujjat- larni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moilyaviy hisobotlarni hamda soliq hisob-kitoblarini tuzishni ta’minlashi lozim. Hujjatlar bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ularni arxivga o‘z vaqtida topshirishga bosh buxgalter mas’uldir. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari amalga oshiradi. Rahbar quyidagi huquqlarga ega: 1. Bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkiletish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish. 2. Buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslash- tirilgan buxgalteriya bo‘limiga yuklash. 3. Buxgalteriya hisobotini mustaqil yuritish. Rahbar quydagilarni ta’minlashi shart. 1. Ichki hisob va hisobot tizimining ishlab chiqarilishini. 2. Xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini. 3. Buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini. 4. Hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini. 5. Tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlashni. 6. Soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini. 7. Hisob-kitoblar o‘z vaqtda amalga oshirilishini. Bosh buxgalter korxona, muassasa amalga oshiradigan barcha xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilishni va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishini, tezkor axborot taqdim etilishini, belgilangan muddatlarda buxgalteriya hisoboti tuzishni, ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash va safarbar qilish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati uchun iqtisodiy ta`lilni amalga oshirishni ta’minlaydi. Buxgalteriya xodimlari korxonalarning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini tezkor boshqarishda muhim vazifani bajaradi. Hisob ma’lumotlari asosida korxonaning rahbar xodimlari reja topshiriqlarining hamma ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday bajarilayotgani haqida xulosalar chiqaradi va tegishli tadbir choralarini ko‘radi. Buxgalteriya korxona- lardagi boshqarish apparatining ajralmas qismi bo‘lib, bu korxonaning hamma ishlab chiqarish qismlari va bo‘limlari bilan mustahkam aloqada bo‘ladi. Buxgalteriya xodimlari ish joylarini tashkil etish hisob jarayonining oqilona asoslangan texnologiyasidan ajralmasdir. Shu bois ish joylarini belgilashdan oldin hisob jarayonining mazmuni chuqur ta`lil qilinishi kerak. Ko‘p hollarda bir xildagi hujjatlar bilan ishlaydigan buxgalterlarning ish stollari nafaqat xonaning qarama-qarshi burchagida, balki turli xonalarda bo‘lishi kerak. Korxona bosh buxgalteri, uning o‘rinbosari, shuningdek, boshqa buxgalterlar alohida xonalarga joylashishi kerak. Hisob ishlarini zamonaviy tashkil etish uchun buxgalteriya bo‘limini texnik vositalar (kompyuter, printer, faks, modem, telefon va boshqalar) bilan to‘liq jihozlash lozim. Bu buxgalteriya hisobi ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Buxgalteriya apparati odatda quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi. Download 41.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling