Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Jurnal-order № 2
5100 - “Hisob-kitob raqami schyoti” kredeti bо‘yicha 2015 yil may oyi uchun T/r Sana Debetlanuvchi schyotlar 1000 2500 5000 6710 va bosh. jami 1 05.05. 10000 10000 Jurnal-orderlarning jami, schyotning kredet oborotini va u bilan aloqador bо‘lgan schyotlarning debet oborotlari umumiy summasini kо‘rsatadi. Jurnal orderlar sistematik va xronologik yozuvlarni birlashtirganligi uchun, kartochka va kitoblarda, alohida analitik uchyot faqatgina kо‘p analitik 438 schyotlarga ega bо‘lgan sintetik schyotlar bо‘yicha olib boriladi. Masalan, tovarlarni uchyoti bо‘yicha, tayyor mashulotlarni uchyoti bо‘yicha va shu kabi boshqa schyotlar bо‘yicha. Jurnal orderlarga xо‘jalik operatsiyalari sodir bо‘lish va hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi jarayonida yoziladi. Sistematik yozuvlar bir vaqtning о‘zida xronologik yozuvni ham ifodalaydi. Shuning uchun hisob yuritishning bu shaklida alohida xronologik uchyot registrlari ochishga va yurgizish zaruriyati qolmaydi. Hamma ma’lumotlar aloqalanuvchi schyotlar kesimida jurnal- orderlarga yozilgani uchun memorial orderlar tuzilmaydi. Jurnal orderlarda amalga oshirilgan yozuvlarning tо‘g‘riligini solishtirish uchun schyotlarning krediti bо‘yicha jami hisoblanadi, olingan jami summa jurnalda alohida ustunda ajratilgan debetlanuvchi schyotlar jami bilan solishtirib kо‘riladi. Schyotlar bо‘yicha debet va kredet yozuvlar jamini solishtirish imkoniyati sintetik va analitik schyotlar bо‘yicha oborot qaydnoma tuzishga hojat qoldirmaydi. Oborot qaydnoma analitik uchyoti alohida kartochka yoki kitoblarda olib boriladigan schyotlar bо‘yicha tuziladi. Oylik jamlarining tо‘g‘riligi tekshirilgan jurnal-orderlar jamlari “Bosh kitob”ga yoziladi. Schyotlarning kredit oboroti “Bosh kitob”ga shu schyotga tegishli bо‘lgan jurnal orderdan, debet oborotlari esa, boshqa jurnal orderlardan olib yoziladi. Jurnal-orderlar va “Bosh kitob” bir birini to’ldiruvchi bo’lib xizmat qiladi, chunki, jurnal orderlarda schyotlarning kredit yozuvlari keltirilsa, “Bosh kitob”da shu schyotning debet oborot yozuvlari keltiriladi. “Bosh kitob” va jurnal-orderlarning jamlarining tо‘g‘riligi tekshirib kо‘rilgandan keyin schyotlar qoldig‘i topiladi. Qoldiq “Bosh kitob”ning shu maqsad uchun belgilangan ustuniga yozib qо‘yiladi. “Bosh kitob”da amalga oshirilgan yozuvlarning tо‘g‘riligini tekshirish uchun hamma schyotlar bо‘yicha oborotlar va qoldiqlar jamlab chiqiladi. Schyotlarning debet va kredet oborotlari summalari jami hamda debet va kredet qodiqlari summasi jamlari teng bо‘lishi kerak. 439 Uchyot amaliyotida jurnal order shaklini qо‘llash uchyot xodimlari mehnatini yengillashtirib hisob ishlariga kompyuter texnikasini joriy qilish imkoniyatlarini yaratadi. Jurnal order shaklining asosiy kamchiliklari quyidagilar bо‘lib hisoblanadi: 1. jurnal-orderlarning hajm jihatdan kattaligi va tuzilishlarining qiyinligi; 2. jurnal-orderlarni tuldirishni qо‘l mehnatiga moslashtirilganligi; 3. uchyot ishlariga kompyuter texnikasini qо‘llashni qiyinligi. Kо‘rsatilgan kamchiliklar uchyot ishlariga kompyuter texnikasini joriy qilinganda barham topadi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling