Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Muhimiylik tamoyili - axborotlarning foydalanuvchilar tomonidan qabul 
qilinadigan qarorlarga ta’siri borligini bildiradi. Tushirib qoldirilgan yoki notо‘g‘ri 
taqdim etilgan axborotlar foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar 
mohiyatiga ta’sir etsa bunday axborotlar muhim hisoblanadi. Axborotlar 
buxgalteriya hisobida ularning muhimiylik tamoyili asosida guruhlarga bо‘linib 
yoki alohida-alohida aks ettiriladi. 


206 
Tugallanganlik tamoyili – buxgalteriya hisobi moliyaviy hisobotlarni 
ishonchliligini ta’minlash maqsadida hisobot davridagi axborotlar tо‘g‘risida 
yetarlicha tо‘la ma’lumot taqdim etishi kerak. 
Izchillik tamoyili – foydalanuvchilarga korxonaning moliya-xо‘jalik 
faoliyati tо‘g‘risida taqdim etadigan axborotlar, ularning, faoliyatlarida bо‘ladigan 
о‘zgarishlarni aniqlash uchun turli davrlardagi hisobotlarni qiyoslash imkoniyatiga 
ega bо‘lishlari kerak. Shuning uchun buxgalteriya hisobida axborotlar izchillik 
tamoyili asosida hisobga olinishini bildiradi. 
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan 
moliyaviy hisobotlar barcha foydalanuvchilarga korxonaning moliyaviy-xо‘jalik 
faoliyati haqida tо‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosalar chiqarishni 
ta’minlaydi. 
Har bir korxona hisobot yilining boshida buxgalteriya hisobini tashkil etish 
milliy andozalari asosida yangi hisobot yili uchun hisob siyosati ishlab chiqadi. 
Buxgalteriya hisobining milliy andozalarida nazarda tutilgan hisob yuritish 
tamoyillariga rioya qilmaslik yoki ulardan u yoki bu darajada chetlanish 
foydalanuvchilar uchun tayyorlanadigan va moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan 
ma’lumotlarni tо‘g‘riligini buzilishiga olib keladi. 
 
9. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling