Buxgalteriya lit
Download 109.99 Kb.
|
buxgalteriya hisobi nazaruyasi
Operativ hisob. Bu hisob yordam ida am alga oshirilayotgan muammolarni ma’lum bir belgilangan vaqt davomida kuzatish ishlari amalga oshiriladi. Bu hisobning o‘ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan, uni o‘tkazish muddati korxona rahbari tomonidan belgilanishi mumkin, ikkinchidan, ma’lumotlarni bevosita aloqa vositalari yordamida olish mumkin, uchinchidan, ularni rasmiylashtirishda tayyorlangan hujjatlar tizimidan foydalanmaslik mumkin, bundan tashqari, operativ hisob ma’lumotlariga asoslanib balans tuzish imkoniyati yo‘q. Operativ hisob ma’lumotlaridan ko‘proq boshqarish bo‘g‘inida, ishlab chiqarishni tashkil qilishda, reja topshiriqlarining bir me’yorda bajarilishini nazorat qilishda foydalaniladi. Operativ hisob ma’lumotlarining yana bir xususiyati shundaki, ular tegishli hisobot shakllarida ifoda qilinmaydi, balki hisob ishlariga asos qilib olinadi. Operativ hisobning boshqa hisob turlaridan farqi shundaki, undan maxsus tanlab olingan va maqsadga yo‘naltirilgan xo‘jalik muammolarini boshqarishda, holatini o‘rganishda foydalaniladi. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda bu hisob turini operativtexnika hisobi, deb ham ataydilar, lekin hisobni bunday deb atashga salbiy fikr berish bilan birga, aytish lozimki, operativ hisob oldida turgan vazifaning hal qilinishi operativ hisobga qo‘shimchalar qo‘shib o‘rganish, masalan, operativ-texnika, operativ-ishlab chiqarish kabi xususiyatlari bilan xarakterlanadi, xolos.
Download 109.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling