Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Kuzatish va hujjatlashtirish
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash va kalkulyatsiya qilish.
Kuzatish va hujjatlashtirish. Kuzatish va hujjatlashtirish korxonada
amalga oshirilgan xо‘jalik operatsiyasi tо‘g‘risida yozma guvohlik bо‘lib, buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga huquqiy maqom beradi. Birlamchi hujjatlar, shu jumladan, axborotning mashina о‘qiydigan qog‘ozsiz shakldagi axborot tashuvchi vositalar ham, korxona xо‘jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida yalpi va uzluksiz aks ettirishni ta’minlab beradi. Buxgalteriyaga, foydalanish uchun me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan barcha rekvizitlari tо‘ldirilgan va tо‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlargina qabul qilinadi. Bunday rekvizitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning nomi, hujjatning nomi, raqami, tuzilgan sanasi, xо‘jalik operatsiyasining qisqacha mazmuni, uning miqdoriy va pul ifodasi hamda mas’ul shaxslarning imzolari. Tо‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatlari ustidan dastlabki va joriy nazorat о‘rnatish hamda ularning ish natijalariga ta’sir kо‘rsatish imkoniyatini ta’minlaydi. Baholash va kalkulyatsiya qilish. Aktivlar, passivlar va majburiyatlar buxgalteriya hisobida pul ifodalarida aks ettiriladi. Buning uchun ularni qiymat о‘lchovlarida baholanadi. Hisob obyektlarini pulda о‘lchash qiymat qonunini amal qilishiga bog‘liq bо‘lib, unga, sо‘m va tiyinlarda hisob yuritish misol bо‘ladi. Korxonaning xо‘jalik mablag‘larini baholash harid qilingan moddiy qiymatliklarning xarid qilish haqiqiy tannarxiga asoslanadi. Shuning uchun kalkulyatsiya korxona moddiy qiymatliklarini haqiqiy tannarxlarini topish usuli bо‘lib xizmat qiladi. Haqiqiy tannarxlarini topish uchun kalkulyatsiya qilinadi. Buxgalteriya hisobi amaliyotida kalkulyatsiya qilish va kalkulyatsiya atamalari mavjud. Kalkulyatsiya qilish – barcha moddiy qiymatliklarni puldagi qiymatini aniqlash bо‘lib, mashulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlarni bajarish, moddiy qiymatliklarni sotib olish va mashulotlarni sotish paytida qilingan xarajatlarni qо‘shib chiqishni bildiradi. Kalkulyatsiya - moddiy qiymatlikning bir birligini haqiqiy tannarxini topish usuli bо‘lib hisoblanadi. Barcha xarajatlarni 183 moddiy qiymatliklarning umumiy miqdoriga bо‘lish yо‘li bilan moddiy qiymatliklarni baholash uchun zarur bо‘ladigan haqiqiy tannarxlari topiladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling