Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Rejalashtirish - nima qilish kerak va nimaga erishish zarurligini 
kо‘rsatuvchi vosita bо‘lib, uning maqsadi korxonani istiqboldagi iqtisodiy holatini 
belgilovchi rejalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, shuningdek, 
iqtisodiy natijalarga erishish yо‘llarini, usullarini va vositalarini kо‘rsatib berish 
bо‘lib hisoblanadi.
Hisob - boshqaruv uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish, tartibga 
solish va umumlashtirish vazifasini bajaradi. Shuning uchun har qanday korxonani 
boshqarishda hisob hal qiluvchi bо‘g‘in bо‘lib hisoblanadi. 
Boshqaruv mexanizmi korxona oldida turgan maqsad va vazifalar 
yechimini topishga qaratilishi kerak. Bunga erishish uchun, boshqaruvni tashkiliy 
va ishlab chiqarish tarkibini ratsional tashkillash kerak. Boshqaruv tarkibi bir 
qancha omillarga, xususan, korxonaning tarmoq xususiyatiga, ishlab chiqarayotgan 
mashulotlarining turiga, assortimentiga, ishlab chiqarish texnollogiyasiga, 
ixtisoslashtirish darajasiga va boshqalarga bog‘liq. Katta hajmdagi korxonalarni 
boshqaruv tizimi tarkibida, moliya, iqtisod, marketing, ta’minot, buxgalteriya 
hisobi va hisobotlari bо‘limlari, byurolari va guruhlarini tashkillash maqsadga 
muvofiq bо‘ladi. Korxonada buxgalteriya hisobi va hisobotlari xizmati bilan 
shug‘ullanadigan bо‘lim korxona mablag‘lari harakatini va moliyaviy hisobotlarni 
shakllantirish vazifasi yuklatilgan, buxgalteriya, buxgalteriya hisobi boshqarmasi 
va boshqa har qanday tarkibiy tuzilma shaklida tashkil qilinishi mumkin.


173 
Nazorat - korxona faoliyatida ishtirok etayotgan xodimlar faoliyati ustidan 
nazorat о‘rnatish, bajarilgan ishlarni tekshirish, yutuq va kamchiliklarni aniqlash
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini kо‘rish. Iqtisodiy tahlilning 
nazorat funksiyasi bilan korxonalarda tashkil qilinadigan ichki audit xodimlari 
shug‘ullanadi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling