Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


-chizma. Buxgalteriya hisobi uslubining elementlari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

6-chizma. Buxgalteriya hisobi uslubining elementlari 
Bizning fikrimizcha, makon va zamon, induksiya va deduksiya, sintez va 
analiz, shuningdek falsafaning barcha qonunlari buxgalteriya hisobining 
metodologik asosini tashkil qiladi. Makonga buxgalteriya hisobi tashkil 
qilinadigan joy ya’ni korxona va huquqiy shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslar (aholi, oila), zamonga esa 
buxgalteriya hisobi tashkil qilish vaqti va isobotlarni taqdim etish davrini misol 
qilib olish mumkin. 
Rossiyalik amaliyotchi olim A.Galagan
55
xо‘jalik muomalalarini falsafaning 
qonun va kategoriyalari nuqtai nazaridan kо‘rib chiqishga о‘rinib, xо‘jalikda sodir 
bо‘ladigan har qanday xо‘jalik muomalasi bir vaqtning о‘zida shu muomala sodir 
bо‘lgan xо‘jalikning alohida jarayonlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishini yozgan 
edi. Dialektik nuqtai nazardan qaraydigan bо‘lsak, har qanday sodir bо‘lgan 
iqtisodiy voqealikning ikki tomoni mavjud, shundan kelib chiqqan holda har bir 
xо‘jalik muomalasi uchun debetlanuvchi va kredetlanuvchi schyotlarni aniqlab 
olish mumkin. Bunda sintetik schyotlar sintez (umumlashtirish), analitik 
schyotlarga esa analiz qilish vazifasini bajaradi. Shunga kо‘ra moliyaviy 
55
Галаган А. Основы бухгалтерского учета. Москва. Госпланиздат, 1939 г., 47 b. 
Kuzatish va 
hujjatlashtirish
Baholash va 
kalkulyatsiya
Schyotlar tizimi 
va ikki yoklama 
yozuv
Joriy hisob 
ma’lumotlarini 
jamlash, oborot 
qaydnomasi va 
balans tuzish 
Inventarizatsiya 
(ashyoviy 
rо‘yxatdan 
о‘tkazish) 


185 
hisobotlarga sintez sifatida, ularni tasdiqlovchi ma’lumotlarga esa, analiz sifatida 
qarash lozim. Har bir sodir bо‘lgan xо‘jalik muomalasining ikki xil mohiyatga ega 
ekanligi, ya’ni korxona faoliyati natijalariga ijobiy va salbiy ta’siri, ularning sodir 
bо‘lishini obyektiv va zaruriy shartidir, bu о‘z navbatida, qarama-qarshiliklar 
birligi va kurashi qonunini namoyon bо‘lishini belgilab beradi. Nihoyat schyotlar 
bо‘yicha qoldiq topishni miqdor о‘zgarishlaridan sifat о‘zgarishlariga о‘tish, 
boshlang‘ich qoldiqni keyinchalik oxirgi qoldiqqa almashuvini inkorni-inkor 
qonunlarini namoyon bо‘lishi desak tо‘g‘ri bо‘ladi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling