Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 XО‘JALIK MABLAG‘LARINI TURKUMLASH


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

 
4. XО‘JALIK MABLAG‘LARINI TURKUMLASH. 
Korxonalar ixtiyorida ma’lum miqdordagi mablag‘larning bо‘lishi ularning 
о‘z faoliyatini amalga oshirishini muhim shartlaridan biridir. Mablag‘larning 
miqdori va ulardan foydalanish tartibi korxona foaliyatining xususiyatidan kelib 
chiqadi. 
Korxonalar xо‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari 
tо‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olish va buxgalteriya hisobini tо‘g‘ri tashkil qilish 
uchun, ularni ilmiy asoslangan guruhlarga bо‘lib о‘rganish yaxshi natija beradi. 
Buxgalteriya hisobiga doir ilmiy va о‘quv adabiyotlarda xо‘jalik 
mablag‘larini ikki xil belgilari bо‘yicha guruhlab о‘rganish tavsiya etiladi, 
birinchidan, mablag‘larini tarkibi va joylanishiga bо‘yicha turkumlash, ikinchidan, 
xо‘jalik jarayonidagi funksional roliga, shu jarayonda qatnashish xususiyatiga va 
muddatiga kо‘ra turkumlash. 
Bizningcha, xо‘jalik mablag‘larini turkumlashda birinchidan, buxgalteriya 
hisobining maqsadidan, vazifasidan, bajaradigan funksiyasidan, moliyaviy 
hisobotlarni tuzish tamoyillaridan, hisob ma’lumotlarining korxona faoliyati uchun 
qanchalik zarurligidan, ikkinchidan, davlatning soliq siyosatidan kelib chiqish 
kerak. Masalaga bunday yondoshish, uning tub mohiyatini ochib beradi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda xо‘jalik mablag‘larini 
quyidagi belgilari bо‘yicha turkumlashni maqsadga muvofiq, deb bilamiz: 
1. Tarkibi va xususiyatiga kо‘ra; 


186 
2. Xо‘jalik jarayonida qatnashish muddatiga kо‘ra; 
3. Xо‘jalik jarayonidagi funksional roliga kо‘ra; 
4. Takror ishlab chiqarishning qaysi sikliga tegishliligiga kо‘ra; 
5. Tashkil topish manbalariga kо‘ra. 
Xо‘jalik mablag‘lari korxona xо‘jalik jarayonda qatnashish muddati va 
xususiyatiga kо‘ra uzoq muddatli va joriy aktivlarga bо‘linadi. 
Uzoq muddatli aktivlar tarkibi va moddiylashishiga kо‘ra mulklardan va 
nomoddiy aktivlardan tashkil topadi. Korxona mulklariga asosiy vositalar 
kiritiladi. Korxona tomonidan nazorat qilinadigan qiymatga ega bо‘lgan, lekin 
moddiy-ashyoviy mazmunga va jismoniy mohiyatga ega bо‘lmagan, aktivlarga – 
nomoddiy aktivlar deyiladi. 
Asosiy vositalarga О‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1998 yil 23 
sentabrda 491-son bilan rо‘yxatga olingan buxgalteriya hisobining 5-sonli “Asosiy 
vositalar” nomli milliy andozasiga muvofiq, moddiy ishlab chiqarish va xizmat 
kо‘rsatish sohalarida bir yildan kо‘proq vaqt davomida amal qiladigan, shuningdek 
ijaraga berish maqsadlari uchun foydalaniladigan va amal qilayotgan me’yoriy 
hujjatlar talabiga kо‘ra bir birligining qiymati eng kam ish haqining ellik 
barobaridan kam bо‘lmagan moddiy aktivlar kiradi. Asosiy vositalar natural 
jihatdan binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, ish va kuch mashinalari, о‘lchov 
hamda boshqaruvchi qurilmalari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, qishloq 
xо‘jaligi mashinalari, ishlab chiqarish va xо‘jalik anjomlari, ish xayvonlari va 
mashuldor chorva mollar, kо‘p yillik о‘simliklar, bog‘lar, axborot resurs markazi 
(kutubxona) fondlari shaklida namoyon bо‘ladi. Shuningdek, ularning tarkibiga 
yerlarni unumdorligini yaxshilashga sarflangan mablag‘lar (yerlarni zaxini 
qochirish, irrigatsiya-meloratsiya va boshqa ishlar uchun sarflangan xarajatlar), 
uzoq muddatga ijaraga olingan binolar, inshoatlar va boshqa turdagi vositalar ham 
kiradi. 
Asosiy vositalar ishlab chiqarishning bir nechta sikllari jarayonida yoki 
korxananing boshqa faoliyatida uzoq yillar xizmat qilib, о‘zining qiymatini 
yangitdan yaratilgan mashulotlar qiymatiga (tannarxiga) qisman-qisman, ularning 


187 
eskirishiga teng bо‘lgan, amartizatsiya summalari miqdorida о‘tkazib boradi. Ular 
ishlatishdan chiqib ketgunlariga qadar о‘zlarining dastlabki natural shakllarini 
saqlab qoladilar. Shunday qilib, ishlatish mudati bir yildan kо‘p, bir donasining 
qiymati esa, eng kam ish xaqining 50 barabaridan kam bо‘lmagan mehnat 
vositalari asosiy vositalar deyiladi. 
Nomoddiy aktivlarga, korxonaning huquqlari, korxona uchun qiymatga ega 
bо‘lgan, lekin kо‘rib yoki ushlab bо‘lmaydigan kapital qо‘yilmalarning loyihalari 
(proyektlari), savdo markalari, patentlar hamda shu kabi boshqa huquqlari 
kiritiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 7-sonli “Nomoddiy 
aktivlar” nomli milliy andozasiga muvofiq nomoddiy aktivlarga moddiy-
ashyoviymazmunigaegabо‘lmagan,
xо‘jalikyurituvchisubyekttomonidanxо‘jalikfaoliyatidafoydalanishyokiboshqarishu
chunfoydalanishmaqsadidanazoratqilinadigan, 
shuningdekuzoqvaqt 
(biryildankо‘p) ishlatishuchunmо‘ljallanganmol-mulkobyektlar kiritiladi. 
Nomoddiy aktivlarga korxonalarning, yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan, 
sanoat obyektlari va aqliy intelektual mulkdan foydalanish, mualliflik va boshqa 
shunga о‘xshash huquqlari, shuningdek, texnik kо‘nikma, litsenziya, savdo 
markalari, belgilari, patent, kompyuter dasturlari, nou-xau, import kvotalari, yangi 
korxonani barpo etish xarajatlari kiradi. 
Joriy aktivlar moddiylashishiga kо‘ra ishlab chiqarish zahiralaridan, tayyor 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling