Uchinchi operatsiya. Kassaga hisob-kitob schotidan ishchilarga ish haqi berish uchun olindi — 80000. Bu operatsiya bo‘yicha 80000 so‘mga kassadagi pul mablag‘larining ko‘payishi amalga oshirilgan bo‘lsa, shu summaga hisob-kitob schotida pul mablag‘lari kamayganligini ko‘rsatadi. Bu operatsiyaga quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi:
Debet „Kassa“ schoti — 80000.
Kredit „Hisob-kitob“ schoti — 80000.
Тo‘rtinchi operatsiya. Mol yetkazib beruvchilardan kelgan materiallarning moddiy javobgar shaxs tomonidan omborga qabul qilinishi — 300000 so‘m.
Bu operatsiya mazmuniga ko‘ra, ombordagi materiallar 300000 so‘mga ko‘paydi va mol yetkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzimiz ham shu summaga ortdi. Bu operatsiyaga quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi:
Debet „Materiallar“ schoti — 300000 so‘m.
Kredit „Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar“ hisobi — 300000 so‘m.
Do'stlaringiz bilan baham: |