Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


ILMIY TADKIKOT ISHLARI TURLARI


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

3. ILMIY TADKIKOT ISHLARI TURLARI 
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ishlarining quyidagi turlari 
bajariladi:
1. Ma’ruza materiali ustida mustaqil ishlash;
2. Amaliy mashg’ylotlar, seminar va labaratoriya ishlariga 
tayyorgalik; 
3. Kollokviumlarga (fanni o’zlashtirganligini bilishning shakli, fnning bir 
bo’limini o’tib bo’lgach, talabalarning bilmi sinab ko’riladi) tayyorgarlik; 
4. Kurs ishlari (talabalarda ilmiy-datqiqot ishlari olib borish malakasini hosil 
qilish maqsadida o’quv rejasida nazarda tutilgan mustaqil bajariladigan ilmiy-
tadqiqot ishi) yozish. 
5. Sinov va imtihonlarga tayyorlanish;
6. Referat va nazorat ishlari yozish;
7. Amaliyot bilan bog’liq topshiriqlarni bajarish; 
8. Ilmiy seminarlarga, olimpiadalarga tayyorlanish va konferentsiyalarga 
maqolalar yozish uchun materiallar yig’ish, ularni bajarish; 
9. Bitiruv malakaviy va diplom ishlari yozish. 
Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashning muxim 
yunalishlaridan biri talabalarning ilmiy-tadkikot ishlarini tashkil qilish va 
rivojlantirish bo’lib hisoblanadi. Iktisodiyotning barcha soxalarida, shu jumladan, 
buxgalter kadrlar tayyorlashda ham, ilmiy-tadkikot ishlari bajarishni to’g’ri 
tashkilash kadrlar tayyorlashni sifat jixatidan oshirishga amaliy yordam beradi.
4. ILMIY-TADQIQOT ISHLARINING AHAMIYaTINI OSHIRUVCHI 
OMILLAR 


165 
Har bir OTM “Ta’lim to’g’risidagi” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi 
to’g’risida”gi qonunlari va Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini nada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli, 2018 yil 25 
oktyabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida 
O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3982-sonli qarorlari, OTM ustavi talabidan kelib chiqib 
OTMning “Ilmiy-tadqiqot ishlar to’g’risida Nizom”ini ishlab chiqadilar. Bu 
nizom talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot 
ishlari 
OTMlarning 
malakali kadrlar 
yetishtirish yo’nalishidagi faoliyatida bo’lajak mutaxassislarda sohaga oid 
masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan hal qilish ko’nikmalarini shakllantirish 
maqsadida ta’lim tizimining zamonaviy talablariga tayangan holda tashkil 
qilinadi. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari ularni tegishli fan sohalari bo’yicha 
milliy va xorijiy tajriba, shuningdek, mavjud ilmiy-nazariy manbalar bilan 
tanishishi va ulardan foydalanishiga ko’mak beradi.
Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishning asosiy maqsadi tegishli 
fan sohalari bo’yicha talabalarning bilimini oshirish va malakali kadrlar tayyorlash 
ishlari sifatini oshirish bo’lib hisoblanadi. SHuningdek ilmiy-tadqiqot ishlari 
talabalarining ijodiy qobiliyati va ijod erkinligini oshirish, ularda o’quv jarayoni va 
kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini 
shakllantirish va rivojlantirish hamda talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini 
amalga oshirish yo’li bilan o’z mutaxassisligiga bo’lgan ijodiy yondashuvini 
shakllantirish, bo’lajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini 
shakllantirishga ko’maklashish kabi maqsajlarni ham ko’zlaydi. 
Qo’ydagilar talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va 
rivojlantirishning asosiy vazifalari bo’lib hisoblanadi: 
1. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishning turli usullari, 
yo’nalishlari va ko’nikmalarining o’zlashtirishiga erishish; 


166 
2. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida ishtirok etishi orqali o’quv 
materiallarini chuqurroq o’zlashtirishiga ko’maklashish va ularning ushbu 
jarayonga ijodiy yondashuvini kuchaytirish; 
3. Talabalarning ilmiy muammolarni mustaqil hal qilish usullarini o’rganishi 
va ularning ilmiy jamoalarda ishlash qobiliyatini shakllantirish; 
4. Talabalarni ta’lim muassasida bajariladigan ilmiy tadqiqot loyihalariga 
keng jalb qilish; 
5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlariga qobiliyatli yoshlarni 
tanlash bo’yicha ishlarni tashkil etishda kutilgan sifat va samaraga erishishga 
ko’maklashish. 
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish ularning ta’lim muassasi 
doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy 
seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari, olimpiadalar, tanlovlarda ishtirok 
etishini tahminlaydi. 
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, kafedralar tomonidan ishlab chiqilgan 
va tasdiqlangan ilmiy mavzular, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlar hamda 
magistrlik dissertatsiyalari mavzulariga asosan amalga oshiriladi. 
Talabalar tomonidan tayyorlanadigan ilmiy-tadqiqot ishlariga kafedraning 
professor-o’qituvchilari ilmiy qilib biriktirib qo’yiladi. Ilmiy rahbar ilmiy-tadqiqot 
ishini (maqola tayyorlash, konferentsiya tezislarini tayyorlash va boshqalar 
)bajarish uchun maslahatlar beradi va yakunlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ko’rib 
chiqadi hamda xullosa beradi. Yakunlangan ilmiy ishlarni chop etish uchun tavsiya 
etadi.
Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun kafedralar qoshida ilmiy 
to’garaklar tashkil qilinadi. To’garaklarda ilmiy-tadqiqot ishining rahbarlari 
talabalarni tegishli fanlar bo’yicha viloyat, respublika va xalqaro olimpiadalarida 
ishtirok etishi uchun tayyorlaydi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish quyidagi tamoyillarga 
asoslanadi: 


167 
1. O’quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining o’zaro bog’liqligi va uzviy olib 
borilishi; 
2. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishda ham nazariy, ham 
amaliy ko’nikmalarning shakllantirilishi; 
3. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining ilmiy faoliyat natijalari referatlar, 
risolalar, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, ilmiy maqolalar va 
tezislar kabi ma’lum shakllarda namoyon bo’lishi; 
4. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatining davomiyligi va uzluksizligi 
(bakalavr, magistr, katta ilmiy-xodim izlanuvchi); 
5. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining o’quv dasturlari va o’quv 
jarayonlari bosqichlariga mos tarzda tashkil etilishi; 
6. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida qo’llaniladigan usul va shakllarni talabaning 
bilim darajasi (kursi)ga ko’ra murakkablashtirib borish. 
Talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyati turlarli shakillarda amalga oshiriladi, 
xususan: 
1. O’quv jarayonida qo’llaniladigan ilmiy-tadqiqot faoliyati, ya’ni mustaqil 
ta’lim doirasida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari. O’quv jarayonida 
qo’llaniladigan ilmiy-tadqiqot faoliyati o’quv dasturlari va rejalariga kiritilgan 
bo’lib, u quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: kurs ishlari, bitiruv malakaviy 
ishlari va magistrlik dissertatsiyalari.
2. O’quv jarayonini to’ldiradigan ilmiy-tadqiqot faoliyati. O’quv jarayonini 
to’ldiradigan ilmiy-tadqiqot faoliyati o’quv dasturlarida nazarda tutilmaydi, u 
talabalarning mutaxassis sifatidagi ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga 
ko’maklashadi. Ushbu faoliyat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: talabalar 
ilmiy jamiyati faoliyatida ishtirok etish; talabalar ilmiy to’garaklariga ahzo 
bo’lish; talabalarning OTM doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida 
amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari, 
kongresslar, forumlarda ishtirok etishi; talabalar ilmiy nashrlari. 
Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish turlari quyidagilardan 
iborat: ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish 


168 
metodologiyasini o’rganish; OTMning ilmiy faoliyat yo’nalishlari, ularning 
faoliyatini amalga oshirish printsiplari, anhanalari, yutuqlari bilan tanishish; 
talabalar ilmiy jamiyati, ilmiy to’garaklar, Huquqiy tadqiqotlar markazi va boshqa 
ilmiy bo’linmalar faoliyatida ishtirok etish; OTM doirasida, Respublika OTMlari 
va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferentsiyalar, 
davra suhbatlari, kongresslar, forumlarda ishtirok etish; bajarilgan ilmiy-tadqiqot 
ishi natijalarini magistrlik dissertatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, kurs ishi, referat, 
konferentsiya yoki davra suhbatlarida, ilmiy to’garak majlislarida bayon etiladigan 
ilmiy ma’ruza tarzida ilmiy maqola yoki tezis taqdim etish; ilmiy yo’nalishlar 
bo’yicha tadqiqot mavzularini izlash va tanlash; ilmiy jurnallarda maqolalar chop 
etish; xorijiy ilmiy nashrlar (Scopus ro’yxatidagi) maqolalar chop etish; ilmiy 
risola va monografiyalar chop etish; fan olimpiadalarda ishtirok etish. 
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati OTM tomonidan ajratiladagan 
mablag’lar, shuningdek, byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari hamda 
homiylar hisobidan moliyalashtiriladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanuvchi 
talabalarga OTM Axborot resurs markazi ilmiy fondidan, shuningdek, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va elektron dasturlardan tekinga foydalanadilar.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlari OTM rahbari tomonidan turli 
shakillarda rag’batlantiriladi, xususan: talabalarning ilmiy ishlarini OTM 
doirasidagi nashrlarda chop etish; talabalarning eng yaxshi ilmiy ishlari, startap 
loyihalari namunalarini turli darajadagi tanlov va konferentsiyalarda taqdim etish; 
ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanuvchi talabalar nomzodini davlat va 
nodavlat muassasalari tomonidan ehlon qilinadigan ta’lim va ilmiy yo’nalishdagi 
turli grantlarda ishtirok etishiga ko’maklashish maqsadida taqdim etish; eng faol 
talabalar nomzodini davlat stipendiyalari va mukofotlarini olish uchun taqdim 
etish; 
xorijiy davlatlarda tahsil olishi yoki stajirovka o’tashi uchun tavsiyanoma 
berish; talabalarni moddiy va mahnaviy jihatdan rag’batlantirish; OTM va 
respublika ilmiy nashrlarida o’z ilmiy maqolalari va boshqa ilmiy ishlari bilan faol 
ishtirok etgan, shuningdek, ilmiy yo’nalishdagi boshqa har qanday faoliyatda,


169 
grant loyihalarida ishtirok etish, qonun loyihalari yuzasidan takliflar kiritish, ilmiy 
yo’nalishdagi turli tadbirlar ishtirokchisi, g’olibi bo’lish va boshqa tashabbus 
ko’rsatgan magistrlar o’zi tahsil olgan kafedraga doktorant sifatida o’qishga kirishi 
uchun tavsiyanoma beriladi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling