Birinchi operatsiya. Тuzilgan vedomostga asosan kassadan ishchi va xizmatchilarga ish haqi berildi — 70000 so‘m.
Bu xo‘jalik operatsiyasi ta’sirida kassir zimmasidagi kassadagi pul mablag‘larining kamayishi va bir vaqtning o‘zida ishchi va xizmatchilarga bo‘lgan ish haqi bo‘yicha qarzning ham kamayishi ko‘rsatiladi va buxgalteriya schotlarida quyidagicha yozuvlar bilan aks ettiriladi.
Debet „Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisobkitoblar“ schoti — 70000 so‘m.
Kredit „Kassa“ schoti — 70000 so‘m.
Ikkinchi operatsiya. Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilarga ish haqi hisoblandi — 90000 so‘m.
Bu xo‘jalik operatsiyasining mazmuni shundaki, asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchi va xizmatchilarga ish haqi hisoblandi, bu ish haqi xarajati mahsulot tannarxiga qo‘shiladi va shu xo‘jalik operatsiyasi bilan ishchilarga beriladigan ish haqi yuzasidan qarzimiz ham ko‘payadi. Bu operatsiyaga quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi:
Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti — 90000 so‘m.
Kredit „Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisobkitoblar“ schoti — 90000 so‘m.
Do'stlaringiz bilan baham: |