Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Inventar va xo’jalik anjomlari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Inventar va xo’jalik anjomlari tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga javob
beradigan mol-mulk kiritiladi: xizmat muddati bir yildan oshmaydigan, qiymati bir birlik (komplekt) uchun xizmat muddatidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda bo’lgan buyumlar. Rahbar hisobot yiliga ularni inventar va xo’jalik anjomlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining bundan past chegarasini belgilash huquqiga egadir. 190 Tayyor mashulotlar - mashulot ishlab chiqarish texnollogiyasida nazarda tutilgan barcha bosqichlardan о‘tgan, davlat standarti talablariga javob beradigan, korxona texnik nazorat bо‘limi nazoratidan о‘tkazilib xaridorlarga jо‘natilgunga qadar, omborga qabul qilib olingan yoki buyurtmachilarga foydalanish uchun topshirilgan mehnat buyumlaridir. Misol kiyimlar, poyafzallar, bosh kiyimlari, oziq-ovqatlar mashulotlari, har xil markadagi avtomobillar, xо‘jalik mollari, elektr tovarlari, uy rо‘zg‘or mollari, mebellar, sotish uchun mо‘ljallangan kompyuter texnikasi va shular kabi boshqa mashulotlardir. Pul mablag‘lari - korxona kassasidagi pullar, mijozlardan olinadigan cheklar, bankdagi joriy schyotdagi pul mablag‘lari va pul о‘tkazmalari kiradi. Tо‘lovga olingan mablag‘lar - haridorlarning, ularga jо‘natilgan tovarlarni tan olishlari bо‘yicha qarzlari kiradi. Xо‘jalik mablag‘larini xо‘jalik jarayonidagi funksional roliga kо‘ra ishlab chiqarish fazasidagi mablag‘lar, muomala fazasidagi mablag‘lar, korxona faoliyatidan vaqtincha chetlatilgan mablag‘lar kabi guruhga bо‘lib о‘rganish, ularning mazmun va mohiyatini yanada chuqurroq tushunishga imkon yaratadi. Ishlab chiqarish fazasida ishtirok etadigan mablag‘larga mashulot ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yoki xizmat kо‘rsatish va ishlarni bajarish bilan band bо‘lgan korxonalarning mehnat vositalari (mehnat qurollari va mehnat buyumlari) kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qurollari orqali mehnat buyumlariga ta’sir etib yangitdan mashulot yaratiladi. Mehnat qurollari ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddatlar xizmat qilib, о‘zining natural kо‘rinishini saqlab qoladi. Ularning tarkibiga ishlab chiqarishning texnollogik jihozlari, stanoklar, mashinalar, transport vositalari, qishloq xо‘jaligi mashinalari, ishlab chiqarish tsexlarining binolari, korxona qurilmalari, inshoatlari va boshqa shularga tenglashtiriladigan mehnat qurollari kiradi. Mehnat buyumlariga esa, ishlab chiqarish jarayonida faqat bir sikl ishtirok etib, о‘zining natural shaklini о‘zgartiradigan va yangitdan ishlab chiqarilgan mashulotlarning moddiy asosini tashkil qiladigan buyumlar kiradi. Ularning tarkibiga xom-ashyo, asosiy materiallar, yordamchi materiallar, ehtiyot 191 qismlar, yoqilg‘i, kam qiymatli va tez ishdan chiqadigan buyumlar, idish va idish materiallari, yarim tayyor mashulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari va shu kabi boshqa mehnat buyumlarini kiritish mumkin. Mehnat buyumlari ishlab chiqarish jarayonida bir sikl ishtirok etib о‘z qiymatini yangitdan yaratilgan mashulotlar tannarxiga tо‘liq о‘tkazadi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling