430
berish uchun chek bilan
kassaga pul olindi
Buxgalteriya
hisobi registrlari, ulardan olinayotgan ma’lumotlar hajmga
kо‘ra sintetik va analitik turlariga bо‘linadi. Sintetikregistrlar
sintetik
hisob
ma’lumotlarini aks ettiradi. Analitik registrlardan
analitik hisob yuritishda
foydalaniladi.
Xо‘jalik operatsiyalari Buxgalteriya hisobi registrlariga yozish
operatsiyalarni sodir bо‘lganligini tasdiqlovchi dastlabki hujjatlar asosida amalga
oshiriladi.
Buxgalteriyada qо‘llaniladigan hisob
registrlarining tuzilishi, ularning
о‘zaro bog‘liqligi xо‘jalik operatsiyalarni ularda ketma-ket yozish usullari hamda
hisobda qо‘llaniladigan texnik vositalar buxgalteriya
hisobining shaklini
belgilaydi. Buxgalteriya hisobi shakllari korxona,
tashkilot, muassasalar
faoliyatlarida sodir bо‘lgan har xil xо‘jalik operatsiyalarni о‘z vaqtida, tо‘g‘ri,
izchillik bilan hisob registrlarining aniq bir tizimida jamlanishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: