Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
TALABALAR ATTESTATSIYASI, UNI TASHKIL ETISH VA
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar bilmini baholashning reyting tizimi.
4. TALABALAR ATTESTATSIYASI, UNI TASHKIL ETISH VA
O’TKAZISH. O’qitishning xalqaro amaliyotida talabalar bilmini baholashning qo’ydagi tizimlaridan foydalaniladi: 1. Talabalar bilmini baholashning reyting tizimi; 2. Talabalar bilmini modulli o’qitish tizimida baholash; 3. Talabalar bilmini kreditli o’qitish tizimida baholash. Talabalar bilmini baholashning reyting tizimi. Talabalar bilimini baholashni reyting tizimi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 7 avgustdagi 276 -sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida”gi Nizomi asosida tashkil etiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayѐrlashga erishish, talabalarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; 140 -talabalarning bilimi, ko’nikmalari va malakalari Davlat ta’lim standartlari talabi asosida haqqoniylik, ishonchlilik va qulaylik tamoyili bo’yicha baholashni tahminlash; -fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish; -talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, axborot resurs markazi xizmatidan samarali foydalanishni tashkil etish; -talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish; -talabalarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini tahminlash; -o’quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish. Fanlar bo’yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. Reyting tizimi talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga qanchalik muvofiqligini bilish uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutadi: -joriy nazorat — talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelibchiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarida og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkaziladi; -oraliq nazorat — semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratning soni va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan belgilanadi; 141 -yakuniy nazorat — semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan «Yozma ish» (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari «Yozma ish» yoki obhektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida o’tkaziladi. Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi: yakuniy nazoratga — 15 ball; joriy va oraliq nazoratlarga — 85 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 85 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi). Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. Jami joriy baholash uchun kafedra professor-o’qituvchisiga 45 ball hisobidan ball ajratadi. Talabalarga barcha birinchi JB uchun rejalashtirilgan mavzulardan baholash imkoniyati bo’lmagani uchun barcha mavzularga 15 ball hisobidan (15 ball maksimal ball bo’lsa, saralash 9 ball deb hisoblab) baho qo’yib borish va birinchi JB muddati kelganda talabaning 1-JB da olgan (kamida ikkita) baholaridan o’rtachasini qo’yib borish tavsiya etiladi. Xuddi shu kabi 15 ball hisobidan 2- JB uchun talabalarga baholar qayd etiladi. 3-JB bu talabalarni mustaqil ishi uchun 15 ball hisobidan baholanib jurnalda qayd etiladi. Talabaning mustaqil ishini baholash tartibi va mezonlari kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra majlisida muhokamadan qilinib, fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi. Semestr yakunida JB yig’indisi o’qituvchi jurnalning «Baxolash natijalari»da Σ JB va reyting qaydnomasida Σ JB qismi to’ldiriladi. Oraliq nazorat ham ikki marta o’tkaziladi va o’qituvchi tomondan o’tkazilgan kuniga mos ustunda guruh jurnali yoziladi. 142 Mustaqil ish uchun oraliq nazoratda baxolash 10 ball hisobidan baholanadi. Mustaqil ishni joriy va oraliq baholash jurnalning alohida ustunida yoziladi. SHu bilan birga joriy va oraliq baholar reyting qaydnomasidagi JB va OB ustunlarida qayd etiladi. JB va OB larni qayta topshirish professor-o’qituvchi tomonidan jurnalining 2-qismidagi Σ JB va Σ OB to’ldirishidan oldin yoziladi. Oraliq bahoni qayta o’zlashtirish kafedra mudirining talaba arizasiga bildirgan roziligi bilan o’tkaziladi. Talabalarni qayta o’zlashtirishini xuddi reyting kaydnomasi kabi professor-o’qituvchi tomonidan jurnalda, guruh talabalari ro’yxatidan keyin qayta o’zlashtirish uchun kelgan talabalarning F.I.SH yoziladi va bahosi qo’yib boriladi. O’zlashtirgan mavzular bo’yicha baholar mavzular ko’rsatilgan sananing katakchalarda ko’rsatiladi. Oldin olgan bahosi doiraga olib qo’yiladi. Agar talaba JB va OB buyicha saralash balini (55 ball) to’plagan bo’lsa, yakuniy reytingini chiqirishda asos qilib olinadi va jurnlda qayd etadi. Talaba YaB ga kelib kam ball to’plasa ham, uni umumiy ball qo’shib umumlashtiriladi. Bu talabaning umumiy reytingini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Talabaning fan bo’yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: R f = V*O i 100 qaerda yerda: V — semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda); OI — fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda). Fan bo’yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan balning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi. Joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan balning 55 foizidan ortiq ball to’plagan barcha talabalar ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kiritiladi. Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat turi bo’yicha saralash balidan yuqori ball to’plasa, bu ball joriy va oraliq nazoratlarda to’plangan ballarga qo’shiladi. Aks holda talabaning fan bo’yicha 143 o’zlashtirish ko’rsatkichi faqat joriy va oraliq nazoratlarning ballari yig’indisidan iborat bo’ladi. Bitiruvchi talabalar bilimi faqat «ballar»da baholanadi ularga beriladigan Diplom ilovasiga yoki akademik ma’lumotnomada dekanat fanlar bo’yicha talaba reytingini hisoblab qayd etishi zarur. Kurs ishi, malakaviy amaliyot, Yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlarning ilmiy faoliyati faqat ballarda ifodalanadi (reyting chiqarilmaydi). Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi «Himoyadan o’tdi», «Himoyadan o’tmadi» tizimida baholanadi. Fan buyicha saralash ballini to’play olmagan talaba fanni o’zlashtirmagan hisoblanadi va u dekan ro’xsati bilan qayta sinovdan o’tadi. Qayta o’zlashtirish ko’rsatkichlari shu reyting qaydnomasining oxiridagi «Qo’shimcha o’tkazilgan YaB to’g’risidagi ma’lumot» qismida qayd etiladi. To’ldirilgan reyting qaydnomalari o’qituvchilarga dekanat tomonidan qayd raqami ko’satilgan va muhirlangan holda beriladi. Dekanat o’rnatgan qayta topshirish muddati o’tgandan so’ng qaydnoma dekanatga o’qituvchi tomonidan taqdim etiladi. Reyting qaydnomasi harakati dekanatdagi maxsus jurnalda qayd etiladi. Bundan tashqari dekanat kotibasi «Talaba o’quv varaqasi» ni to’ldirib boradi, unda talabaning semestrda fanlardan olgan bali va reytingi qayd etiladi. Sinov daftarcha dekanatda saqlanadi. Yakuniy nazorat boshlanishdan oldin guruh sardori dekanatdan imzo ostida guruhning reyting daftarchasini oladi va yakuniy nazorat tugashi bilan ro’yxat bo’yicha yana dekanatga topshiradi. Gurux jurnalini to’g’ri to’ldirib borishini nazorati fakultet dekani va uni muovuni zimmasiga yuklatilgan. Aytilgan baholash tizimini «Buxgalteriya hisobi» fanining “Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari” 1-moduli misolida ko’rib chiqamiz. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling