Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 TALABANING VAQT BYUDJETI, ISH KUNI, ULARDAN SAMARALI


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

3. TALABANING VAQT BYUDJETI, ISH KUNI, ULARDAN SAMARALI 
FOYDALANISH 
Talaba hayot tarzining eng muhim qirralaridan biri vaqt byudjeti va 
undan foydalanish bo’lib hisoblanadi. Vaqtdan to’g’ri foydalanish avvalo 
har bir yoshning, qolaversa, jamiyatning moddiy va maonaviy boyligini 
oshirishning muhim mezonidir.
Vaqt ikkiga bo’linadi: mehnat faoliyati, ya’ni ish bilan bandlik va 
bo’sh vaqt. 
Talabaning mehnat faoliyati, ya’ni ish bilan bandlik vaqtiga o’quv 
mashg’ulotlariga sarflanadigan vaqt kiradi.


138 
Bo’sh vaqt talabaning o’quv mashg’ulotlaridan ozod paytidir. 
Ingliz fizigi Mixail Faradeyk: «Qani endi menda ozgina bo’lsa ham bo’sh 
vaqt bo’lsa! Menga vaqtdan boshqa hech narsa kerak emas. Agar o’z vaqtlarini 
hech bir mahnosiz bekor o’tkazadigan odamlarning bo’sh soatlari va kunlarini 
sotib olish mumkin bo’lsa, men o’zimni juda baxtiyor deb bilardim. Bu menga 
ham, ularning o’zlariga ham foydali bo’lardi» degan edi.
Bo’sh vaqt talabaning madaniy, maishiy, maonaviy ehtiyojlarini, 
qiziqishlarini istak va xohishlariga ko’ra tashkil etadigan faoliyat jarayonidir. 
Bo’sh vaqt talabaning qobiliyati va isteododiga ko’ra tashkil etiladigan 
asosiy faoliyatdan tashqari-dam olish, madaniy hordiq chiqarish, mutolaa bilan 
shug’ullanish, aqliy va jismoniy qobiliyatni mustahkalash hamda uni qaytadan 
tiklashda o’ta muhim sanaladi. 
Talabalar bo’sh vaqtini tashkil etish hozirgi paytda maonaviyat ishlari 
bo’yicha rektor muovinlaridan tortib to guruh rahbarlarigacha, talabalar 
yotoqxonasi mutasaddilaridan tortib har bir talabaning o’zigacha katta mahsuliyat 
yuklaydi. Talabaning bo’sh vaqtni tashkil etish talaba kun tartibini tashkil etish 
bilan uzviy bog’liq bo’lib, ular o’zaro bir-birini to’ldiradi. Qathiy kun tartibning 
yo’lga qo’yilishi bekorchilikka yo’l qo’ymaydi. Natijada turli bemanigarchiliklar 
kelib chiqmaydi.
Talabalar bo’sh vaqtini tashkil qilishda qo’ydagilarga ehtibor berish kerak: 
1. Kitobxonlik darajasini o’stirishga - uning uchun mustaqil mutolaa qilishga 
ahamiyat berish (ixtisoslikka oid, badiiy-texnik ijodkorlikka doir) vaqtli matbuot 
bilan tanishib borish, radio-televidenie eshittirishlari va ko’rsatuvlarini ko’rib 
borish; 
2. Estetik madaniyatni rivojlantirishga - kino, teatr, turli kontsertlar, badiiy 
tasviriy ko’rgazmalar, havaskorlik to’garaklari, muzeylarga borish; 
3. O’lkashunoslikka oid tadbirlarga - o’lka bo’ylab sayohatlar, yurishlar
sayrlarga borish; 


139 
4. Jismoniy chiniqishga - sport-sog’lomlash-tirishga doir musobaqalar, 
ko’rik tanlovlar, spartakiada, universiada, olimpiada va boshqalarda ishtirokchi 
yoki tomoshobin sifatida ishtirok etish; 
5. Aqliy kamolotni rivojlantirishga - fan to’garaklari, fan 
olimpiadalari, birlashmalar, markazlar, ijodkorlar tanlovlarida ishtirok etish; 
6. Milliy va madaniy-mahrifiy qadriyatlar bilan bog’liq tadbirlarga - 
anoanalar, udumlar, bayramlar, sayrlarda qatnashish, hunarmandchilik bilan 
shug’ullanish va hokazolar

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling