Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
-MODUL: «BUXGALTERIYAHISOBINAZARIYASI»
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. KORXONA HAQIDA TUSHUNCHA, UNI BOSHQARISH TIZIMI.
2-MODUL: «BUXGALTERIYAHISOBINAZARIYASI» 9-MAVZU. BUXGALTERIYAHISOBININGMOHIYaTIVAAHAMIYaTI Ushbu mavzuga oid atamalar: moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, ma’lumotlardan foydalanuvchilar, predmet, obyekt, ta’minot, ishlab chiqarish, sotish, takror ishlab chiqarish, mablag‘, mablag‘lar manbai, nomoddiy aktiv, metod, metodologiya. 1. KORXONA HAQIDA TUSHUNCHA, UNI BOSHQARISH TIZIMI. Respublika iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyoti deganda – erkin raqobat va tadbirkorlikka, ishlab chiqarish vositalariga kо‘p mulkchilikka, narxni bozorda shakllanishi va davlatning korxonalar faoliyatiga aralashuvini cheklanganligiga asoslangan iqtisodiyot tushuniladi. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilaridan biri - sog‘lom tadbirkorlik faoliyatini barpo etish va rivojlantirish bо‘lib hisoblanadi. Fuqarolar va ularning uyushgan guruhlarining, korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli doirasida, mulkiy javobgarlik va xatar asosida foyda olishga yо‘naltirilgan mustaqil, tashabbuskor faoliyati tadbirkorlik faoliyati deyiladi. Bu faoliyat bilan jamoa shaklidagi huquqiy shaxslar va jismoniy shaxslar shug‘ullanishlari mumkin. О‘zbekistonda “Korxonalar tо‘g‘risida”gi qonun talabiga binoan mulkka ega bо‘lgan, boshqa tashkilotlar oldidagi majburiyatlariga javob bera oladigan, mustaqil balansga ega bо‘lgan, sudda javobgar va davogar bо‘la oladigan, mustaqil Ustavga ega bо‘lgan va davlat rо‘yxatidan о‘tgan korxona huquqiy shaxs, deb tan olinadi. Shuningdek, foyda olish va ijtimoiy munosabatlarni qondirish maqsadida ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish va ishlar bajarishni tashkil qilgan huquqiy shaxs maqomidagi xо‘jalik subyekti korxona deb, tan olinadi. 171 Korxona qonun bilan cheklanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Korxonaning vazifalarini mulk egasining (yoki jamoaning) qiziqishi, faoliyatga yо‘naltirilgan ustav kapitalining (pulining) miqdori, korxona ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va bozorni talabi belgilaydi. Faoliyat xususiyatlari bо‘yicha barcha korxonalar, tijorat va notijorat maqsadlari uchun tashkil qilinadi. Tijorat korxonalari notijorat korxonalaridan, xususan, assotsiatsiyalardan, ijtimoiy tashkilotlardan, diniy korxonalar va har xil fondlardan о‘zining asosiy maqsadi bо‘lgan foyda olishi bilan farq qiladi. Mulkchilik shakliga kо‘ra korxonalar: davlat korxonasi, xususiy, aralash mulkchilikka asoslangan, hamkorlikdagi, mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik, kompaniya, fermer xо‘jaligi, agrofirma, chet el kapitali bilan hamkorlikdagi va boshqa shakllarda tashkil qilinadi. Boshqaruv deganda, ma’lum iqtisodiy natijalarga erishish maqsadida korxonada mavjud bо‘lgan obyektlarga, sodir bо‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga va korxona faoliyatida ishtirok etuvchi xodimlarga (odamlarga) yо‘naltirilgan ongli faoliyat tushuniladi. Kishilik jamiyatining taraqqiyotida, boshqaruvni turli tizimlaridan foydalanib kelingan. Tashqi muhitga ta’siri bо‘yicha boshqarishni mexanistik, organik, aralash va boshqa tizimlari mavjud. Boshqarishni aralash tizimiga bashorat qilish va iqtisodiy tahlilga asoslangan boshqarish variantlarini kiritish mumkin. Uning asosiy maqsadi - korxona faoliyatida ishtirok etadigan barcha moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarni holatini va korxona ish natijalarini о‘rganish hamda baholash asosida ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bо‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy tahlil choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida о‘tkazilib, dastlabki va moliyaviy tahlil shaklida tashkil qilinadi. Dastlabki tahlil buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini tuzgunga qadar о‘tkaziladi va hisobot moddalarini hamda hisobotlarga qо‘shimcha tuziladigan tushuntirish xatini tо‘g‘ri tuzishni ta’minlaydi. Iqtisodiy tahlilning tarkibiy qismi bо‘lgan moliyaviy tahlil, korxona biznes-rejalarini ishlab chiqish va uning moliyasini boshqarishning ajralmas qismi bо‘lib hisoblanadi. 172 Korxonalar faoliyatiga baho berish va yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni aniqlash hamda korxonani iqtisodiy rivojlantirishni ichki omillarini topish maqsadida moliyaviy hisobotlarni topshirgandan keyin, ularning ma’lumotlari asosida korxonalar moliya-xо‘jalik faoliyatlari har tomonlama, tо‘liq tahlil qilinadi. Uning natijalari asosida kelgusi davr rejalari va korxonani rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. О‘tkaziladigan moliyaviy tahlilnig sifati tahlil qilishda qо‘llaniladigan usullar va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining haqiqiyligiga bog‘liq bо‘ladi. Iqtisodiy tahlilga asoslangan boshqaruv tizimi asosini rejalashtirish, hisob va nazorat qilish kabi unsurlar tashkil qiladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling