Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Asosiy materiallar- ishlab chiqariladigan mashulotlarning moddiy asosini
tashkil qiladigan mehnat buyumlari bо‘lib, ularsiz mashulot ishlab chiqarib bо‘lmaydi. Misol paxta tozalash zavodida chigitdan va boshqa chiqindilardan tozalangan tola, ip yiguruv korxonasi tayyorlangan kalava (ip), tо‘quv tsexi uchun, tо‘quv tsexida tayyorlangan mato (bо‘z), gul bosish tsexi uchun, tо‘quvchilik sanoatida ishlab chiqarilgan mato, tikuvchilik sanoat uchun, oshlangan va ishlov 189 berilgan teri, charmdan mashulot ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun asosiy material bо‘lib hisoblanadi. Shuningdek, metallurgiya kombinatida tayyorlangan prokat, mashinasozlik sanoati uchun, qazib chiqarilgan neft, neftni qayta ishlash zavodlari uchun asosiy material bо‘lib hisoblanadi. Yordamchi materiallar - tayyorlanadigan mashulotlarni moddiy asosini tashkil qilmaydigan mehnat buyumi. Ular ishlab chiqarilgan mashulotlarga ma’lum bir sifat beradi. Misol yengil sanoat korxonalarida yordamchi materiallarga har-xil bо‘yoqlar, kislotalar, kraxmal, moylovchi materiallar, qurilish sanoatida qurilish ishlarini pardozlash uchun zarur bо‘lgan qurilish-ta’mirlash materiallari (bо‘yoq, lak, emulsiya, rang beruvchi parashoklar va boshqalar) kiradi. Ehtiyot qismlar - jihozlarni, stanoklarni, transport vositalarini ta’mirlash uchun zarur bо‘lgan va korxonaning о‘zida tayyorlangan yoki mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan detallar, uzellar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar kiritiladi. Yarim tayyor mashulotlar - boshqa tsexlarda qayta ishlashi davom ettiriladigan mehnat buyumlaridir. Yarim tayyor mashulotlar korxonaning о‘zida ishlab chiqarilishi yoki boshqa korxonalardan sotib olinishi mumkin. Yoqilg‘i - binolarni isitish, energiya ishlab chiqish, shuningdek, ishlab chiqarishning texnollogik jarayonlari uchun ishlatiladi. Ishlab chiqarishdagi roliga kо‘ra yordamchi materiallar jumlasiga kiradi. Ularga, kо‘mir, torf, о‘tin, neft mashulotlari (mazut, pech yoqilg‘isi, kerosin, solyarka, benzin) va boshqalar kiradi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling