Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 BUXGALTERIYA HISOBINING SUBYEKTI VA OBYEKTI


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

 
7. BUXGALTERIYA HISOBINING SUBYEKTI VA OBYEKTI. 
Korxonalar faoliyatini boshqarishda, ishlab chiqarilgan mashulot miqdori, 
bajargan ish va kо‘rsatgan xizmatlar tannarxi va boshqa faoliyat turlari tо‘g‘risida 
kо‘plab ma’lumotlar zarur bо‘ladi. 
Bozor munosabatlariga asoslangan boshqaruv tizimi korxonalar о‘rtasida 
erkin raqobat va tijorat sirini vujudga keltiradi. Ulardan ishlab chiqargan 
mashulotlari, bajargan ishlari, kо‘rsatgan xizmatlari tannarxini shakllanish 
tamoyillari haqidagi ma’lumotlarni raqobatchilariga sezdirmaslik talab etiladi. 
Chunki mashulot, ish, xizmatlar tannarxi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar korxonaning 
tijorat siri bо‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ishlab chiqargan mashulot miqdori, 
bajargan ish va kо‘rsatgan xizmatlar tannarxi tо‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari faqat 
korxona egalari, investorlar, kreditorlar, menejerlari va mutaxassislarga taqdim 
etiladi.
Korxona egalari, menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari, ta’minotchilari 
bilan bir qatorda, korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatini sifat kо‘rsatkichlarini 
tavsiflovchi moliyaviy ma’lumotlar bilan uning faoliyatiga investitsiya kirituvchi, 
“begona” xuquqiy va jismoniy shaxslar hamda korxonaning boshqa hamkorlari, 
bankirlar, aksionerlar, kreditorlar, hukumat tashkilotlari ham qiziqadilar. Ular har 
doim korxonani moliya - xо‘jalik faoliyati tо‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega 
bо‘lgilari keladi. Misol “Vodiygaz” korxonasiga kapital kiritgan aksiyadorlar 


199 
korxonaning moliyaviy holati tо‘g‘risidagi axborotga ega bо‘lgisi keladi. Yoki 
korxona ssuda olishni hoxlasa, bank yoki boshqa ssuda beruvchi tashkilot 
korxonadan tо‘lov qobiliyati tо‘g‘risidagi axborotni talab qiladi. Amaliyotda 
bunday ma’lumot va axborotlar moliyaviy hisob orqali olinadi. Demak korxona 
egalari, menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari, ta’minotchilari va tashqi 
foydalanuvchilarga (bankirlar, aksionerlar, kreditorlar, hukumat tashkilotlari) 
tayyorlangan, shuningdek, jamoatchilik hukmiga taqdim etish uchun chop etishga 
mо‘ljallangan axborotlar moliyaviy hisob axborotlari deyiladi. Shuningdek 
korxona rahbarlari va menejerlari о‘zlarining xizmat vazifalarini bajarishlari 
jarayonida boshqaruv qarorlari qabul qilishlari uchun tahlil qilingan qisqa 
ma’lumotlardan va boshqa axborotlardan foydalanadilar. Bunday ma’lumot va 
axborotlar boshqaruv hisobi orqali olinadi. 
Shunday qilib, korxona rahbarlari, menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari 
va ta’minotchilariga yordam uchun tayyorlangan hisob axboroti boshqaruv hisob 
axboroti deb ataladi. Boshqaruv hisob axborotlari korxona faoliyatini rejalashtirish, 
xо‘jalik muomalalari va mashulot ishlab chiqarish ustidan nazorat о‘rnatish, 
korxonada byudjet bajarilishi va foyda olishning monitoringini о‘rnatish, 
shuningdek, kompaniyaning kelajakda muvaffaqiyatga erishishini bashorat qilish 
uchun ham foydalaniladi.
Shunga kо‘ra, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ikki turga bо‘linadi: 
moliyaviy hisob ma’lumotlari; boshqaruv hisobi ma’lumotlari. 
Moliyaviy hisob ma’lumotlari - barcha qiziquvchilar uchun, boshqaruv 
hisobi ma’lumotlari esa faqatgina chegaralangan shaxslar, korxona xodimlari 
uchun taqdim etiladi. Hisob ma’lumotlarini bunday ikki yо‘nalish bо‘yicha 
ajralishiboshqaruv va moliyaviy hisoblarini vujudga keltiradi. 
Boshqaruv hisobi foydalanuvchilarni korxona ishlab chiqarish jarayonlari 
uchun zarur bо‘lgan xom-ashyo, materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan 
yarim tayyor mashulotlar, yoqilg‘i va ehtiyot qismlarni zahiralari, korxonaning 
ishlab chiqarish sarflari, xodimlarning ish haqlari, asosiy vositalarni eskirishi, 
ishlab chiqarilgan mashulotlarni tannarxi va boshqa shu kabi ma’lumotlar bilan 


200 
ta’minlaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etadigan, 
mehnat vositalari zahiralari va sarflari, mehnat xarajatlari va mashulot tannarxini 
kalkulyatsiya qilish boshqaruv hisobining obyekti bо‘lib hisoblanadi. 
Moliyaviy 
hisob 
ma’lumotlari 
moliyaviy 
hisobotlar 
orqali 
foydalanuvchilarga yetkaziladi. Moliyaviy hisobot ma’lumotlariga asoslanib, har 
bir mulkdor, investor, kreditor, aksiyador korxonaning moliyaviy faoliyati 
tо‘g‘risida xulosa qiladi va о‘zi uchun zarur bо‘lgan qarorlarni qabul qiladi. 
Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan foydalanuvchilar juda kо‘p. Ularni 
umumlashtirib 
ikki 
guruxga 
ajratamiz: 
ichki 
foydalanuvchilar, 
tashqi 
foydalanuvchilar.
Ichki foydalanuvchilarga korxona menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari, 
ta’minot bо‘limi xodimlari va boshqa mutaxassislar kiradi.
Tashqi foydalanuvchilar о‘z navbatida yana ikki guruhga bо‘linadi: 
1. Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdor bо‘lganlar (korxona egalari 
ya’ni mulkdorlar, ular korxonada о‘z mablag‘lari hissasini kо‘paytirishni yoki 
kamaytirishni belgilab, korxona rahbariyati tomonidan moddiy va moliyaviy 
resurslardan qanchalik samarali foydalanayotganligini baholaydilar), aksiyadorlar, 
investorlar, kreditorlar (berilgan kreditlarini qaytarib olish, ular yuzasidan foiz 
tо‘lanish ehtimolini baholaydilar), ta’minotchi va pudratchilar, soliq idoralari 
xodimlari va korxonaning ishchi va xizmatchilari. 
2. Korxona faoliyatidan bilvosita manfaatdor bо‘lganlar, auditorlik firmalari, 
moliyaviy maslahatchilar, fond birjasining makler va brokerlari, qonun chiqaruvchi 
idoralar, huquqshunoslar, matbuot va axborot agentliklari, kasaba uyushmalari. 
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar buxgalteriya hisobining 
subyektlari deyiladi. 
Takror ishlab chiqarish jarayonlarida mehnat vositalari, mehnat buyumlari va 
jonli mehnat bilan bog‘liq bо‘lgan sarflar sodir bо‘ladi. Bizga ma’lumki, 
buxgalteriya hisobi bu jarayonlarda sodir bо‘layotgan moddiy va moliyaviy 
resurslarni harakatini, korxonalar faoliyatidagi passivlar va majburiyatlarda sodir 


201 
bо‘ladigan о‘zgarishlarni qonuniyligini kuzatish va hujjatlashtirish asosida hisobga 
olish vazifasini bajaradi.
Har bir korxona ish boshlashidan avval mashulot ishlab chiqarish jarayonida 
va faoliyatining boshqa sohalarida ishlatiladigan xom ashyo, material, yoqilg‘i, 
yarim tayyor mashulotlar, ehtiyot qismlar, savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi 
korxonalar esa tovarlar va boshqa moddiy qiymatliklarning zaruriy zahiralariga ega 
bо‘lishi shart. Bunday zahiralar korxonaning ta’minot bо‘limi tomonidan ta’minot 
jarayonida harid qilinadi. Ta’minot jarayonining obyektlari bо‘lib, xom ashyo, 
materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, mol yetkazib beruvchilar bilan bо‘ladigan 
hisob-kitoblar va boshqalar hisoblanadi. Bunday hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi 
vositasida olib boriladi hamda nazorat qilinadi. Shuning uchun ham ta’minot 
jarayonini buxgalteriya hisobi predmeti, deb hisoblaymiz.
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qurollari, mehnat buyumlari va ishchi 
kuchi ishtirok etadi. Bunda ishlab chiqarish zahiralariga mehnat qurollari va ishchi 
kuchi vositasida ta’sir etib, mashulot yaratiladi. Yangitdan yaratilgan mashulotlarni 
tannarxini hisoblashga bо‘lgan zaruriyat, ishlab chiqarish jarayonida sarflangan 
barcha mehnat vositalarining (mashinalar, ulchov uskunalar, xom ashyo, material, 
yarim tayyor mashulotlar hamda arzon baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar) 
qiymatini hamda sarflangan ish vaqti davomida bajargan ishlarning puldagi 
miqdorlarini bilishga ehtiyoj tug‘diradi. Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok 
etayotgan mashinalar, ulchov-uskunalar va boshqa mexanizmlarning eskirishini 
hisoblash, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mashulotlar hamda arzon baholi va 
tez ishdan chiqadigan buyumlarni ishlab chiqarish davridagi harakatini (korxonaga 
kelishini, ishlab chiqarishga sarflanishini) va ishlab chiqarishda bajarilgan 
ishlarning miqdorini qayd qilish, ular ustidan nazorat olib borish buxgalteriya 
hisobi vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mashulot ishlab chiqarish, 
xizmatlar bajarish va mashulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish buxgalteriya 
hisobining predmeti bо‘lib hisoblanadi.


202 
Sotish jarayonida ishlab chiqarilgan tayyor mashulot haridorlarga yuboriladi 
va buning evaziga korxonaga pul kelib tushadi. Sotish jarayonining obyektlariga 
quyidagilar kiradi: 
1. Korxonaning tayyor mashulotlarini omborlardagi harakatini hisobga olish va 
ularni ombordan haridorlarga yuborish; 
2. Haridorlar va buyurtmachilar bilan bо‘ladigan hisob - kitoblar; 
3. Moliyaviy natijalarni aniqlash
4. Kassadagi pullar va bankdagi boshqa schyotlardagi mablag‘lar. 
Bunday hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi vositasida olib boriladi va nazorat 
qilinadi. Shuning uchun ham sotish jarayoni buxgalteriya hisobining predmeti 
bо‘lib hisoblanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, korxonalar ixtiyoridagi xо‘jalik mablag‘lari va 
manbalarining hajmi, tarkibi, joylanish va tayinlanishi, ularning takror ishlab 
chiqarish jarayonlaridagi faoliyatlari davrida sodir bо‘ladigan hodisalar ta’sirida 
о‘zgaradi. Bu о‘zgarishlar buxgalteriya hisobida qayd qilib boriladi va korxonalar 
xо‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi. 
О‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonunning 7-
moddasida buxgalteriya hisobining obyektlariga “Aktivlar, majburiyatlar, xususiy 
kapital, zahiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan 
bog‘liq xо‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya 
hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi, - deb ta’rif berilgan. 
Asosiy va joriy aktivlar, zahiralar, daromadlar, xarajatlar - aktivlardir, shuningdek, 
xususiy kapital, foyda, zararlar esa - passivlardir. Shunga muvofiq, ushbu ta’rifni 
soddalashtirgan holda quyidagicha talqinda bayon etishni tavsiya etamiz: 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling