Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 BUXGALTERIYA HISOBINING MEMORIAL-ORDER SHAKLI


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

 
4. BUXGALTERIYA HISOBINING MEMORIAL-ORDER SHAKLI. 
Memorial-order shakli buxgalteriya hisobida uzoq vaqtlardan buyon 
qо‘llanilib kelinmoqda. Memorial order sо‘zi “esda saqlash” ma’nosini anglatadi. 
Shunga kо‘ra memorial orderlar “esda saqlovchi daftar” vazifasini bajaradi. 
Memorial-order shaklida hisob yuritilganda dastlab birlamchi yoki jamg‘aruvchi 
hujjatlarga asosan memorial orderlarda buxgalteriya pravodkalari tuziladi. 
Memorial orderlarning raqamlari va summalar ularni qayd qilish jurnaliga, 
buxgalteriya pravodkalari esa, hisob registri bо‘lgan “Bosh kitob”ga yoziladi. 
Hisob yuritishning memorial order shaklida analitik uchyot kartochkalarda olib 
boriladi. Analitik uchyot kartochkalariga yozuvlar birlamchi yoki jamg‘aruvchi 
hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Hisobot davri tugagandan keyin sintetik va 
analitik hisob ma’lumotlariga asosan oborot qaydnomalari tuzilib, ularning 
ma’lumotlari tegishli sintetik va analitik schyotlarining ma’lumotlari bilan 
solishtiriladi.


434 
Rо‘yxatga olish jurnali memorial-orderlarning saqlanishi va raqamlanishi 
ustida nazorat qilib turish hamda oy davomida bajarilgan barcha xо‘jalik 
operatsiyalarining umumiy summasini aniqlash uchun xizmat qiladi. Undan 
tashqari, jurnalning jami summasi sintetik schyotlar bо‘yicha oy oxiriga 
tuziladigan oborot vedomostlarining umumiy summasi bilan ham solishtiriladi. 
Shuningdek, rо‘yxatga olish jurnali sintetik schyotlar hisob registrlarda aks 
ettirilgan xо‘jalik operatsiyalarining tо‘g‘riligini hamda ikki yoqlama yozuv 
qoidasiga rioya qilinganligini tekshirishga imkon beradi. Xо‘jalik operatsiyalari 
memorial-orderdan sintetik schyotlar bо‘yicha tuziladigan hisob registiriga va 
“Bosh kitob”ga yoziladi. “Bosh kitob”da har bir sintetik schyot uchun alohida 
varaq ajratiladi. 
Buxgalteriya hisobining memorial order shakli, о‘zining oddiyligi, hisob 
ishlarini tashkil qilishdagi qat’iy ketma-ketlikni mavjudligi va hisoblash 
texnikasini kiritish mumkinligi hamda analitik hisob registrlarining standart 
shakllaridan keng foydalanish imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. Bundan 
tashqari, uchyot ishlarini buxgalteriya apparati xodimlari orasida taqsimlashga 
imkoniyat bor.
Quyidagilar memorial order shaklining kamchiliklari bо‘lib hisoblanadi: 
1. Uchyot yozuvlarining bir vaqtning о‘zida, memorial orderlarda, qayd 
qilish jurnalida, sintetik va analitik hisob registrlarida takrororan 
yozilishi; 
2. Analitik hisob ishlarining kо‘pligi sababli analitik uchyotning sintetik 
uchyotdan orqada qolishi; 
3. Hisobotlar tuzish va korxona xо‘jalik faoliyatini tahlil qilish uchun 
ma’lumotlarni analitik hisob registrlaridan har doim tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri 
olish imkoniyatini cheklanganligi. 
Moliyaviy hisobotlar tuzish uchun zarur bо‘lgan axborotlar joriy hisob 
ma’lumotlarini qо‘shimcha guruhlash va umumlashtirishlar asosida olinadi. 
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobining memorial order shakli, kichik 
korxonalar, mikrofirmalar, va fermer xо‘jaliklarida keng qо‘llanilmoqda. 


435 
Memorial order shaklida hisob yuritish texnollogiyasi quyidagi chizmada 
keltirilgan. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling