Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
ILMIY TADKIKOT ISHLARI TURLARI
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. ILMIY-TADQIQOT ISHLARINING AHAMIYaTINI OSHIRUVCHI OMILLAR
- “Ilmiy-tadqiqot ishlar to’g’risida Nizom”ini ishlab chiqadilar. Bu nizom
3. ILMIY TADKIKOT ISHLARI TURLARI
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ishlarining quyidagi turlari bajariladi: 1. Ma’ruza materiali ustida mustaqil ishlash; 2. Amaliy mashg’ylotlar, seminar va labaratoriya ishlariga tayyorgalik; 3. Kollokviumlarga (fanni o’zlashtirganligini bilishning shakli, fnning bir bo’limini o’tib bo’lgach, talabalarning bilmi sinab ko’riladi) tayyorgarlik; 4. Kurs ishlari (talabalarda ilmiy-datqiqot ishlari olib borish malakasini hosil qilish maqsadida o’quv rejasida nazarda tutilgan mustaqil bajariladigan ilmiy- tadqiqot ishi) yozish. 5. Sinov va imtihonlarga tayyorlanish; 6. Referat va nazorat ishlari yozish; 7. Amaliyot bilan bog’liq topshiriqlarni bajarish; 8. Ilmiy seminarlarga, olimpiadalarga tayyorlanish va konferentsiyalarga maqolalar yozish uchun materiallar yig’ish, ularni bajarish; 9. Bitiruv malakaviy va diplom ishlari yozish. Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashning muxim yunalishlaridan biri talabalarning ilmiy-tadkikot ishlarini tashkil qilish va rivojlantirish bo’lib hisoblanadi. Iktisodiyotning barcha soxalarida, shu jumladan, buxgalter kadrlar tayyorlashda ham, ilmiy-tadkikot ishlari bajarishni to’g’ri tashkilash kadrlar tayyorlashni sifat jixatidan oshirishga amaliy yordam beradi. 4. ILMIY-TADQIQOT ISHLARINING AHAMIYaTINI OSHIRUVCHI OMILLAR 165 Har bir OTM “Ta’lim to’g’risidagi” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari va Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini nada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli, 2018 yil 25 oktyabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3982-sonli qarorlari, OTM ustavi talabidan kelib chiqib OTMning “Ilmiy-tadqiqot ishlar to’g’risida Nizom”ini ishlab chiqadilar. Bu nizom talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari OTMlarning malakali kadrlar yetishtirish yo’nalishidagi faoliyatida bo’lajak mutaxassislarda sohaga oid masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan hal qilish ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida ta’lim tizimining zamonaviy talablariga tayangan holda tashkil qilinadi. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari ularni tegishli fan sohalari bo’yicha milliy va xorijiy tajriba, shuningdek, mavjud ilmiy-nazariy manbalar bilan tanishishi va ulardan foydalanishiga ko’mak beradi. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishning asosiy maqsadi tegishli fan sohalari bo’yicha talabalarning bilimini oshirish va malakali kadrlar tayyorlash ishlari sifatini oshirish bo’lib hisoblanadi. SHuningdek ilmiy-tadqiqot ishlari talabalarining ijodiy qobiliyati va ijod erkinligini oshirish, ularda o’quv jarayoni va kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini shakllantirish va rivojlantirish hamda talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yo’li bilan o’z mutaxassisligiga bo’lgan ijodiy yondashuvini shakllantirish, bo’lajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini shakllantirishga ko’maklashish kabi maqsajlarni ham ko’zlaydi. Qo’ydagilar talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari bo’lib hisoblanadi: 1. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishning turli usullari, yo’nalishlari va ko’nikmalarining o’zlashtirishiga erishish; 166 2. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida ishtirok etishi orqali o’quv materiallarini chuqurroq o’zlashtirishiga ko’maklashish va ularning ushbu jarayonga ijodiy yondashuvini kuchaytirish; 3. Talabalarning ilmiy muammolarni mustaqil hal qilish usullarini o’rganishi va ularning ilmiy jamoalarda ishlash qobiliyatini shakllantirish; 4. Talabalarni ta’lim muassasida bajariladigan ilmiy tadqiqot loyihalariga keng jalb qilish; 5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlariga qobiliyatli yoshlarni tanlash bo’yicha ishlarni tashkil etishda kutilgan sifat va samaraga erishishga ko’maklashish. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish ularning ta’lim muassasi doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari, olimpiadalar, tanlovlarda ishtirok etishini tahminlaydi. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, kafedralar tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ilmiy mavzular, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlar hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulariga asosan amalga oshiriladi. Talabalar tomonidan tayyorlanadigan ilmiy-tadqiqot ishlariga kafedraning professor-o’qituvchilari ilmiy qilib biriktirib qo’yiladi. Ilmiy rahbar ilmiy-tadqiqot ishini (maqola tayyorlash, konferentsiya tezislarini tayyorlash va boshqalar )bajarish uchun maslahatlar beradi va yakunlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ko’rib chiqadi hamda xullosa beradi. Yakunlangan ilmiy ishlarni chop etish uchun tavsiya etadi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun kafedralar qoshida ilmiy to’garaklar tashkil qilinadi. To’garaklarda ilmiy-tadqiqot ishining rahbarlari talabalarni tegishli fanlar bo’yicha viloyat, respublika va xalqaro olimpiadalarida ishtirok etishi uchun tayyorlaydi. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 167 1. O’quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining o’zaro bog’liqligi va uzviy olib borilishi; 2. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishda ham nazariy, ham amaliy ko’nikmalarning shakllantirilishi; 3. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining ilmiy faoliyat natijalari referatlar, risolalar, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, ilmiy maqolalar va tezislar kabi ma’lum shakllarda namoyon bo’lishi; 4. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatining davomiyligi va uzluksizligi (bakalavr, magistr, katta ilmiy-xodim izlanuvchi); 5. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining o’quv dasturlari va o’quv jarayonlari bosqichlariga mos tarzda tashkil etilishi; 6. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida qo’llaniladigan usul va shakllarni talabaning bilim darajasi (kursi)ga ko’ra murakkablashtirib borish. Talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyati turlarli shakillarda amalga oshiriladi, xususan: 1. O’quv jarayonida qo’llaniladigan ilmiy-tadqiqot faoliyati, ya’ni mustaqil ta’lim doirasida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari. O’quv jarayonida qo’llaniladigan ilmiy-tadqiqot faoliyati o’quv dasturlari va rejalariga kiritilgan bo’lib, u quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari. 2. O’quv jarayonini to’ldiradigan ilmiy-tadqiqot faoliyati. O’quv jarayonini to’ldiradigan ilmiy-tadqiqot faoliyati o’quv dasturlarida nazarda tutilmaydi, u talabalarning mutaxassis sifatidagi ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga ko’maklashadi. Ushbu faoliyat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: talabalar ilmiy jamiyati faoliyatida ishtirok etish; talabalar ilmiy to’garaklariga ahzo bo’lish; talabalarning OTM doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari, kongresslar, forumlarda ishtirok etishi; talabalar ilmiy nashrlari. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat: ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish 168 metodologiyasini o’rganish; OTMning ilmiy faoliyat yo’nalishlari, ularning faoliyatini amalga oshirish printsiplari, anhanalari, yutuqlari bilan tanishish; talabalar ilmiy jamiyati, ilmiy to’garaklar, Huquqiy tadqiqotlar markazi va boshqa ilmiy bo’linmalar faoliyatida ishtirok etish; OTM doirasida, Respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari, kongresslar, forumlarda ishtirok etish; bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijalarini magistrlik dissertatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, kurs ishi, referat, konferentsiya yoki davra suhbatlarida, ilmiy to’garak majlislarida bayon etiladigan ilmiy ma’ruza tarzida ilmiy maqola yoki tezis taqdim etish; ilmiy yo’nalishlar bo’yicha tadqiqot mavzularini izlash va tanlash; ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish; xorijiy ilmiy nashrlar (Scopus ro’yxatidagi) maqolalar chop etish; ilmiy risola va monografiyalar chop etish; fan olimpiadalarda ishtirok etish. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati OTM tomonidan ajratiladagan mablag’lar, shuningdek, byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari hamda homiylar hisobidan moliyalashtiriladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanuvchi talabalarga OTM Axborot resurs markazi ilmiy fondidan, shuningdek, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va elektron dasturlardan tekinga foydalanadilar. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlari OTM rahbari tomonidan turli shakillarda rag’batlantiriladi, xususan: talabalarning ilmiy ishlarini OTM doirasidagi nashrlarda chop etish; talabalarning eng yaxshi ilmiy ishlari, startap loyihalari namunalarini turli darajadagi tanlov va konferentsiyalarda taqdim etish; ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanuvchi talabalar nomzodini davlat va nodavlat muassasalari tomonidan ehlon qilinadigan ta’lim va ilmiy yo’nalishdagi turli grantlarda ishtirok etishiga ko’maklashish maqsadida taqdim etish; eng faol talabalar nomzodini davlat stipendiyalari va mukofotlarini olish uchun taqdim etish; xorijiy davlatlarda tahsil olishi yoki stajirovka o’tashi uchun tavsiyanoma berish; talabalarni moddiy va mahnaviy jihatdan rag’batlantirish; OTM va respublika ilmiy nashrlarida o’z ilmiy maqolalari va boshqa ilmiy ishlari bilan faol ishtirok etgan, shuningdek, ilmiy yo’nalishdagi boshqa har qanday faoliyatda, 169 grant loyihalarida ishtirok etish, qonun loyihalari yuzasidan takliflar kiritish, ilmiy yo’nalishdagi turli tadbirlar ishtirokchisi, g’olibi bo’lish va boshqa tashabbus ko’rsatgan magistrlar o’zi tahsil olgan kafedraga doktorant sifatida o’qishga kirishi uchun tavsiyanoma beriladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling