Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


oshirish, tahlil qilish va ularni keyinchalik bayon etishni, ya’ni qaysidir


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

oshirish, tahlil qilish va ularni keyinchalik bayon etishni, ya’ni qaysidir 
maqsadlarda foydalanish, masalan, moliyaviy hisobotlar tuzish va boshqa 
maqsadlar, buxgalteriya uchyotining predmetini tashkil qiladi
51
. Bu ta’rifda 
ham fanning predmeti va obyektlari chalkashtirib yuborilgan. Tahlil qilingan 
boshqa ba’zi bir xorijiy adabiyotlarda buxgalteriya hisobining predmeti 
yoritilmagan
52
.
Bozor munosabatlari sharoitida mulkchilik shakli va makoni mutlaq yangicha 
munosabat kasb etadi, shuning uchun ham ushbu tushunchalarga yangicha 
yondoshish lozimligi talab qilinadi. Buxgalteriya hisobining predmetini 
49
Jo’raev N. va boshq. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. T.: TDIU, 2007 y. 14 b. 
50
Frank Wood. Business accounting. I Volume ASKERI, 1992 2 b. 
51
Muallif izohi. 
52
Нидлз Б., Андерсон Х., Колдуэлл Д. Принципы бухгалтерского учета. Москва. Финансы и статистика. 
2002, Хендириксен Э.С., Ван Бреда М.Ф. Теория бухгалтерского учета. М.: Финансы и статистика, 2002, 
Хорнгрен Ч.Т. Дж.Фостер Бухгалтерский учет: управленческий аспекст, М.: Финансы и статистика, 2002, 
Энтони Р. Дж.Рис Учет: ситуация и примеры. М.: Финансы и статистика, 1993, Carl S. Warren, James M. 
Reeve, Jonathan E. Duchac. Accounting. South-Western Publishing Co.; 24th edition (2012), Harry I. Wolk, James 
L. Dodd, John J. Rozyck. AccountingTheory. 8thEdition. SagePublications; 8 edition (Aug. 20, 2012) 



176 
aniqlashda, eng avvalo, u kimga xizmat qilishini hisobga olgan holda yondoshish 
zarur, deb hisoblaymiz. 
О‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonunning 4 
– moddasida “Buxgalteriya hisobi barcha xо‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, 
hujjatlar asosida hisobga olish yо‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd 
etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida 
moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir, deb ko’rsatib o’tilgan. 
Buxgalteriya hisobining predmeti faqat ishlab chiqarish jarayonidagi 
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag‘lari holati hamda ulardan 
unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish yoki xо‘jalik 
operatsiyalarini qayd qilish, tahlil qilish yoki axborotlarni keyinchalik bayon etish 
bо‘lmasdan, balki kо‘p mulkchilikka asoslangan xо‘jalik yurituvchi subyektlarning 
xо‘jalik faoliyati va tadbirkorlikfaoliyati bilan shug‘ullanuvchikeng qatlamli 
aholining daromadlari va xarajatlaridir.
Korxonalarning xо‘jalik faoliyati va aholining daromadlari va xarajatlari 
statistika, moliya, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, makro va mikro iqtisodiyot, 
marketing, menejment, audit, iqtisodiy tahlil kabi fanlarning ham predmeti bо‘lib 
hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir iqtisodiy fanga tegishli bо‘lgan faoliyatni 
aniqlab olish, u yoki bu fanni о‘rganishni osonlashtiradi. 
Korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, takror 
ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish, taqsimot, sotish va iste’mol sikllarida 
kechadi. Shuningdek, har qanday korxonaning xо‘jalik faoliyatini asosiy 
mazmunini ta’minot, ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish, ishlarni bajarish va sotish 
jarayonlari tashkil etadi. Bu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Korxonada 
ishlab chiqarish jarayoni ta’minot jarayoniga, sotish jarayoni esa, ishlab chiqarish 
jarayoniga bog‘liq. Agar bu bog‘liqlikni butun bir jamiyat doirasida kо‘radigan 
bо‘lsak, bir korxonaning sotish jarayoniga boshqa korxonalarning ta’minot, ishlab 
chiqarish va sotish jarayonlari bog‘liq bо‘ladi. Bu holda, buxgalteriya hisobi 
boshqaruvning funksiyasi sifatida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini 
nazorat qilish vositasi о‘rnida ishtirok etadi. Shuningdek, huquqiy shaxs tashkil 


177 
etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish aholi daromadlari, ularning 
manbalari va xarajatlari tarkibini kо‘payishiga olib keladi. Bu oila buxgalteriyasini 
tashkil qilishni taqozo etadi. Shuning uchun boshqa iqtisodiy fanlar qatori 
buxgalteriya hisobi nafaqat xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining qaysidir bir 
jihatini qamrab oladi, balki, aholi (oila) daromadlari va xarajatlarini ham hisobga 
olishni taqozo etadi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling