Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Talabalar bilmini kreditli o’qitish tizimida baholash
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Talabalar bilmini kreditli o’qitish tizimida baholash. Amaldagi o’qitish
tizimidan farqli o’laroq kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari 150 hamda talabaning shaxsiy dars jadvali bo’ladi. Talabalar o’qishdan haydalmaydi yoki kursdan-kursga qolmaydi. Qaysi fandan belgilangan kreditlarni yig’olmasa, faqat o’sha fanning o’zidan qayta imtihon topshiradi, xolos. Oliy ma’lumot olganligi to’g’risidagi diplom esa belgilangan kreditlarni yiqqanidan so’nggina beriladi. Semestr yakunida talabalar bahosining 50 foizini fan o’qituvchisi, 50 foizini universitet rahbariyati qo’yadi. Ya’ni, bir semestr davomida oraliq nazorat, uyga vazifalar va amaliy mashg’ulot (laboratoriya) ishlarini professor-o’qituvchilar baholaydi. Yakuniy nazorat universitet rahbariyati tomonidan olinadi. Unda fan o’qituvchilari ishtirok etmaydiMutaxassislar fikricha, kreditlarni yig’ish uchun talabadan darslarda qatnashish, berilgan vazifalarni vaqtida bajarish, o’z bilim saviyasini namoyon etish talab etiladi. O’zlashtirishi yuqori talabalar mustaqil ish mavzularini o’rganib, ularni muddatidan oldin topshirishi mumkin. Bu bo’lajak mutaxassislarning vaqtini tejaydi. Zimmasidagi “yuk”dan xalos bo’lganlar semestr yakuniga qadar qolgan vaqtini amaliy mashg’ulotlarga sarflaydi.Misol uchun, talaba bir semestrda 30 (bir o’quv yilida 60) kredit yig’ishi kerak. Unga matematika fanidan 8 kredit ajratilgan bo’lsa, bundan 4 kreditni leksiyadan, qolganini mustaqil ishdan to’playdi. Agar u matematika fanini o’zlash¬tirolmasa, unga taotil vaqti bu fanni qayta o’qish imkoni beriladi. Lekin bu imkoniyat — pullik. Bir kredit qiymati o’quv yili davomidagi ta’lim olish uchun to’planadigan umumiy summani kreditlar miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Deylik, to’lov-shartnoma puli 8 477 800 so’m bo’lsa, bu raqam 60 ga bo’linadi. Hosil bo’lgan bo’linma (141 297 so’m) bir kredit bahosi. Demak, ushbu bo’linmani matematika fani uchun ajratilgan kredit — 8 ga ko’paytirsak, qayta o’qish fani narxi (1 130 376 so’m) kelib chiqadi. SHu summa evaziga talaba matematika fanini qayta o’qishi va imtihon topshirishi mumkin.Bu tizim 1989-yili bir qancha Ovrupa universitetlarida sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan. Mazkur tizimning oliy ta’limga joriy qilinishi o’qitish sifatini oshirish, shaffoflikni tahminlash, korrupsiyaga barham berish, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil o’qib-o’rganib, o’z ustida ishlashiga zamin yaratadi. Ovrupa davlatlarida o’qitishning akademik kredit tizimiga ko’ra 1 kredit 36 151 akademik soatga teng. Har bir o’quv moduli 1 yoki 1,5 kreditga mo’ljallanadi. Kredit tizimi auditoriya ta’limini ham, mustaqil o’qish jarayonini ham o’z ichiga oladi. Yurtimizdagi ilg’or oliy ta’lim muassasalarida anoanaviy o’qitish tizimidan voz kechilib, dunyo tajribasidan o’tgan usul va uslublardan foydalanish yo’lga qo’yilmoqda. Masalan, 2013-yildan buyon mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, 2016–2017-o’quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar o’qitishning modul tizimi asosida ta’lim olayotgan bo’lsa, 2018–2019- o’quv yilidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kredit tizimiga o’tildi.Talabalar orasida bu kabi o’qitish tizimlariga haligacha tushunolmay qiynalayotganlar uchrab turibdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri shunday xabar qoldirgan: “Kredit tizimida darslar o’tish ketma-ketligi, muayyan dars jadvalining yo’qligi, ayniqsa, biz talabalarni qiynaydigan baholash tizimi ham biroz murakkab. Mustaqil ishlarni topshirish uchun esa haftalab vaqtimiz ketadi. Topshirolmagan taqdirimizda yana shuncha vaqt sarflab qayta tayyorlanishimiz kerak. Boshqa darslarga esa ulgurmayapman”.Vaqt sinovidan o’tgan mazkur ta’lim berish tizimlariga talabalarimiz nega moslasha olmayapti? Modul va kredit tizimlarining bir-biridan farqi nima? SHu kabi savollar bizni mutaxassislar huzuriga yetakladi.— Modul va kredit tizimlari bir-birini to’ldiradi, — deydi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ta’lim kredit tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Farhod Alisherov. — Modul alohida o’quv fani (yoki uning qismi) bo’lib, o’zida tegishli bilim hamda kasbiy jihatlarga doir ma’lumotlarni qamrab oladi. O’qitishning modul tizimi talabaning fan dasturini o’rganishi natijasida shakllanadigan bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi. Masalan, talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini tahminlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari o’tkaziladi. Akademik kredit tizimi esa talabaning oliy o’quv yurtida samarali bilim olishini aniqlab beruvchi standartlashtirilgan baholash tizimi hisoblanadi. Kredit talaba tomonidan tegishli 152 o’quv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt(soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega. Oliy ta’lim muassasasi kredit tarkibi, har bir modul bo’yicha kreditlar soni, shuningdek, har bir kursni va umuman o’qish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan to’planishi lozim bo’lgan kreditlarning umumiy sonini mustaqil belgilaydi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling