Kontr-passiv schot. Kontr-passiv schotlar passiv schotlarning ko‘payishiga qarshi turadigan schot hisoblanadi. Kontr-passiv schotlarda „Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi schotlari“, „Sotilgan tovarlarning qaytarilishi schoti“ kiradi. Kontr-passiv schotlarda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schotning qoldig‘idan ayirib tashlash yo‘li bilan topiladi.
Тranzit schotlar. Bunday schotlardan hisobot yili davomida foydalaniladi, lekin hisobot davrining oxirida tranzit schotlarda qoldiq qolmaydi. Тranzit schotlarga „Davr xarajatlari“, „Boshqa operatsiyani xarajatlash hisobi“, „Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi schotlari“ kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |