Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-MAVZU. TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT ISHINI TASHKIL 158 ETISH
Nazorat uchun savollar:
1. O’kuv jarayonining ilmiy asoslariga nimalar kiradi? 2. Ma’ruza mashg’ulotlari qanday o’tkaziladi? 3. Ma’ruza mashg’ulotlarining qanday turlarini bilasiz? 4. Ma’ruza mashg’ulotlarida konspekt qanday tayyorlanadi? 5. Amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish tartibi 6. Ilmiy seminar nima va u qanday tashkil qilinadi? 7. Referat tayyorlash. Referat yozish. 8. Mutaxassislik fanlardan nazorat o’tkazish tartibi va shakllari. 9. Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlashni gapirib bering 8-MAVZU. TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT ISHINI TASHKIL 158 ETISH Mavzu bo’yicha kalit so’zlar: yoshlik, yetuklik, uspirinlik, individual hayot, fizialogik o’zgarish, ijtimoiy o’zgarish, fuqorolik va psixologik yetuklik, ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy tugarak, konkursi, viktorina,olimpiada, konferentsiya, muammoli laboratoriya, ko’rik, tanlov, maqola. 1. YOSHLAR VA FAN Yoshlar ota-onalar bag’ridan ketib, o’rta maxsus yoki oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olar ekan, mahsuliyat bevosita ta’lim muassasasiga o’tadi. Natijada uning individual hayot tarzi yoshlik va yetuklik oralig’idagi davr bo’lib, o’spirinlikdan keyin fiziologik o’zgarishlardan ham ko’ra ijtimoiy o’zgarishlar ko’proq namoyon bo’ladi. Bu davr 17-25 yoshni o’z ichiga oladi. Bu davr ko’p yoshlarning talabalik davriga to’g’ri keladi. Talaba deganda moddiy va maonaviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollarni muayyan holda va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan shaxs tushuniladi SHaxsning talabalik davri fuqarolik va psixolog yetuklikka erisha borish jarayonidir. Bu davrda yetuk shaxsga mansub bo’lgan huquq va burchlar egallab olinadi va yoshlarning kasb tanlash oid shaxsiy hayot tarzi shakllana boradi. Binobarin o’spirinlik davri tugallanishi va fiziologik jihatdan yetuklik psixologik va ijtimoiy yetuklikka davri boshlanadi. Ijtimoiy yetuklik talabalarni ham aqliy qobiliyatiga, ham ijtimoiy hayotda bajariladigan turli faoliyatga: oila qurish, farzand tarbiyasi, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishga tayyorlaydi. Bunda talabalar ijtimoiy hayotga oid ma’lumotga ega bo’lishi, yetuk mutaxassislikka ega bo’lishi, qonunlarga itoat etishi va uni bajarishda javobgarlikni his etishi, ota-onalik burchini his etishi, ma’lum ijtimoiy guruhga rahbarlik qila olishi, sport sektsiyalari va ma’lum to’garaklarda qatnashishga tayyor bo’lishi zarur. Ijtimoiy yetuklikning boshlanishida ayniqsa qonunlarni, uning mehyorini bilish va unga bo’ysunishni taqozo etadi. Agar shu davrda yoshlarda ijtimoiy tahsir u yoki bu sabablarga ko’ra 159 susayib ketsa, yoshlar bu davrda ijtimoiy hayot mehyorlariga, ota-onaga zid hatti-harakat qilishlari mumkin natijasida yovuz g’oyalar yoshlarimiz ongi va aqliga tahsir etib, ularni har qanday usullar bilan o’z tomonlariga og’dirishga harakat qiladilar va bahzi yoshlar ehtiqodi sustligi, qonun va uning talablarini bilmasligi tufayli yot tahsirlarga berilib ham ketadi. SHuning uchun ham, ijtimoiy va psixologik yetuklik yoshlarda mahsuliyat va burch hissini anglab olishda muhim sanaladi. O’z oilasidan chetga o’qishga ketgan yosh yigit-qiz dastlab talabalik davrida paydo bo’lgan murakkab vaziyatlar, mustaqil hayot oldida esankirab qolishi mumkin.CHunki, talabalikning dastlabki kunlaridagi kayfiyatning ko’tarinkiligi, zavq-shavq tuyg’usi yoshlarga ko’tarinki ruh bersa, kundalik turmush urunishlari, o’qish jarayonidagi muayyan qonun-qoidalar, qiyinchiliklar tahsir etib, ular ruhiyatida bahzida tushkunlik yuz berishi mumkin. Natijada, ichki va tashqi omillar tahsirida talaba ruhida ishonchsizlik, umidsizlik kabi his-tuyg’ular paydo bo’lib yot tahsirlarga berilib ketishga yoki noto’g’ri yo’lga kirib ketishga olib keladi. Masalan, 17-19 yoshda talaba hali o’z xulqini hatti-harakatini boshqara olmaganligi tufayli hayotida ehtiyotsizlik holatlari yuz berishi mumkin. SHunga ko’ra, ayrim talabalarda hayotiy tajriba yetishmasligi tufayli ko’p masalalarda hohish-istakka berilib, xatoliklarga yo’l qo’yadi. Ularda o’zini-o’zi tahlil qilish, nazorat qilish, baholash, tekshirish kabi holatlar yetishmaydi. SHuning uchun ham ular faoliyatida ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar mavjud bo’ladi. Lekin asta-sekin keyingi kurslarga o’tgan sayin ularning ijodiy tafakkuri, his-tuyg’ulari, axloqiy xislatlari o’zini-o’zi baholash asosida ehtiqodi ham shakllana boradi. Demak, yoshlik davrida o’spirinlikda tarkib topgan eng yaxshi xislatlar to’liq shakllanadi. Bu, ayniqsa, kasb tanlashda namoyon bo’ladi. Umumiy o’rta ta’lim maktabida va oilada to’g’ri kasb tanlashga yo’naltirilgan yoshlar institutda o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lishi uchun harkat qiladi, o’qib o’rganadi. To’g’ri kasb tanlash oilaviy hayotni 160 ham moddiy, ham maonaviy tomonidan to’g’ri tahminlashga yordam beradi. To’g’ri kasb tanlash insonning kelajagini belgilashda katta ahamiyatga ega. Har bir kasb, albatta, insonning qiziqishi va qobiliyati naqtai nazaridan tanlanadi. Agar kasb to’g’ri tanlansa, shu kasbning yetuk mutaxassisi bo’lib yetishadi. Agar kasb tanlashga yoshlar ota-onalar xohish istagi bilan o’zi befarq qaragan holda yondashsa, bunda kelgusi hayotida katta fojialarga duch kelishi mumkin. SHuning uchun kasb tanlashda ota-ona bilan maslahat qilishi bilan birga o’zining qobiliyati, kasbga loyiqligi, moddiy va maonaviy jihat hisobga olinishi muhim. Aks hola noto’g’ri tanlangan kasb natijasida uni o’zlashtirishga yoki yillab o’zi sevmagan kasb bilan majburan shug’ullanishiga to’g’ri keladi. Ana shunday sharoitda eng avvalo oila, farzandlar aziyat chekadi, oila moddiy va maonaviy qiyinchiliklarga duch keladi. Oiladagi bu maonaviy va moddiy zarar jamiyatga ham tahsir etadi. CHunki har bir mutaxassisni tayyorlab yetkazguncha davlat qanchadan-qancha mablag’ sarflaydi, o’sha tashlab ketilgan kasbning mohir sohibi bo’ladigan inson esa bunga erisha olmay sarson-sargardon kezishi mumkin. Yoshlarning kasb tanlashida ularga kasbning mosligi katta ahamiyatga ega. Kasbga moslik mehnat faoliyati jarayonida shakllanib, uning xulqi ham tarkib topa boradi. Lekin bahzi kasblarda alohida qobiliyat, kasbga moslik talab etilmasa-da, bahzilarida mazkur kasbga moslik, layoqat talab etiladi. Masalan, uchuvchilik kasbi, jarrohlik, energiya tizimi operatorlari kabi kasblarda alohida qunt, qobiliyat, bilim va zukkolik talab etiladi. SHaxsda sanaht bilan bog’liq bo’lgan kasblarda esa qobiliyat, ijodkorlik bo’lmasa, sanahtkor, rassom, aktyor yoki arxitektor bo’la olmaydi. Bahzi hollarda to’g’ri kasb tanlanadi. U yoshlarning qiziqishi va qobiliyatiga to’g’ri keladi. Ammo mehnat faoliyati jarayonida uning tanlagan kasbi to’g’ri kelmasligini tushunib yetadi. Bunday hollarda o’z irodasi va qobiliyatini ishga solib, qiyinchilik-larni yengib o’tish zarur. Demak, kasb tanlashda o’z qiziqishlari, qobiliyati, imkoniyatlarini hisobga olish, o’z xarakterini bilish, o’z iroda kuchini anglab yetishni baholay olish 161 talabalik yilarida muhimdir. Lekin kasb tanlashni o’smirlik davridan boshlab, talabalik yillarida esa yuqori darajali mutaxassisni tayyorlashda samaradorlikka erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar kun tartibi oiladagi o’smir va o’spirinlarning kun tartibidan farq qiladi. Talabalarning asosiy vaqti o’qish mashg’ulotlariga sarf bo’ladi. Lekin asosiy maqsad, ana shu o’quv mashg’ulotlarida talabaning faoliyatini oshirish, kun tartibini to’g’ri tashkil etishdir. Buning uchun talaba jismoniy tarbiya mashqlari, nonushta, bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, sog’lomlashtirish-sport ishlariga ehtiborini qaratmog’i lozim. Agar talaba bolaligidan oilada, o’z ota-onasi bag’rida kun tartibiga qaroiy rioya etsa, u talabalik yillarida ham kun tartibini to’g’ri tuza oladi. Bunda asosan o’qish mashg’ulotlaridan ta’limga ehtibor beriladi. Lekin qolgan bo’sh vaqtini taqsimlashda sanhat, sport, kitobxonlik bilan shug’ullanish, madaniy hordiq chiqarish (kinoteatrga borish, radio, televidenie eshitish va ko’rish) bularning barchasi talaba kun tartibidan aniq o’rin olishi muhimdir. Lekin talbalar orasida «Mustaqillik» natijasida mashg’ulotlarga qatnashmay, faqat bemahni vidiofilg’mlar tahsirida kunni kech qilayotgan, tungi barlarda kunni tongga ulayotganlar ham mavjud. SHunindek, tug’ilgan kun, bayramlar munosabati bilan hayotni faqat maishatdan iborat deb tushunayotgan yoshlar ham yo’q emas. SHuning uchun ham birinchi kurs talabasini qabul qilish bilan unga oliy o’quv dargohida kun tartibini qanday tashkil etish yuzasidan maslahat uyushtirish va uni qaroiy nazorat qilish maqsadga muvofiq. Toki «erkin» hayot tarzi talabalarning kelgusi oilaviy hayot tarziga salbiy tahsir etmasin yoki uning ravon ketayotgan hayotini izdan chiqarib yubormasin. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling