Hisobning ravshan va hammabopligi. Hisobning bu turdagi ravshan va hammabopligi faqat hisob xodimlarigagina tushunarli bo‘lib qolmay, balki butun mehnatkash ommaga tushunarli bo‘lish imkonini beradi. Buning uchun esa hisob ko‘rsatkichlari sodda va tushunarli bo‘lishi, korxona xo‘jalik faoliyatining muhim tomonlarini aniq xarakterlaydigan bo‘lmog‘i kerak.
Ravshan va hammabop tarzda olib borilgan hisob korxonani ta’sis etuvchi va qatnashuvchilarni ishlab chiqarishni boshqarishga keng jalb qiladi. Hozirgi paytda mamlakatimizda hisob ishlarini rivojlantirishga qaratilgan bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlar, eng avvalo, hisob ishlarini qisqartirish, soddalashtirish, hujjatlarning rekvizitlarini kamaytirishga hamda hisobni xalqaro standartlar darajasiga yetkazishga qaratilgan ishlardir.
Bundan tashqari, hisobning ravshan, hammabop tarzda olib borilishini ta’minlash uchun hisob ishlari yuqori malakali, faol va ijodiy tashabbuskor xodimlar qo‘liga topshirilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |