Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Ishlab 
chiqarish 
Sotish jarayoni
Ta’minot 
jarayoni


196 
bо‘lish manbalarini kо‘payishi yoki kamayishi bilan bog‘liq bо‘lgan iqtisodiy 
hodisa (voqealik)dir. 
Xо‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish orqali boshqarish 
obyektlari (korxona asosiy va aylanma mablag‘lari, mablag‘lar manbai, 
majburiyatlar, hisoblashuvlar holati, moliyaviy natijalar va hokazolar) haqida 
tahliliy ma’lumotlar olinib, korxona moliya-xо‘jalik faoliyatiga dastlabki baho 
beriladi. 
 
6. BUXGALTERIYA HISOBINING MAQSADI, VAZIFALARI, 
FUNKSIYALARI VA UNING OLDIGA QО‘YILADIGAN TALABLAR. 
Har bir fanning о‘z oldiga qо‘ygan maqsadi, vazifasi va funksiyasi bor. 
О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonunning 4-
moddasida buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi barcha xо‘jalik operatsiyalarini 
yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yо‘li bilan buxgalteriya axborotini 
yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek 
uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir deb kо‘rsatib 
о‘tilgan. 
Iqtisodiyotimizga 
bozor 
munosabatlarini 
kirib 
kelishi, 
xalqaro 
integratsiyani kuchayishi, mulkka bо‘lgan munosabatlarining о‘zgarishi, 
korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatlariga xorijiy investorlarni kirib kelishi kabi 
jarayonlar buxgalteriya hisobi tizimida qо‘shimcha vazifalarni keltirib chiqaradi. 
Iqtisodiyotning rivojlanishida muhim hamda ajralmas bо‘g‘in hisoblangan 
korxona faoliyatini zamonaviy usullar bilan boshqarishda, korxona mablag‘lari va 
ularning tashkil topish manbalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar katta ahamiyat kasb 
etadi. Bunday ma’lumotlar korxonada tashkil qilingan buxgalteriya hisobi tizimi 
orqali yetkazib beriladi. Ma’lumotlarning qay darajada aniq, haqqoniy va xolisona 
bо‘lishi korxona buxgalteriyasining tarkibiy tuzilishiga, u yerda faoliyat 
yuritayotgan buxgalter kadrlarning bilimiga, malakasiga hamda buxgalteriya 
hisobini jamiyatda bо‘layotgan о‘zgarish va rivojlanishlarga mos holda 
takomillashib, yangilanib borishiga bog‘liq bо‘ladi. 


197 
Me’yoriy hujjatlarda keltirilgan va e’tirof etilgan buxgalteriya hisobini 
vazifalarini quyidagi guruhga keltirish mumkin: 
1. Buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy 
huquqlar va majburiyatlar tо‘g‘risida tо‘liq hamda aniq ma’lumotlarni 
shakllantirish; 
2. Korxonani 
samarali 
boshqarish 
maqsadida 
buxgalteriya 
hisobi 
ma’lumotlarini umumlashtirish; 
3. Soliqqa doir hisobotlarni va boshqa moliyaviy hisobotlarni о‘z vaqtida 
tuzish va tegishli idoralarga taqdim etish; 
4. Buxgalteriya 
hisobi 
ma’lumotlaridan 
foydalanuvchilarni 
korxona 
mablag‘lari va uning tashkil topish manbalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan 
ta’minlash; 
5. Korxona mulkini muhofoza qilish; 
6. Korxona mablag‘laridan foydalanishda iqtisodiy tejamkorlik tamoyilidan 
foydalanish hamda uni takomillashtirib borish. 
Buxgalteriya 
hisobi 
ma’lumotlaridan 
foydalanuvchilarni, 
korxona 
mablag‘lari va uning tashkil topish manbalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan 
ta’minlash quyidagi ishlarni bajarish bilan izohlanadi: 
1. Mashulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish reja bajarilishi, rejada belgilangan 
mashulotlar nomenklaturasini, turini, sifatini kuzatish, nazorat qilish, reja 
bajarilishiga ta’sir etuvchi omillarini aniqlash; 
2. Mashulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish, tannarxni tobora pasaytirish 
omillarini topish; 
3. Korxonadafoydalilik darajasini bajarilishi ustidan nazorat о‘rnatish; 
4. Korxona biznes rejasini bajarilishini nazorat qilish. 
Korxona qaysi mulkchilik shakliga tegishliligidan qat’iy nazar buxgalteriya 
hisobi shu korxona mulkiga nisbatan tejamli munosabatda bо‘lishni ta’minlashi 
lozim. 
Buxgalteriya hisobi oldida turgan vazifalar uning bajaradigan funksiyalarini 
belgilab beradi: 


198 
1. Korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bо‘layotgan xо‘jalik jarayonlarini 
kuzatib borish; 
2. Kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy kо‘rsatkichlarda ifodalash
3. Korxona faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish; 
4. Hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlash; 
5. Xо‘jalik jarayonlari ustidan nazorat о‘rnatish va ularga ta’sir etish. 
Buxgalteriya hisobi bajaradigan funksiyalar korxonaning iqtisodiy jihatdan 
asoslangan joriy va istiqbol kо‘rsatkichlarini shakllantirish va bajarilishi ustidan 
nazorat olib borishni ta’minlaydi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling