Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.BUXGALTERIYA HISOBI METODI VA METODOLOGIYASINI TAVSIFI.
- Buxgalteriya hisobining predmeti obyektlari Ta’minot jarayoni Ishlab chiqarish
Shunday qilib, бeхгалтерия ҳисобининг преdметига қўйdaгича таъриф
бериsh мeмкин: xо‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatlarida ishtirok etadigan va pul ifodasida aks ettiriladigan iqtisodiy jarayonlar hamda aholining daromadlari va xarajatlari buxgalteriya hisobining predmeti bо‘lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining predmetini mohiyati, unda hisobga olinadigan obyektlarda va uning bajaradigan vazifalarida yana ham oydinroq namoyon bо‘lad (5-chizma). 5-chizma. Buxgalteriya hisobining predmeti obyektlari 3.BUXGALTERIYA HISOBI METODI VA METODOLOGIYASINI TAVSIFI. Metod tushunchasi maxsus adabiyotlarda keng talqin qilingan. Metodga tabiatda va jamiyatda bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda sodir bо‘ladigan hodisa va jarayonlarni о‘rganish va bilish usuli sifatida qaraladi. Chunki sodir etilgan hodisa va voqeliklarni amalga oshganligini tasdig‘i, mushohida qilingandan sо‘ng bilish Buxgalteriya hisobining predmeti obyektlari Ta’minot jarayoni Ishlab chiqarish jaray oni Taqsimot jarayoni Sotish jarayoni 178 nazariyasi asosida olinadi. Shuning uchun hodisa va voqeliklarning qaysi jihati о‘rganilishidan qat’iy nazar, ularni о‘rganishga dialektik nuqtai nazardan yondoshish lozim bо‘ladi. Korxona xо‘jalik mablag‘lari va xо‘jalik jarayonlari hamma vaqt о‘zaro aloqada, rivojlanishda, birlikda va harakatda bо‘ladi. Korxona faoliyatida ishtirok etadigan mablag‘lar, ularning manbalari va xо‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bо‘lgan, har qanday sodir bо‘ladigan hodisa yoki voqelik buxgalteriya hisobi obyektlariga ta’sir etib ularni о‘zgartiradi. Sodir bо‘lgan hodisa va voqeliklarni dastavval kuzatilib, mushohada qilinib, miqdoriy jihatdan о‘lchab, sо‘ngra hujjatlarda qayd qilish lozim bо‘ladi. Agar voqelik sodir etilmasa, u holda, hech qanday harakat yuzaga kelmaydi. Masalan, mashulot ishlab chiqargan ishchilarga ish haqi hisoblandi. Bu bir tomondan korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kо‘payishini, ikkinchi tomondan esa, mehnat tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar oldida korxonaning qarzi paydo bо‘lganligini bildiradi. Agar ishchi mashulotni ishlab chiqarmaganda, korxonaning ishchi oldidagi ish haqi bо‘yicha majburiyati yuzaga kelmagan bо‘lar edi. Xulosa qilishimiz mumkinki, buxgalteriya hisobining metodi dialektik metodga asoslangan bо‘lib, korxona faoliyatini makon (korxonada) va zamonda (hisobot davrida) bilish nazariyasi asosida hisobga olish maqsadida qо‘llaniladigan usullar majmuidan iborat bо‘ladi. Shuningdek buxgalteriya hisobi fanini о‘rganishning о‘ziga xos usullari ham mavjudki, ularsiz buxgalteriya hisobining obyektlari tо‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olish imkoni bо‘lmaydi. Bu borada buxgalteriya hisobi bо‘yicha 1940 yilgacha chop qilingan adabiyotlar mualliflarining fikrlari turlicha. Masalan, A.P. Rudanovskiy va boshqalar buxgalteriya hisobi metodi elementlariga qayd qilish, tartibga solish, koordinatsiya, baholashni kiritsalar 53 , A.Galagan esa kuzatish, turkumlash, induksiya va deduksiya, sintez va analiz deb hisoblaydi 54 . 1940 yildan keyin chop 53 Рудановский А. П. Позитивная теория счетоведения// Бюллетени обшества для разработки и распространения счетоводных знаний. – М. 19414, Рудановский А. П. Теория учёта. Дебет и кредит как метод учёта баланса. – 2-е изд. – М.: Макиз, 1925. Рудановский А. П. Теория балансвого учёта. Введение в теорию балансвого учёта. Баланс как объект учёта. – М.: Макиз, 1928 г. 54 Галаган А. Основы бухгалтерского учета. Москва. Госпланиздат, 1939г. 179 qilingan adabiyotlarning mualliflari esa, buxgalteriya hisobi metodining elementlariga hujjatlashtirish, yо‘qlama qilish, baholash, kalkulyatsiya qilish, schyotlar tizimi, ikki yoqlama yozish usuli, balans, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jamlash va umumlashtirish, hisobotlar tuzishni kiritadilar. Shunday qilib buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida foydalanilgan hisob yuritish metodining elementlarini quyidagi guruhga keltirish mumkin: 1. Qayd qilish; 2. Tartibga solish; 3. Baholash; 4. Kuzatish; 5. Turkumlash; 6. Induksiya va deduksiya; 7. Sintez va analiz; 8. Hujjatlashtirish; 9. Yо‘qlama qilish; 10. Kalkulyatsiya qilish; 11. Schyotlar tizimi; 12. Ikki yoqlama yozish usuli; 13. Balans; 14. Moliyaviy hisobotlar va ularga qо‘shimcha ilovalar tuzish; 15. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jamlash va umumlashtirish. Har qanday fanni predmetini о‘rganishda mazkur fanning asosiy tamoyillarini, tashkiliy usullarini, korxona faoliyatini baholash mezonlarini bilish muhim. Chunki bular fanni о‘rganishda qо‘llaniladigan usullar majmuasini belgilab beradi. Buxgalteriya hisobi operativ-texnik va statistika hisoblaridan, shuningdek, boshqa iqtisodiy fanlardan korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik jarayonlarini yoppasiga, uzluksiz va muntazam kuzatib borishi, о‘lchashi va alohida hujjatlarda qayd qilishi bilan farq qiladi. Unda aks ettirilgan jarayonlar albatta hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Hujjatlashtirish sodir bо‘lgan jarayonlarning 180 qonuniyligini va tо‘g‘riligini tekshirishga huquqiy asos bо‘lib, korxonalar xо‘jalik faoliyati natijalarini nazorat qilishda foydalaniladi. Shuning uchun xо‘jalik muomalalarini kuzatish va hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining metodini elementi sifatida namoyon bо‘ladi. Iqtisodiy jarayonlar buxgalteriya hisobida ma’lum bir о‘lchovlarda, eng avvalo, pulda baholanib, aks ettiriladi. Demak xо‘jalik jarayonlarini pulda baholash buxgalteriya hisobining metodini elementini tashkil etadi. Korxona aktivlarini, passivlarini va majburiyatlarini holatini, saqlanishini, ulardan foydalanishni nazorat qilish buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Bu vazifa hisob obyektlarni haqiqiy borligini va holatini ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish yо‘li bilan bajariladi. Shuning uchun ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish buxgalteriya hisobi metodining elementi bо‘lib hisoblanadi. Korxonalar faoliyatida ishtirok etadigan aktivlar, passivlar, majburiyatlar hamda ularni о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik muomalalari iqtisodiy mazmun jihatdan har xil bо‘ladi. Shuning uchun aktivlarni, passivlarni, majburiyatlarni hamda ularni о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida tо‘g‘ri aks ettirish uchun iqtisodiy mazmun jihatdan guruhlash lozim bо‘ladi. Guruhlash vositasi sifatida buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Korxonalar faoliyatida sodir bо‘lgan xо‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi schyotlariga ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida amalga oshiriladi Shuning uchun schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv buxgalteriya hisobi metodining elementi sifatida namoyon bо‘ladi. Buxgalteriya hisobi axborotlari korxonaning moliyaviy-xо‘jalik faoliyatlariga baho berishda, joriy va istiqbol biznes rejalar tuzishda hamda faoliyatlari yuzasidan qarorlar qabul qilishda foydalaniladi. Shu sababli buxgalteriya hisob ma’lumotlari korxonalar faoliyatini haqiqiy ifoda etishi talab etiladi. Notо‘g‘ri ma’lumotlar asosida tuzilgan biznes rejalar va qabul qilingan qarorlar korxonalarning kelgusi davrlardagi moliya-xо‘jalik faoliyatlariga salbiy ta’sir etib, hisob ma’lumotlarining ishonchlilik, betaraflik, muhimiylik va ahamiyatlilik darajasini pasaytirishga olib keladi. Bular hammasi hisobot davri 181 tugagandan sо‘ng joriy hisob ma’lumotlarining tо‘g‘riligini tekshirib kо‘rish lozimligini bildiradi. Hisobot davri tugagandan keyin joriy hisob ma’lumotlari jamlanadi, ya’ni barcha schyotlar bо‘yicha debet va kredit oborotlar chiqarilib, ularning hisobot davrining oxiriga qoldiqlari topiladi va schyotlarning umumlashgan ma’lumotlariga binoan oborot qaydnomasi va balans tuziladi. Yuqorida keltirilgan dalillardan xulosa qilishimiz mumkinki, buxgalteriya hisobini tashkil qilish jarayoni bir-biri bilan uzviy bog‘lanishda bо‘lgan uch bosqichga bо‘linadi, birinchi bosqich, sodir bо‘lgan xо‘jalik muomalalarini kuzatish, hujjatlashtirish, baholash va kalkulyatsiya qilish, ikkinchi bosqich, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va huquqiy asosga ega bо‘lgan xо‘jalik muomalalarini iqtisodiy jihatdan buxgalteriya schyotlari yordamida guruhlash va ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida ularni joriy hisobini tashkil qilish, uchinchi bosqich, joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, uning tо‘g‘ri olib borilganini oborot qaydnomasi tuzish bilan tekshirib kо‘rish va balans tuzish. Xulosa qilishimiz mumkinki, kuzatish va hujjatlashtirish, pulda baholash va kalkulyatsiya tuzish, schyotlar tizimi va ikki tomonlama yozuv, oborot qaydnomasi va balans tо‘zish hamda inventarizatsiya (ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish) buxgalteriya hisobi metodi elementlarini tashkil qiladi. Bizning fikrimizcha, hisobot davrining oxirida tuziladigan tezkor ma’lumotlar, moliyaviy va statistik hisobotlar, ularning ilovalari joriy hisob ma’lumotlari, oborot qaydnomasi va balansga asoslanadi. Shuning uchun ularni tuzish va taqdim etishga iqtisodiy tahlil, audit fanlari kabi buxgalteri hisobining mantiqiy davomi sifatida qarash lozim. Demak, buxgalteriya hisobi fanining uslubini elementlariga quyidagilar kiradi: 1. Kuzatish, о‘lchash va hujjatlashtirish; 2. Baholash va kalkulyatsiya tuzish; 3. Buxgalteri hisobi schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv; 4. Joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, oborot qaydnomasi va balans tuzish; 5. Inventarizatsiya (ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish); 182 Quyida buxgalteriya hisobi uslubining alohida elementlariga qisqacha tavsif beramiz. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling